• Kalit so’zlar
  • Keywords
  • Tijorat banklarida zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatishning ahamiyati




    Download 449.22 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana15.10.2023
    Hajmi449.22 Kb.
    #87825
      1   2
    Bog'liq
    5912-Article Text-11339-1-10-20230608
    Azizbek1, Azizbek1, Qulay omonat Ofertasi.docx


    Tijorat banklarida zamonaviy bank xizmatlarini 
    ko‘rsatishning ahamiyati 
     
    Dinara Nosirova 
    TMI 
     
    Annotatsiya: Ushbu maqolada tijorat banklarida zamonaviy va masofaviy bank 
    xizmatlari ko’rsatishning ilmiy-nazariy asoslari va O’zbekistonda zamonaviy bank 
    xizmatlarini ko‘rsatishning iqtisodiy ahamiyati o’rganilgan. 
    Kalit so’zlar: bank xizmatlari, masofaviy bank xizmatlari, zamonaviy bank 
    xizmatlari, internet-banking, raqamli banking, onlayn banking 
     
    Importance of providing modern banking services in 
    commercial banks 
     
    Dinara Nosirova 
    Tashkent Institute of Finance 
    Abstract: In this article, the scientific-theoretical basis of providing modern and 
    remote banking services in commercial banks and the economic importance of 
    providing modern banking services in Uzbekistan are studied. 
    Keywords: bank xizmatlari, masofaviy bank xizmatlari, zamonaviy bank 
    xizmatlari, internet-banking, raqamli banking, onlayn banking 
     
    KIRISH 
    Hozirgi davrdagi tezkor va shiddatli rivojlanish hamda iqtisodiyotdagi tub 
    o’zgarishlar davrida raqamli iqtisodiyot va u bilan bog’liq bo’lgan bir qancha ilg’or 
    raqamli texnologiyalar iqtisodiyotimizga kirib kelmoqda. Shu sababli aholining 
    turmush tarzini yanada yaxshilash va osonlashtirish, kompyuterlashtirish va 
    mamlakatimiz taraqqiyotini yanada jadallashtirish maqsadida Respublikamiz 
    rahbariyati bir qancha qarorlarni qabul qildi va “yo’l xaritasi”ni ishlab chiqmoqda. 
    O‘zbekiston Respublikasi bank tizimida mijozlarga taqdim etiladigan elektron 
    bank xizmatlarini ko‘rsatish borasida tizimli ishlar tashkil etilmoqda. Xususan, 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi “2020 - 2025 yillarga 
    mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi 
    to‘g‘risida”gi PF-5992-sonli Farmonida “O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini 
    isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralib, bank xizmatlarini 
    modernizatsiya qilish, samarali infratuzilma yaratish va banklar faoliyatini 
    "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
    May 2023 / Volume 4 Issue 5
    www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
    1301


    avtomatlashtirish, shuningdek, banklarning asosiy faoliyat turi bilan bog‘liq bo‘lmagan 
    funktsiyalarini bosqichma-bosqich bekor qilish orqali bank tizimining samaradorligini 
    oshirishga juda katta e’tibor berilmoqda. Shuningdek, zamonaviy axborot-
    kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, tijorat banklarining biznes 
    jarayonlarini avtomatlashtirish va masofaviy bank xizmatlari turlarini kengaytirish 
    uchun zarur shart-sharoitlar yaratish; nazorat yuklarini, shu jumladan banklarning 
    regulyator va davlat organlari bilan axborot almashinuvini takomillashtirish hamda 
    hisobotlarni shakllantirish jarayonlarini soddalashtirish va avtomatlashtirish orqali 
    ularni taqdim etish bilan bog‘liq bo‘lgan yuklarni kamaytirish; masofaviy bank 
    xizmatlari, shu jumladan kontaktsiz to‘lovlar soni va qamrovini kengaytirish; 
    avtomatlashtirilgan skoring tizimi, raqamli identifikatsiyalash va kredit konveyeridan 
    keng foydalanish; bank ma’lumotlari va tizimlarining axborot xavfsizligini 
    kuchaytirish; bank sohasidagi yangi kontseptsiya va texnologiyalarni joriy qilish 
    (fintex, marketpleys, raqamli bank) ” kabi vazifalarning belgilanganligi mavzuning 
    dolzarbligidan dalolat beradi. 
    MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI 
    Mavzuga oid bir qator olimlarning tadqiqot ishlari bilan yaqindan tanishib 
    chiqildi. Ularda olimlarning masofaviy bank xizmatlariga odi fikr mulohazalari tahlil 
    qilindi.
    XX asrning 60-70 - yillari bank xizmatlari nazariyasi rivojlanishining 
    boshlang‘ich bosqichi hisoblanadi. Bu paytda X.Duglas Michigan universitetining 
    “Kreditlash sohasidagi bank siyosati” (1971 y.), D.Revel Uels universitetining 
    «Raqobat va bank faoliyatini boshqarish» (1978 y.), Jeneva universitetining 
    «Jamg‘arma banklarining kredit xizmatlari» (1974 y.) tadqiqotlari, Sh.Dereyning 
    «Britaniya banklari strategiyasi va xalqaro raqobat» asari (1977 y.) xamda 
    G.Brayanning «Bank sohasidagi raqobat» tadqiqoti (1970 y.) chop etiladi. Yuqorida 
    qayd etilgan ilmiy ishlar bank xizmatlari bozori va uning bank xizmati segmentini 
    o‘rganishga bag‘ishlangan. 
    Rus iqtisodchi olimi V.K.Spilnichenkoning fikricha «Bank hisobvarag‘iga 
    masofadan xizmat ko‘rsatish bu informasion xizmatlarning kompleksi va mijozning 
    hisobvarag‘i bo‘yicha operatsiyalarni uning bankka tashrif buyurmasdan bergan 
    topshirig‘iga asosan bajarishdir. Bank hisobvarag‘iga masofadan xizmat ko‘rsatish 
    tizimi telekommunikatsiya tizimi orqali bankning ma’lumotlar bazasiga mijozning 
    murojaatiga asoslanadi
    1
    N.I.Lixodeyeva esa bank hisob-varag‘iga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimini 
    mijoz tomonidan kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda bankka tashrif 
    1
    Спильниченко В.К. Трансформация банковских платежных систем в экономике России // Экономический 
    журнал. 2012. № 2 (26). 
    "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
    May 2023 / Volume 4 Issue 5
    www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
    1302


