• Color Graphics Adapter
  • Video Graphics Array
  • Monochrome Display Adapter




    Download 11,66 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/124
    Sana27.09.2024
    Hajmi11,66 Mb.
    #272673
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   124
    Bog'liq
    Kom.Grafikasi va web qo\'llanma

    Monochrome Display Adapter 
    (displeyning monoxrom 
    adapteri) standarti paydo bo‘ldi. MDA platasi ekranga faqat alfavit-raqamli 
    informatsiya - harflar va raqamlarni chiqarish qobiliyatiga ega edi. Bunda hech 
    qanday grafika va rang yo‘q edi. 
    MDAni almashtirgan CGA - 
    Color Graphics Adapter 
    (rangli grafika 
    adapteri) nafaqat matnli, balki grafikaviy rejimda ham ishladi va berilgan o‘n oltita 
    rangdan to‘rttasi chiqishini ta’minlab turdi. 
    EGA - 
    Enhanced Graphics Adapter 
    (yaxshilangan grafika adapteri) 64 rang 
    palitrasidan ekranga chiqadigan ranglarni 16 tagacha yetkazdi va ekranga 
    chiqariladigan grafika sifatini sezilarli yaxshiladi. 
    EGA 
    standarti paydo bo‘lishi bilan 
    grafikaviy dasturlardan, jumladan birinchi Microsoft Windows operatsion 
    tizimlaridan, keng foydalanish boshlandi. 
    VGA - 
    Video Graphics Array 
    videostandarti eng qulay, bugungi kungacha 
    foydalanilayotgan bo‘lib, asta-sekin 
    SVGA 
    (
    Super-VGA
    )standartiga o‘tdi. 
    VGA
    ning 
    birinchi platalari 262144 rang palitrasidan 256 rangni ekranga chiqardi. Keyinchalik 
    VGA 
    bilan birga mos keladigan juda ko‘p platalar paydo bo‘ldi, ularda mumkin 
    bo‘lgan rang tuslari 16,8 milliongacha etdi (
    True Color 
    rejimi). 
    Videoadapterlarni ishlab chiquvchilarning umumiy intilishi - monitor ekranida 
    asliga maksimal yaqinlashgan mumkin qadar sifatliroq tasvirni olishdir. Bunda 
    quyidagi: aks ettirilayotgan ranglar sonini ko‘paytirish; aniq va har xil tasvirlash 
    qobiliyatini orttirish; tasvirni ekranga chiqarish tezligini tezlashtirish vazifalari doim 
    bo‘ladi.
    Zamonaviy videoadapterlar bundan ham yuqori razryadga egalar, masalan bir 
    nuqtaga 32 bit, lekin bunda ko‘rinadigan ranglar soni ortmaydi. Qo‘shimcha 
    razryadlarda saqlanadigan informatsiya maxsus dasturlar tomonidan grafikani aks 
    ettirish operatsiyalarini tezlashtirish uchun yoki poligrafiya mahsulotini 
    tayyorlashda kompyuterdan foydalanilganda rangni uzatishni yaxshilash uchun 
    foydalaniladi. 
    Zamonaviy videokarta - o‘z xotirasida ekran obrazini saqlaydigan va monitor 


    15 
    uchun signalni shakllantiradigan oddiy qurilma emas. Hozirgi paytda bu o‘zining 
    mikroprotsessorlariga ega bo‘lgan miniatyuradagi kompyuter bo‘lib, o‘zi hisoblarni 
    bajarish va ekranda nima va qanday qurilayotganini boshqarish qobiliyatiga ega. 
    Videokartalarning hisoblarni va tasvirlarni qurish qobiliyatini apparatli 
    videotezlanish deb ataladi (agar videokartada bunday qobiliyat bo‘lmasa, yuk asosiy 
    protsessorga tushadi va bu holda dasturaviy videotezlanish haqida gapirishadi). 
    Zamonaviy kompyuter o‘yinlari uchun videoadapterda tezlanish funktsiyalarining 
    bo‘lishi zarur. 
    Grafik informatsiyani kiritish qurilmalari. Grafikaviy informatsiyani raqamli 
    shaklga o‘zgartirish jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: 

    O‘qish; 

    Kodlash. 
    O‘qish 
    - grafikaviy elementni (nuqta, chiziq, elementar fragment) va qabul 
    qilingan koordinatalar tizimida uning koordinatalarini aniqlash. 

    Download 11,66 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   124




    Download 11,66 Mb.
    Pdf ko'rish