23
son.
LONG - belgiga ega bo‘lgan to‘rt baytli butun son.
Palitradan keyin (agar u bor bo‘lsa) BMP faylida bit (aniqrog‘i, bayt massivi)
ko‘rinishidagi rastr yoziladi. Bit massivida ketma-ket rastr qatorining baytlari
yoziladi. Qatordagi baytlar soni to‘rtga karrali bo‘lishi lozim, shuning uchun agar
gorizantal bo‘yicha piksellar soni bu shartga to‘g‘ri kelmasa, unda o‘ng tomondan
har bir qatorga ba’zi bitlar soni qo‘shimcha yozilib qo‘yiladi (qator ikkilangan so‘z
chegarasiga tekislanadi).
BMP fayllarida tasvirni siqish mavjud emas, ammo rastr tasvirining
ifodalashning bunday formati (Device Independent Bitmap) RLE (Run Length
Encoding) oddiy siqish algoritmi qo‘llaniladigan DBtipidagi fayllar uchun ham
foydalaniladi. RLE algoritmi shuningdek boshqa omillashgan rastrli grafik
formatalarida, masalan, RSX da ham qo‘llaniladi.
Endi vektor tasvirlar uchun fayllarni saqlash formatlarini ko‘rib chiqamiz.
CDR
(
CorelDRAW
hujjati). CDR fayl formati - bu vektor tasvirlari yoki
CorelDRAW bilan yaratilgan grafik. Ushbu fayl formati Corel tomonidan xususiy
dasturiy ta’minot mahsulotlarida foydalanish uchun ishlab chiqildi. CDR fayllari
ko‘plab rasmni tahrirlash dasturlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydi. Ammo, fayl
CorelDRAW yordamida boshqa, keng tarqalgan va mashhur rasm formatlariga
eksport qilinadi. Bundan tashqari, CDR fayl Corel Paint Shop Pro dasturi tomonidan
ochilishi mumkin.
Ushbu format oldindan taniqli barqarorlik va yomon fayllar muvofiqligi uchun
ma’lum, ammo CorelDRAW yordamida juda qulay. Ushbu versiyalarning fayllari
vektor va raster tasvirlar uchun alohida siqishni ishlatadi, shriftlar ko‘milishi
mumkin, CDR fayllari 45x45 metrli katta ish maydoniga ega va ko‘p tarmoqli
ishlaydi.