    buyurmasdan ya’ni masofadan buyurtmalar asosida bank xizmatlarini taqdim etish 
    texnologiyasi sifatida e’tirof etgan
    2

    Yuqordagi fikr-mulohazalarni umumlashtirgan holda bank hisobvaraqlariga 
    masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlari - bu mijozning masofadan bergan topshiriqlariga 
    asosan (bankka kelmasdan) bank xizmatlarini taqdim etish texnologiyalari sifatida 
    ta’rif berish mumkin. 
    TAHLIL VA NATIJALAR 
    Raqamli banking - bu onlayn banking va mobil bankingning kombinatsiyasi. 
    Raqamli bank xizmatlaridan foydalanish xarajatlaringizni kamaytirishga yordam 
    beradi, chunki bu nafaqat pulingizni, balki vaqtingizni ham tejaydi. 
    Onlayn banking - bu o‘z qurilmangizdan bank veb-sayti orqali bank xizmatlaridan 
    foydalanishni anglatadi. Bu sizning balansingizni tekshirish va bank hisobingizga 
    kirish orqali elektr to‘lovini to‘lash imkonini beradi. Siz o‘zingizning onlayn-banking 
    portalingiz orqali ko‘plab banklarda kredit yoki kredit karta uchun ariza berish kabi 
    qo‘shimcha bank xususiyatlariga kirishingiz mumkin. 
    Masofaviy bank xizmatlarini ko’rsatish turli bank operatsiyalarini masofadan 
    amalga oshirish imkoniyatini beradigan xizmatlar kompleksidir. Buning uchun bank 
    muassasasiga tashrif buyurmasdan turib kompyuter yoki mobil telefondan foydalanish 
    kifoya. 
    Masofaviy texnologiyalar mijozga bank xizmatlaridan foydalanishda maksimal 
    qulaylik va bank bilan ishlash jarayonida vaqt hamda moliyaviy xarajatlarni 
    minimallashtirish imkonini beradi. Masofaviy bank xizmatlarining rivojlanishi bank 
    xizmatlari tizimida yangi hajmdagi va yangi shakldagi turli xizmatlarni yuzaga 
    kelishiga sabab bo’ldi. 
    Masofadan xizmat ko’rsatish tizimi mijozlarga taqdim etilayotgan xizmatlarning 
    xarakteriga ko’ra ikki turga bo’lish mumkin: 
    - informatsion; 
    - tranzaksion. 
    Informatsion banking mijozlarga moliyaviy ma’lumotlarni taqdim etishga 
    yo’naltirilgan bo’lsa, tranzaksion banking moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishga 
    imkoniyat yaratadi. 
    Masofaviy bank xizmatlarining asosiy tamoyili mijoz va bank o’rtasida turli 
    axborotlarning masofadan almashinuvi hisoblanadi. Bunda bank tomonidan mazkur 
    amaliyotning xavfsizligi ta’minlanadi. 
    Internet-banking xizmati orqali mijoz o’z ish joyida yoki boshqa o’ziga qulay 
    sharoitda: 
    ❖ to’lovlarni o’tkazish; 
    2
    Лиходеева Н. И. Применение электронного банкинга при заключении и исполнении банковских договоров 
    [Текст] / Н. И. Лиходеева // Юридическая работа в кредитной организации. – 2014. - No2. – С. 23-27. 
    "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
    May 2023 / Volume 4 Issue 5
    www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
    1303


