2.
“Xalq banki” ATB Zomin filiali Chakana biznes bo`limidagi
shaxsiy faoliyatim haqida
Faoliyatim davomida bank mijozlarga quyidagi xizmatlarni ko’rsatishini bilib
oldim.
Jismoniy shaxslarga
YUridik shaxslarga
Pul o‘tkazmalari
Omonatlar
Bank kartalari
Kredit mahsulotlari
Konversion amaliyotlari
Mobil banking
Individual seyf va
yacheykalar
Hisob-kitob va kassa
xizmatlari
To‘lovlarni qabul qilish
Kommunal to‘lovlarni
amalga oshirish
Jamg‘arma sertifikatlari
Mol-mulkni ishonchli
boshqarish
Pul o‘tkazmalari
Depozitlar
Bank kartalari
Kredit mahsulotlari, shu jumladan xorijiy
valyutada
Lizing
Faktoring
Konversion amaliyotlari
Internet-banking
Individual seyf va yacheykalari
Hisob-kitob va kassa xizmatlari
Xorijiy kredit liniyalari
Loyihalarni moliyalashtirish
Sug‘urta tashkilotlar nomidan sug‘urta
shartnomasini tuzish
Omonat sertifikatlari
Mol-mulkni ishonchli boshqarish
“Xalq banki” ATB Zomin filiali Chakana biznes bo`limidagi va boshqa
bo’limlardagi quyidagi ishlar bilan tanishdim
:
o
-yakka tartibdagi jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlarini ochish va
yuritish
uchun
jamg‘arib
boriladigan
pensiya
badallarini
omonatga
qo‘yuvchilardan zarur ma’lumotlarni olish;
7
o
-jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘larini investitsiya qilishdan
olingan daromaddan marja olish. Marja miqdori O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan belgilanadi.Bank jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining
faoliyatini ta’minlash bo‘yicha yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagilarga
majburdir:
o
-qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakka tartibdagi jamg‘arib
boriladigan pensiya hisobvaraqlarini ochish va yuritish;
o
-yakka
tartibdagi jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga
badallarning va hisoblangan foizlarning shaxsiy hisobini yuritish;
o
-jamg‘arib boriladigan pensiya badallari va foizlar yakka tartibdagi
jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga o‘z vaqtida va to‘liq hajmda
o‘tkazilishini ta’minlash;
o
-jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari miqdorlari o‘z vaqtida va to‘g‘ri
aniqlanishini, shuningdek ularning oluvchilarga to‘liq berilishini ta’minlash;
o
-yakka tartibdagi jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi
mablag‘larning saqlanishini, ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘larni moliyaviy vositalarga
joylashtirish va ulardan investitsiya va kredit resurslari sifatida foydalanish yo‘li
bilan ularning ko‘paytirilishini hamda inflyasiyadan himoya qilinishini ta’minlash;
o
-fuqarolarni ularning yakka tartibdagi jamg‘arib boriladigan pensiya
hisobvaraqlarining holati to‘g‘risida har yili va ularning murojaatiga ko‘ra
xabardor qilish;
o
-yakka tartibdagi jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga tegishli
bo‘lgan hujjatlar va yozuvlar saqlanishini ta’minlash.Jamg‘arib boriladigan
pensiya tizimi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq Bank boshqa huquqlarga
ega bo‘lishi va boshqa majburiyatlar olishi mumkin. Bank jamg‘arib boriladigan
pensiya tizimi mablag‘larining alohida hisobini yuritadi. Jamg‘arib boriladigan
pensiya tizimi mablag‘lari Bank tomonidan jamg‘arib boriladigan pensiya
to‘lovlarini amalga oshirish uchun foydalaniladi. Jamg‘arib boriladigan pensiya
tizimi mablag‘laridan jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi bilan bog‘liq bo‘lmagan
majburiyatlarni bajarish uchun foydalanilishi mumkin emas. Ko‘paytirish va
8
inflyasiyadan himoya qilish maqsadida jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi
mablag‘laridan Bank tomonidan investitsiya va kredit resurslari sifatida,
shuningdek moliya vositalariga joylashtirish uchun foydalanilishi mumkin. Bank
jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘laridan O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi bilan kelishgan holda investitsiya va kredit resurslari sifatida
foydalanadi. Bank tomonidan jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘larini
moliya vositalariga joylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va
Markaziy banki tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. AT “Xalq
banki” yurtimizdagi eng ko‘p tarmoqqa ega bo‘lgan, eng yirik va universal
banklardan biri bo‘lib, bank tomonidan aholiga va yuridik shaxslarga barcha
turdagi xizmatlar ko‘rsatilib kelinmoqda Xalq banki mijozlarga har doim yaqin.
