|
Innovatsiyalar vazirligi samarqand davlat universitetining
|
Sana | 05.01.2024 | Hajmi | 2,42 Mb. | | #130928 |
Bog'liq for foreign
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETINING
KATTAQO‘RG‘ON FILIALI ANIQ VA TABIIY FANLAR
FAKULTETI
RAQAMLI TEXNOLOGIYA VA IQTISODIYOT KAFEDRASI
60610200 - AXBOROT TIZIMLARI VA TEXNOLOGIYALARI (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) YO‘NALISHI
“21_14-guruh talabasi Jumaniyozova Shahzoda”ning
“ELEKTRON HUKUMAT VA RAQAMLI IQTISODIYOT” fanidan
“My.gov.uz ning for foreginers qismi” mavzusidagi
(III-semestr uchun)
HISOBOTI
Mavzu: My.gov.uz ning for foreginers qismi
Aholining huquq ijodkorligi jarayonidagi ishtiroki fuqarolik jamiyatining o‘ziga xos belgisidir. Bugungi kunda zamonaviy axborot kommunikatsiyasi texnologiyalari har bir fuqaroga davlat boshqaruvida ishtirok etishning deyarli barcha bosqichlarida qatnashish imkonini yaratib bera oladi, huquq ijodkorligi ham shular jumlasidandir.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda davlat boshqaruvini demoklashtirish va fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilgan bo‘lib, ular qatorida “Elektron hukumat” tizimini yaratishga alohida e’tibor berildi. Xususan, aholining interaktiv davlat hizmatlaridan foydalanish imkonoyatini yaratish uchun 2013-yil 1-iyulda Yagona davlat interaktiv hizmatlari portali (www.my.gov.uz) ishga tushirildi, 2015-yil 17-martdan esa O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portali (data.gov.uz) foydalanishga topshirildi. Mazkur ishlarning mantiqiy davomi sifatida Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimini alohida portal ko‘rinishida ishga tushirish edi, mazkur tizim 2015-yil 1-yanvardan ishga tushgan bo‘lib dastlab Yagona davlat interaktiv hizmatlari portalining alohida bo‘limida aholi e’tiboriga havola etildi.
O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 328-son qaroriga asosan ishlab chiqilgan bo‘lib, Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimining birinchi talqinidir.
Portalning maqsadi:
muammoni, uni tartibga solishning maqsadi va mavjud echimini tahlil qilish orqali normativ-huquqiy hujjatni qabul qilishda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan (vujudga kelgan) ijobiy va salbiy oqibatlarni aniqlash;
ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasida va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korruptsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan, tadbirkorlik subyektlari uchun ortiqcha ma’muriy hamda boshqa cheklovlarni joriy etadigan yoki joriy etishga sharoit yaratadigan qoidalarni aniqlash;
tadbirkorlik subyektlarida asossiz xarajatlar paydo bo‘lishiga olib keluvchi qoidalarni aniqlash.
Portalda davlat organlari tomonidan ishlab chiqilgan tadbirkorlik faoliyatiga aloqador qonun hujjatlarining loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar joylashtirilib, ro‘yhatdan o‘tgan barcha foydalanuvchilar mazkur hujjalar borasida o‘z takliflarini berish imkoniyati yaratilgan. Keltirilgan takliflar qonun hujjati loyihasi va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni joylashtirgan davlat organ tomonidan o‘rganib chiqilib qabul qilinadi yoki asoslantirilgan rad javobi beriladi. Foydalanuvchilar joylashtirilgan normativ-huquqiy hujjatlar borasida nafaqat moddama-modda o‘z takliflarini bildirishlari balki, mazkur hujjatlar borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib mahsus so‘rovnomani to‘ldirishlari ham mumkin. So‘rovnoma Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimini va mazkur Portalni yanada rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.
My.gov.uz saytining for foreign bo’limida 5 ta xizmat turi mavjud.
Ulardan birinchi bo’lib visiting Uzbekistan xizmatini ko’rib chiqamiz.
Bu xizmat orqali chet el fuqarolari O’zbekiston haqida ma’lumotga ega bo’lishlari mumkin bo’ladi. Bu yerda Uzbekistanning poytaxti, aholisi, maydoni. Telefon kodlari keltirilgan.
Iqlim turizm, savdo kabilar haqida ma’lumot keltirib o’tilgan.
Bu yerda 2 ta electron xizmat turi bo’lib ular, birinchisi shaxsning identifikatsiya raqamini davlat markazlaridan olish, ikkinchisi esa one id tizimiga kirishdan iborat.
Bu yerda chet el fuqarosi uchun bir qancha electron xizmatlar mavjud bo’lib ulardan birinchisi, vaqtinchalik yashash joyidan ro’yxatdan o’tish, electron paynet, COVID-19 bo’yicha emlash yoki tekshirish, Tadbirkorlik subyektini ro’yxatdan o’tkazish, avtomobil sotib olish uchun navbatni tekshirish va kommunal xizmatlar mavjud.
Chet el fuqarolari O’zbekistanning boshqa saytlarini ham ko’rishi mumkin bo’ladi, ya’ni tashrif buyurishi va ko’proq ma’lumotga ega bo’lishi.
Elektron paynet xizmatidan foydalanishni ko’rib chiqamiz.
Bu xizmatdan foydalanishimiz uchun one id tizimidan royxatdan o’tshimiz kerak bo’ladi.
Ro’yxatdan o’tganimizdan keyin shu oyna ko’rinadi bizga. Bunda Oz’bekistondagi aloqa kompaniyalari, kommunal to’lovlar, telefon uchun, televedeniyalar, onlayn kanallar, onlayn xizmatlar kabi xizmatlar mavjud bo’lib ulardan bemalol foydalanishi mumkin bo’ladi.
|
| |