“Xalq banki” ATB Zomin filialida
2024-yil 4-martdan, 13-
aprelgacha qadar malakaviy amaliyotio’tadim. Ushbu amaliyot davomida
o’rgangan bilimlarimni amaliyotda qay darajada kerak bo’lishini,
nazariya bilan
amaliyotning bog’liq va bog’liq bo’lmagan jihatlarini, amaliyotda qo’llash
uchun
qanday nazariy bilimlar kerakligini o’rgandim. O’rgangan nazariy bilimlarim
hamda ushbu « 5+1 » amaliyotimdan kelib chiqqan
holda AT Xalq banki yanada
rivojlanishi uchun quyidagilarni tavsiya qila olaman:
-
aholi va bank xodimlari o’rtasida muloqot madaniyatini yanada yaxshilash,
ya’ni qishloq aholisiga bank va uning faoliyati, ishlash prinsiplarini sodda shaklda
tushuntirish, bankda o’zini tutish, bank xodimlari hamda bank jihozlari (bankomat,
infokiosk…) bilan bevosita aloqa qila olish malakalarini oshirish;
-
aholi mablag’larini jalb qilish.
-
bank aktivlarini oshirish;
-
davlat tomonidan imtiyozli kredit uchun ajratiladigan mablag’larni
kamaytirish;
-
bank faoliyatiga davlat aralashuvini kamaytirish;
-
dasturiy ta’minot uchun mutaxassislarni jalb
qilish va kompyuterlarni
muntazam zamonaviy dasturlar bilan ta’minlash;
-
bank faoliyatida ma’muriy buyruqbozlik va byurokratiyani kamaytirish;
-
Xodimlar malakasini oshirish uchun chet elga almashinuv dasturlarida
ishtirok etish.
-
AT Xalq banki tomonidan tarqatiladigan Pensiya
va nafaqa pullarini plastik
kartochkalarga o’tkazib fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida yashash
manzilidan uzoq bo’lmagan xududlarga bankomatlar o’rnatish;
-
2-3 yil muddatga tijorat foizida kafillik asosida mikroqarz kreditlarini 50.0
mln so’mgacha miqdorda ko’proq ajratish;
-
Korrupsiya va boshqa qonun buzilish xolatlarini
oldini olish maqsadida
xodimlarning oylik ish xaqlarini oshirish xamda ularga bank uchun kelajakda
13
sidqidildan ishlashlari uchun bankning o’zi tomonidan
qurilayotgan uylar uchun
kam foizda ipoteka kreditlari ajratish;
Xulosa o’rnida shuni qo’shimcha qilmoqchimanki AT Xalq bankini
rivojlantirish uchun nafaqat bank balki bankning yuridik va jismoniy mijozlari xam
o’z xissalarini qo’shishlari lozim. Ya’ni fuqarolarga ishonch bildirgan xolda ularga
ajratilgan imtiyozli kreditlarni mijozlar o’z vaqtida qaytarishsa
bankimiz xar bir
ko’rsatkich bo’yicha yuqori o’rinlar uchun kurasha olishiga ishonaman.