Zero bankning asosiy maqsadi “Xalq ishonchi va farovonligi asosiy maqsadimiz”
shiori asosda ishlash va mijozlar ishonchini oqlashdan iborat.
Bankning hisoboti oylik va choraklik joriy hisobotlaridan iborat bo’lib, oylik
moliyaviy hisobotlar quyidagilardan tashkil topadi:
• balans ( I shakl);
• umumlashgan balans (bank bo’limlari bilan birgalikda);
• mulkiy shaklidan qat’iy nazar bank tomonidan berilgan muddati o’tmagan
va muddati o’tgan kreditlar summasiningyoyilmasi;
• jalb qilingan va yo’naltirilgan mablag’larni hisobga olibboruvchi ayrim
balansli hisobvaraqlardagi summalarning yoyilmasi;
• bank iqtisodiy normativlarini ifodalovchi hisobvaraqlardagi summalarning
yoyilmasi;
• iqtisodiy normativlar bo’yicha hisob-kitoblar;
• korrespondentlik hisobvaraqdagi summalarning yoyilmasi;
• bankning boshqa balansli hisobvaraqlardagi summalari yoyilmasi.
Bank chorak yakunida quyidagi hisobot shakllalini tuzadi:
1. Balans bo’yicha so’mda va xorijiy valutalarda aylanma vedomostlar.
2. Bosh bank va filiallarining balanslaIi bo’yicha aylanma vedomost.
3. Foyda va zararlar haqida hisobot.
9
4. Boshqa hisobot shakllari.
Tijorat banklari yillik hisobotlari quyidagi shakllardan tashkil topadi:
- yillikbalans (l-shakl);
- foydavazararlarhaqidahisobot (2-shakl);
- asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot;
- pul oqimlari to’g’risidagi hisobot;
- xususiy kapital to’g’risidagi hisobot;
- izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar.AT Xalq banki balansidagi mavjud
debitor va kreditor mablag’lar tahlil etilib, ularni so’ndirish va to’lash yo’llarini
ko’radi. AT Xalq banki ning yillik buxgalteriya hisobotini tuzish boshqaruvchi va
bosh buxgalter zimmasiga yuklatiladi. Bosh buxgalter esa barcha balans va ko’zda
tutilmagan hisobvaraqlarni audit, reviziya va boshqa dalolatnomalari bilan
solishtirib chiqadi. AT Xalq bankining yillik buxgalteriya hisobotlari 1-martgacha
Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalariga va Respublika markaziy
bankiga, soliq organlariga, ta’sis hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga, davlat
statistika organlariga va boshqa tegishli joylarga taqdim etiladi. Hisobot shakli
ilovada ham ko’rsatilib o’tilgan.
4-martdan 13-aprelgacha bo’lgan amaliyot davomida korxonaning quyidagi
xujjatlari bilan tanishib chiqdim:
1.
Xo’jalik
nizomi
–
korxonaning
huquqiy maqomini, uning
filiallari va vakolatxonalarini tashkil etish va ularning faoliyati xususiyatlarini, mu
assisning, ijro etuvchi organning huquq va majburiyatlarini, korxona
va
muassis o‘rtasidagi mulkiy munosabatlarni belgilaydi.
