• Ilmiy grafika . Ilmiy izlanishlar va ularning natijalarini tasvirlash uchun ishlatiladi. • Tijorat grafikasi
  • Illyustrativ grafika . Xizmat ko‘rsatishning turli sohalarida bezatish ishlarida foydalaniladi. • Badiiy grafika
  • Innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti




    Download 11,66 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/124
    Sana27.09.2024
    Hajmi11,66 Mb.
    #272673
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124
    Bog'liq
    Kom.Grafikasi va web qo\'llanma

    2.
     
    “Kompyuter grafikasi” fanining axborotlashgan jamiyatdagi ahamiyati, 
    roli va oʻrni
    Hozirgi davrda kompyuter grafikasi qo‘llanilmaydigan sohaning o‘zi yo‘q. 
    Jamiyatning barcha jabhalarida kompyuter grafikasidan foydalaniladi. Ayniqsa, 
    keyingi paytlarda matbaa sohasida rang-barang suratli adabiyotlar, o‘quv 
    qo‘llanmalar, badiiy asarlarning paydo bo‘lishida yuksak bezash texnikasidan 


    10 
    foydalanish rivojlandi. Dars jarayonida ham o‘quvchi yoshlarni oddiy rang tasvir 
    bilan e`tiborini jalb qilish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Sababi hozirgi 
    kunda o‘quvchi qo‘lidagi telefon, kompyuter, planshet kabi texnikalarning dasturiy 
    ta’minoti, dizayni, ilovalari yuksak darajada ishlab chiqilgan. Shu sababli 
    o‘quvchilar kompyuter grafikasi fanini yaxshi o‘zlashtirishi, kelajakda sifatli 
    tasvirlar yaratilishiga olib keladi. Jamiyat sohalarida ishlatilishiga qarab, grafika 
    quyidagi turlarga ajratiladi: 

    Ilmiy grafika
    . Ilmiy izlanishlar va ularning natijalarini tasvirlash 
    uchun ishlatiladi. 

    Tijorat grafikasi
    . Iqtisodiy ko‘rsatkichlar va jarayonlarni yaqqol 
    ko‘rsata bilish uchun xizmat qiladi. 

    Konstruktorlik grafikasi
    . Iqtisodiyot, texnika, qurilish va boshqa 
    sohalarda loyihalash ishlarini osonlashtirish, yaxshilash, jadallashtirish va 
    avtomatlashtirishni ta’minlaydi. 

    Illyustrativ grafika
    . Xizmat ko‘rsatishning turli sohalarida bezatish 
    ishlarida foydalaniladi. 

    Badiiy grafika
    . San`at asarlarini yaratishda keng qo‘llaniladi. 
    Ilmiy sohada izlanish natijalarini, ko‘rsatkichlarini oson va qulay ko‘rinishda 
    tasvirlashda grafika foydalaniladi. Ayniqsa, matematika, geometriya, kimyo, 
    biologiya kabi fanlarni o‘qitishda turli shakllarni ikki, uch o‘lchovli ko‘rinishda 
    tasvirlashda, tasvirni o‘quvchi ko‘z oldida gavdalantirishda, tasavvur hosil qilishda 
    kompyuter grafikasining o‘rni beqiyosdir. 
    Tijorat grafikasi statistik ma’lumotlarni, iqtisodiy o‘sish yoki kamayish 
    jarayonlarini tasvirlashda qo‘llaniladi. Bunda ko‘rsatkichlarni diagramma turlari, 
    jadval, harakatlar orqali, video, audio ko‘rinishda tasvirlash mumkin. Axborot 
    marketingi kompyuter grafikasi vositalari qo‘llanishining eng keng va turli-tuman 
    sohasidir. 
    Shaxsiy 
    kompyuter 
    yordamida 
    qurilgan 
    interaktiv 
    grafiklar, 
    diagrammalar, rasmlardan ko‘pincha moliyaviy-iqtisodiy tahlilni o‘tkazish uchun 
    hamda rejalashtirish va marketing qarorlarini qabul qilishda qulay vosita sifatida 
    foydalaniladi. Tijorat kompyuter grafikasining dasturiy vositalari tufayli byudjet, 


    11 
    tovarlarning mavjudligi, pul mablag‘larining harakati, foydaning miqdorlari, foiz 
    stavkalari, sarmoya kiritishdan daromadlar, buyurtmalar «portfeli»ning holati 
    haqidagi ma’lumotlarga ega har xil interaktiv grafiklar va diagrammalarni 
    tayyorlash mumkin. 
    Konstruktorlik grafikasi qurilish, texnika kabi sohalarni loyihalarini chizish, 
    loyiha orqali inshootni tayyor holatda ko‘rish imkonini beradi. Bu esa iqtisodiy 
    samaradorlikni oshirish, sarf-xarajatni hisoblash, xatolarni kamaytirishga sabab 
    bo‘ladi. 
    Illyustrativ grafika asosan turli shakllar hosil qilish, ranglar bilan ishlash, 
    bezatish bilan shug‘ullanadi. Biror mahsulotni reklama yoki taqdimot qilish, 
    ko‘pchilikka tanishtirishda illyustrativ grafika yordamga keladi. Ma’lumotlarni 
    tayyorlashda geometrik shakllar, diagramma, rasmlar kabi turli xil ko‘rinishdagi 
    shakllardan foydalanish mumkin. Tovarni har tomonlama mos, chiroyli ko‘rsata 
    olishlik bozor jamiyati uchun juda xos. Bunda hamma narsa tovarning sifatiga 
    bog‘lik. Masalan, o‘zi, o‘z tovari yoki kompaniyasi haqidagi axborotni qanday 
    berishning belgilangan madaniyati vujudga kelgan. Xususan, axborot sohasi 
    tovarlarini reklama qilish uchun illyustrativ kompyuter grafikasidan foydalanish 
    maqsadga muvofiq. Illyustrativ grafika vositalari sifatli mashina tasvirlari
    illyustrativ matnlar, chizmalar, eskizlar, geografik xaritalarni yaratish uchun xizmat
    qiladi.
    Badiiy grafika sohasi badiiy san`at asarlari ya’ni rasmlar, haykaltaroshlik 
    ishlari, miniatura rasmlarida foydalaniladi. Bunda asardagi rang va chiziqlar 
    joylashuvi, ko‘rinishi, nuqtalar sonini boshqarish mumkin. 

    Download 11,66 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124




    Download 11,66 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti

    Download 11,66 Mb.
    Pdf ko'rish