    ❖ to’lov o’tishi bosqichlarini kuzatish; 
    ❖ barcha hisobotlarni olish kabi amaliyotlaridan istalgan vaqtda foydalanish 
    imkoniyatini yaratadi. 
    Internet-banking mijozga o’zining ish joyidan turgan holda internet orqali kerakli 
    bank saytiga ulanib, o’z hisob-raqamidan pul o’tkazmalarini tayyorlab bankka uzatishi 
    va o’z hisob-raqamiga tushayotgan pullarni ko’rishi mumkin bo’ladi. 
    1-rasm. Masofadan bank xizmatlarini ko’rsatuvchi tizimlardan foydalanuvchilarning 
    soni
    3
    , (2023-yil 1-yanvar holatiga ko’ra) 
    Yuqoridagi rasmda ko’rish mumkinki, 2022-yilda 2020-yilga qaraganda 2 
    barobar ko’p foydalanuvchi bo’lgan. Ayniqsa, pandemiya sharoitida foydalanuvchilar 
    soni keskin oshgan.
    Mobil ilovalardan foydalanish uchun avvalo, ixtiyoriy bankdan o‘z nomiga 
    rasmiylashtirilgan bank kartasini olish taqozo etiladi (agar bank kartasi mavjud 
    bo‘lmasa). Hozirda tijorat banklari tomonidan ikki turdagi (HUMO va UZCARD) bank 
    kartalari emissiya qilinmoqda. 
    2-rasm. Masofadan bank xizmatlarini ko’rsatuvchi tizimlardan foydalanuvchi yuridik 
    shaxslar va jismoniy shaxslar soni
    4
    , (2023-yil 1-yanvar holatiga) 
    3
    www.cbu.uz O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi 
    4
    www.cbu.uz O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi 
    "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
    May 2023 / Volume 4 Issue 5
    www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
    1304


    Jismoniy shaxslar tomonidan bank kartasi olish va mobil ilova orqali xaridlarni 
    amalga oshirish uchun quyidagi amallarni bajarish lozim: 
    - plastik kartani olish uchun o‘zi tanlagan bankka pasport bilan murojaat qilish 
    (onlayn tarzda tijorat banklarning rasmiy veb-saytlari orqali ham buyurtma berish 
    imkoniyati mavjud) 
    - bank kartasini pul mablag‘lari bilan to‘ldirish (bankomatning “cash-in” 
    funksiyasi yoki bank xizmatlari markazlariga tashrif buyurish orqali); 
    - bankka tashrif buyurib yoxud bankomat va infokiosklar orqali bank karta 
    hisobvarag‘ini o‘z mobil telefon raqamiga bog‘lash (biriktirish) orqali sms-xabarnoma 
    yoki telegram-xabarnoma xizmatini faolashtirish; 
    - tijorat banklari yoki to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarini Android operatsion 
    tizimli mobil telefon uchun “Google Play market” internet ilovasidan yoki iOS 
    operatsion tizimli mobil telefon uchun “Appstore” internet ilovasidan yuklab olish 
    (ro‘yxat ilova qilinadi); 
    - mazkur mobil ilovalarda ro’yxatdan o’tish, ya’ni olingan bank karta raqami va 
    amal qilish muddati kiritilgandan so‘ng mobil telefonga kelgan maxfiy kodni kiritish 
    orqali identifikatsiyadan o‘tish; 
    - xavfsizlikni ta’minlash maqsadida mobil ilovaga kirish uchun maxfiy kodni 
    o‘rnatish. 
    Mazkur amallarni bajarish uchun hech qanday bank xizmati bo‘yicha vositachilik 
    haqi olinmaydi. 
    1994 yil 13 iyul kuni Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi bank 
    tizimini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaror qabul 
    qilindi. Unga asosan banklar qator soliqlardan ozod qilindi va bo‘shagan mablag‘larni 
    o‘z faoliyatini kompyuterlashtirishga sarflash shart qilib qo‘yildi. Mazkur Qarorlarga 
    binoan tijorat banklarining bo‘limlari kompyuterlashtirila boshlandi va ular elektron 
    to‘lov tizimiga qo‘shib borildi. Avgust oyi oxiriga kelib mustaqillikning uch yilligi 
    sharafiga elektron to‘lovlar vaqtinchalik Nizomi yaratildi. Oktyabr oyidan boshlab esa 
    elektron pochta respublika bank tizimida ishga tushirildi. Respublika bank tizimida 
    buxgalteriya hisob-kitoblarni va bank amaliy ish kunini umumiy bir ko‘rinishga 
    keltirish uchun zarur ishlar amalga oshirildi. 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi “Milliy to‘lov 
    tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3945-sonli qaroriga asosan 
    Milliy banklararo protsessing markazi 2018 yilning IV-choragida tashkil etildi va 
    “Humo” to‘lov tizimi 2019 yilning I-choragidan boshlab ishga tushirildi. 
    Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi quyidagi normativ-huquqiy 
    hujjatlarga muvofiq tartibga solinadi: 
    ➢ O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki 
    to‘g‘risida”gi Qonuni (11.11.2019 y., O‘RQ-582); 
    "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
    May 2023 / Volume 4 Issue 5
    www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
    1305