2.
Xo’jalik shartnomalari -
tadbirkorlik faoliyati subʼyektlari oʻrtasida
tuziladigan fuqarolikhuquqiy shartnoma. Bunda taraflardan biri shartlashilgan
muddatda tadbirkorligi faoliyati sohasida tovarlarni berish ishlarini bajarish yoki
xizmatlar koʻrsatish, 2taraf esa tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni qabul qilib olish va
ularning haqini toʻlash majburiyatini oladi. Xoʻjalik shartnomasi sohasidagi
huquqiy
munosabatlar
"Xoʻjalik
yurituvchi
subʼyektlar
faoliyatining
10
shartnomaviyhuquqiy bazasi toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasining qonuniga
(1998-yil 29 avgust) asoslanadi. Qonun Xoʻjalik shartnomasiga qoʻyiladigan
talablar, Xoʻjalik shartnomasini tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor kilish tartibi,
Xoʻjalik shartnomasi boʻyicha majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada
bajarilmagan takdirda javobgarlik asoslari, shartnoma yuzasidan talabnoma va
daʼvo keltirish tartibi, shuningdek, iqtisodiy munosabatlarda shartnomaviyhuquqiy
faoliyatini amalga oshirishda davlat boshqaruv organlarining vakolat doirasini
belgilab bergan.
3.
Hisobvaraq-faktura faktura. Bu xujjat - xaridor nomiga sotuvchi
tomonidan beriladigan va sotilgan tovarning xili, miqdori va qiymati koʻrsatilgan
tovar hujjat. Amaliyot davomida rahbarim bilan hisobvaraq-fakturani to’g’ri va
tartibli to’ldirishni o’rgandim
4.
Ishonch qog’ozi -
muayyan muassasa yoki ayrim shaxs oʻz nomidan
ish koʻrish uchun ikkinchi bir shaxsga ishonch bildiradigan yozma vakolatli hujjat.
Ishonch qog’ozi oʻz mazmuniga koʻra, molmulkni boshkarish, pul va moddiy-
buyum boyliklarini olish, sud hamda notarial idoralarda, shuningdek, boshqa
davlat va nodavlat idoralarda ish olib borish va boshqa ishlarni amalga oshirishni
ifodalaydi. Ishonch qog’ozi rasmiy (xizmat) va shaxsiy turlarga boʻlinadi. Rasmiy
(xizmat sohasidagi) Ishonch qog’ozi davlat muassasalari, jamoat tashkilotlari
muayyan lavozimli shaxsga uning muayyan tashkilot tomonidan ish yuritishga
vakil qilinganini bildirish uchun beriladi.
5.
Pul cheki-
bankdagi
hisobvaraq egasi (Chek beruvchi)ning muayyan
summadagi pulni biror shaxe (Chekni taqdim qiluvchi)ga toʻlash toʻgʻrisida
bankka yoki kredit muassasasiga yoʻllagan yozma buyrugʻi, farmoyishi; pul
hujjati, kimmatli qogoz turi. Chek yoziladigan qog'oz (Chek qogozi) belgilangan
tartibda rasmiylashtirilgan blanka (ish qogozi) tarzida maxsus daftarcha holida
chiqariladi. Chek beruvchi oʻz hisobvaragʻidan oʻzi uchun pul olishda ham
Chekdan foydalanadi.
6.
To’lov topshiriqnomasi - bank operatsiyalarida pul mablag'larini bir
hisob raqamdan ikkinchi hisob raqamga o'tkazish jarayonida foydalaniladi.
11
7.
Tabel. Tabelga xodimning ism-familiyasi, ish kuni va soati kiritiladi.
Va shu asosida oylik chiqariladi. Amaliyot davomida korxona tabelini tuzishni
o’rgandim.
|