7
modellashtirish mumkin bo‘ladi. Inson tashqi dunyo haqidagi axborotning asosiy
qismini ko‘zlari yordamida qabul qiladi. Ko‘rish tizimi turli obyektlarning tasvirini
qabul qilib oladi. Ular yordamida insonda tashqi muhit va undagi obyektlar haqida
tasavvur paydo bo‘ladi. Obyektlarning
tasvirini yaratish, ularni saqlash, qayta
ishlash va tasvirlash qurilmalarida tasvirlab berish
kompyuterning eng qiyin va
asosiy masalalaridan biridir. Kompyuterga hech qanday topshiriq berilmaganda,
ya’ni bekor turganida ham ekranida ko‘rinishi kerak bo‘lgan tasvirni sekundiga
o‘nlab marta qayta ishlab ko‘rsatadi. Kompyuterning ekranida paydo bo‘ladigan
tasvirlar uning
videokarta
deb ataluvchi qurilmasi yordamida yaratiladi va ekranga
chiqariladi.
Videokartalar uchun maxsus
videoprotsessorlar
ishlab chiqariladi.
Videoprotsessorlar kompyuterning asosiy protsessorini murakkabligi va hisoblash
ishlarini bajarish tezligi bo‘yicha ortda qoldirib ketgan.
Kompyuterning ma’lumotlarni elektron ko‘rinishda tasvirlash qurilmasi
monitor (
monitor
-