• 1. Shartnoma predmeti
  • Atb masofaviy bank xizmatlari orqali




    Download 148.39 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/7
    Sana15.10.2023
    Hajmi148.39 Kb.
    #87824
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Qulay omonat Ofertasi.docx
    Azizbek1, Azizbek1, 5912-Article Text-11339-1-10-20230608


     
    "TENGE BANK" ATB MASOFAVIY BANK XIZMATLARI ORQALI 
    "QULAY" MUDDATLI OMONATI SHARTNOMASINI RASMIYLASHTIRISH BO`YICHA 
    OMMAVIY OFERTA
    Ushbu Ommaviy oferta (bundan keyin - Oferta deb ataladi) "Tenge Bank" ATB masofaviy bank 
    xizmatlari (keyingi matnda - MBX) orqali O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 369 -
    moddasiga muvofiq, milliy valyutadagi "QULAY" muddatli omonat shartnomasini, quyida ko'rsatilgan 
    shartlar bilan, jismoniy shaxs (bundan buyon matnda Omonatchi deb yuritiladi) foydalanuvchilari bilan 
    tuzish borasida "Tenge Bank" ATBning rasmiy taklifidir.
    Ushbu Oferta milliy valyutadagi "QULAY" muddatli omonat Shartnomasi (keyingi matnda-
    Shartnoma) shartlarini o`z ichiga oladi. Ushbu ko`rsatilgan Ofertada nazarda tutilgan harakatlarning 
    amalga oshirilishi Omonatchining Oferta shartlarda o`rnatilgan tartibda va hajmda Shartnoma tuzishga 
    roziligining tasdiqlaydi. 
    Shartnoma Omonatchining ushbu Ofertada nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirgan 
    paytidan boshlab tuzilgan hisoblanadi va kuchga kiradi, shuningdek rozilik shartlari bo`yicha istisno va 
    cheklovlarsiz Shartnomaning barcha shartlarini so'zsiz qabul qilishni (akseptlashni) bildiradi. 
    Shartnoma tuzilganligi va "QULAY" muddatli Omonati bo'yicha Omonatchining hisobiga MBX 
    orqali pul mablag'larini o'tkazilishini tasdiqlovchi hujjat (bundan buyon matnda -Omonat deb yuritiladi) 
    Omonat summasini Omonat hisobiga o'tkazish bo'yicha bitim tuzilganligini tasdiqlaydi. Omonatchiga 
    MBXda Omonat ochilganligi to'g'risida tasdiqnoma va/yoki Bank tizimida ro'yxatdan o'tgan mobil 
    telefon raqamiga SMS -xabar keladi. 
    1. Shartnoma predmeti 
    1.1. 
    Ushbu Ofertada nazarda tutilgan shartlar va muddatlar bo'yicha, Bank Omonatchidan naqdsiz 
    shaklda Omonat hisobvarag`iga pul mablag'larini qabul qiladi va Omonat miqdori bo'yicha foizlarni 
    to'lashni o'z zimmasiga oladi.

    Download 148.39 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 148.39 Kb.
    Pdf ko'rish