    ➢ O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 
    (05.11.2019 y., O‘RQ-580); 
    ➢ O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi 
    Qonuni (01.11.2019 y., № O‘RQ-578); 
    ➢ “Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi orqali elektron to‘lovlarni amalga 
    oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (14.02.2006 y., № 1545); 
    ➢ “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi Nizom 
    (13.04.2020 y., № 3229). 
    Yevropada bugungi kunda ko‘pchilik onlayn-banking xizmatidan foydalanadi. 
    Statistika ma'lumotlariga ko‘ra, Yevropada katta yoshlilarning 70 foizi kamida oyiga 
    bir marta o‘zlarining onlayn bank hisoblariga kirishadi. Ba'zi Yevropa mamlakatlarida 
    kattalarning 90 foizi internet-banking xizmatidan foydalanadi. Darhaqiqat, so‘nggi 12 
    yil ichida internet-banking xizmatidan muntazam foydalanayotganlar soni ikki baravar 
    ko‘paydi
    5
    .
    Yevropaliklar o‘zlarining tranzaksiya tarixini tekshirish, pul mablag‘larini bir 
    hisobdan ikkinchisiga o‘tkazish, balanslarini tekshirish va to‘lovlarni amalga oshirish 
    uchun raqamli bankingdan muntazam foydalanadilar. Onlayn banklar tobora ilg‘or 
    xizmatlar va moliyaviy mahsulotlarni taklif qilar ekan, odamlar kredit olish, sarmoya 
    kiritish va moliyaviy imkoniyatlarini o‘rganish uchun internet-bankingdan 
    foydalanmoqda. 
    Yevropada bank tizimi Bazel III xalqaro standartlari asosida yuritiladi. Bazel III 
    2007-2009 yillardagi moliyaviy inqirozga javoban Bank nazorati bo'yicha Bazel 
    qo'mitasi tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro miqyosda kelishilgan chora-tadbirlar 
    majmui. Ushbu chora-tadbirlar banklar faoliyatini tartibga solish, nazorat qilish va 
    risklarni boshqarishni kuchaytirishga qaratilgan. Bazel asosi bank nazorati bo'yicha 
    Bazel qo'mitasi (BCBS) standartlarining to'liq to'plami bo'lib, u banklarni prudensial 
    tartibga solishning asosiy global standarti hisoblanadi.
    XULOSA 
    Xulosa qilib aytganda, mamlakat iqtisodiyotining asosi hisoblangan bank 
    tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish, yuqori xalqaro reyting 
    ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari hamda axborot-kommunikatsiya 
    texnologiyalaridan keng foydalangan holda zamonaviy naqd pulsiz hisob-kitoblar 
    mexanizmlarini joriy etish bo’yicha olib borilayotgan ishlar banklarimiz tomonidan 
    mijozlarga ko’rsatilayotgan xizmatlar sifati, to’lov intizomi va madaniyatini yangi 
    bosqichga ko’tarilishini ta’minlash bilan birga, barcha iqtisodiy tarmoqlar 
    taraqqiyotini mustahkamlashga ham o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi. Shunday 
    zamonaviy texnologiyalar asosida masofaviy bank xizmatlari, xususan Internetbanking 
    5
    https://money-gate.com/europeans-top-online-banks/ 
    "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
    May 2023 / Volume 4 Issue 5
    www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
    1306


    xizmatining faol joriy etilishi eng muhim masala ekanligi shubhasiz. 
    Jumladan, mamlakatning qay darajada iqtisodiy va texnologik taraqqiy 
    topganligi masofaviy bank xizmat turlarini amaliyotga joriy qilishda muhim 
    hisoblanadi. Xususan, bank operatsion xarajatlarining barqaror darajasiga erishish 
    uchun tijorat banklarida ham masofaviy bank xizmat turlarini ko’paytirish va 
    ularning samaradorligini oshirish muhim hisoblanadi. 

    Download 449.22 Kb.
      1   2




    Download 449.22 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tijorat banklarida zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatishning ahamiyati

    Download 449.22 Kb.
    Pdf ko'rish