27
grafikasining dasturiy vositalariga Power Point, Harvard Graphics, Freelanse,
Arrlause, Holliwood va boshqalar kiradi.
Bo‘sh vaqtda televideniening reklama e’lonlarini ko‘zdan
kechira turib, biz
ularda animatsiya elementlaridan foydalanilganligining guvohi bo‘lamiz. Bundan 50
yil muqaddam Vold Disney studiyasi «Oppoqoy va yetti gnomlar» multfilmini
yaratgan. U animatsiya tarixida munosib o‘rin egallagan. Bu 1,5 soat davom etuvchi
birinchi animatsiyali tasma bo‘lgan. U rassom animatorlarning bir necha yillik
mashaqqatli mehnatini ta’riflaydi. 1991 yilda ushbu kompaniyaning Silicon
Graphics kompaniyasi IRIS INDIGO grafik studiyasida tayyorlangan «Go‘zal qiz
va maxluq» animatsion filmi katta muvafaqqiyatlar bilan namoyish qilindi. Bu
barcha filmlar animatsion kompyuterli grafikasi tufayli amalga oshirilgan edi.
Animatsion grafik o‘zida rang, tasvir va illyustrativ grafika stsenariyasi bilan
ishlashdagi muvaffaqiyatlarni muxandislik grafikasi uch o‘lchamli
obyektlarning
yutuqlari bilan birlashtirgan. Hozirda o‘z televizorlarimiz ekraniga karab, biz
kompyuter reklama kliplari va teleeshittirishlarning bezaklari ko‘rinishidagi ushbu
unumdor ittifoqning mevalarini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘ramiz.