• Yaratish usuliga ko‘ra kompyuter grafikasi ikki guruhga ajratiladi
  • Innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti




    Download 11,66 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/124
    Sana27.09.2024
    Hajmi11,66 Mb.
    #272673
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124
    Bog'liq
    Kom.Grafikasi va web qo\'llanma

    asosiy ranglar 
    deb ataladi va 
    turli nisbatda qo‘shilib, tabiatda uchraydigan ranglarning deyarli barchasini yarata 
    oladi. 
    Kompyuter grafikasi faoliyatning shunday turiki, unda kompyuter va maxsus 
    yaratilgan dasturlardan foydalanib, tasvirlar yaratiladi, mavjudlari raqamli 
    ko‘rinishga o‘tkaziladi, qayta ishlanadi, saqlanadi va qulay ko‘rinishda tasvirlanadi. 
    Kompyuter grafikasi o‘tgan asrning 70-80-yillaridan boshlab ommaviylasha 
    boshladi. Hozirgi kunda kompyuter grafikasi shu qadar rivojlanganki, uning 
    ehtiyojlarini qondirish kompyuter texnikasining jadal rivojlanishining asosiy 
    sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda. 
    Kompyuter grafikasi ilm-fanga, tijoratga, san`at va sportga ham tegishli bo‘lib, 
    barcha sohalarda keng qo‘llaniladi. Kompyuter grafikasi bo‘yicha har yili ko‘plab 
    konferensiyalar o‘tkaziladi, ilmiy jumallar va o‘quv qo‘llanmalar chop etiladi, 
    dissertatsiyalar himoya qilinadi. Har yili bir necha yuz milliard dollarlik kompyuter 
    grafikasi mahsulotlari ishlab chiqariladi va sotiladi. San`at durdonalari yaratiladi. 
    Kompyuter grafikasi asosida yaratilgan elektron o‘yinlar bo‘yicha jahon 
    birinchiliklari o‘tkaziladi va ularda millionlab qatnashchilar ishtirok etadilar. 
    Kompyuter grafikasi nimaning tasviri yaratilishiga qarab quyidagi sinflarga 
    ajratiladi: 
    1)
    statsionar (o‘zgarmas) 
    yoki 
    oddiy grafika




    2)
    kompyuter animatsiyasi

    3)
    multimedia

    Yaratish usuliga ko‘ra kompyuter grafikasi ikki guruhga ajratiladi: 

    2D 
    (inglizcha 
    two dimension 
    - ikki o‘lchamli jumlasidan olingan). 

    3D 
    (inglizcha 
    three dimension 
    - uch o‘lchamli jumlasidan olingan). 
    Ikki o‘lchamli grafika 
    yassi va tekis sirtlarda yaratilgan tasvirlar bo‘lib, ularga 
    misol sifatida printerda qog‘ozga chop etilgan fotosurat, rassom tomonidan 
    xolst 
    (maxsus mato)da chizilgan rasmlarni keltirish mumkin. 
    Uch o‘lchamli grafika 
    yordamida hajmga ega jismlar tasvirlanadi. Bunda 
    jismning fazoda egallagan o‘rni mayda kublar bilan to‘ldiriladi. Agar bu kublar 
    yetarlicha kichik bo‘lsa, inson ko‘zi ularni ilg‘amaydi va kublar yaxlit bir jism 
    sifatida ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. 
    Uch o‘lchamli grafikadan animatsiya, kompyuter o‘yinlari va virtual 
    (hayoliy) 
    borliq 
    yaratishda keng foydalaniladi. Virtual borliq, asosan, maxsus bosh kiyim - 
    shlemlarda 
    tasvirlanadi. 
    Oddiy grafika vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydigan tasvirlarni yaratish bilan 
    shug‘ullanadi. Ularga misol sifatida rasmlar, fotosuratlar, chizmalarni keltirish 
    mumkin. Kompyuter animatsiyasi vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradigan tasvirlar yaratadi. 
    Masalan, multfilmlar, videoklip va videoroliklar. 
    Multimedia mahsulotlari rasmlar va animatsiya bilan birga boshqa turdagi 
    axborotlarni, masalan, ovoz va matnni ham o‘z ichiga oladi. Multimedianing o‘ziga 
    xos jihati uning interfaolligi bo‘lib, unda bir joy dan ikkinchi joyga o‘tish imkoniyati 
    ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Multimediaga yorqin misol sifatida butun olam to‘ri - 
    wwwni
    , undagi 
    www
    -saytlar va 
    www
    -sahifalarni keltirish mumkin. 

    Download 11,66 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124




    Download 11,66 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti

    Download 11,66 Mb.
    Pdf ko'rish