O‘zmilliybank plastik kartochkalari – vaqt va qulaylikni qadrlovchilar uchun!




Download 21.2 Kb.
Sana25.03.2017
Hajmi21.2 Kb.
#2297

O‘zmilliybank plastik kartochkalari – vaqt va qulaylikni

qadrlovchilar uchun!

Plastik kartochkalardan foydalanuvchi to‘lov tizimlari keng tarqalgan. Mijozlar ushbu zamonaviy va qulay to‘lov vositasi yordamida bevosita bankka bormay turib, o‘z pul mablag‘larini boshqarishi, tovarlar va xizmatlar uchun naqdsiz haq to‘lashi, bank muassasalari va bankomatlardan  naqd pul olishi mumkin.

Hozirgi vaqtda Milliy bank o‘z mijozlari uchun “Visa Classic” va “Visa Electron” xalqaro kartochkalarini, mamlakatimizning o‘zida milliy valutada hisob-kitoblar qilish uchun mo‘ljallangan mikroprotsessorli kartochkalarni chiqarayapti.

   –   VISA  (Visa Classic и Visa Electron)


   –   UZKART  (milliy valyutada)
     O‘zmilliybank chiqarayotgan turli kartochkalar mijozlarning har xil ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan. Masalan, “VISA” korporativ kartochkalari chet elda xizmat safari xarajatlarini to‘lash uchun g‘oyat qulay. Jismoniy shaxslar uchun ochilgan xuddi shunday kartochkalar esa, ularni safarda katta miqdordagi naqd valuta mablag‘larini o‘zi bilan olib yurish zaruratidan qutqaradi, o‘zi borgan mamlakatning valutasida naqd pul olish va to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi, shuningdek respublikadan tashqariga olib chiqib ketilayotgan xorijiy valutani bojxonada rasmiylashtirish bilan bog‘liq qiyinchiliklarni istisno etadi.
     O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Farmoniga ko‘ra 1991 yil 7 sentabrda tashkil etilgan O‘zmilliybank o‘z taraqqiyotining dastlabki yillarida asosiy e’tiborni eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishga, yirik korporativ mijozlarni jalb etish va ularga xizmat ko‘rsatishga qaratdi. Filiallar tarmog‘i shakllanib borgani sayin, shuningdek eng katta xorijiy banklarning tajribasini hisobga olib, bank 1998 yildan boshlab chakana biznesni rivojlantirishni o‘z oldiga aniq maqsad qilib qo‘ydi.
Hozirgi kunda Milliy bank O‘zbekiston Respublikasining moliya muassasalari orasida chakana bank sifatida va shu yo‘nalishning asosiy segmentlaridan biri bo‘lgan plastik kartochkalar bozorida yetakchilik mavqeini mustahkam ushlab turibdi. Ushbu bozorning asosiy maqsadi esa, pul mablag‘lari bankdan tashqarida aylanishini qisqartirish va kartochka ushlovchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlar turlarini ko‘paytirishdan iboratdir.
    Plastik kartochkalar bilan amalga oshiriladigan naqdsiz hisob-kitoblar boshqa bank xizmatlariga nisbatan “yosh” – ularga hali 60 yil ham bo‘lgani yo‘q.
    O‘zbekistonga plastik kartochkalar 90-yillarning boshlarida kirib kelgan. An’anaviy tarzda respublikada eng yangi bank va moliya texnologiyalarini joriy etish tashabbuskori bo‘lib kelgan Milliy bank esa, O‘zbekistonda ushbu to‘lov vositasini rivojlantirish istiqbollariga birinchi bo‘lib yuqori baho berdi.
    Ayni o‘shanda Milliy bank to‘lov va hisob-kitoblar vositasi sifatida “VISA” xalqaro plastik kartochkalarini joriy etish sohasida respublikaning boshqa moliya muassasalari orasida birinchi bo‘lib ish boshladi. 1994 yilda Milliy bank eng yirik xalqaro uyushma – “Visa International”ga a’zo bo‘lib, respublika bozorida yangi chakana xizmatlar – “Visa Classic” plastik kartochkalarini taqdim eta boshladi.
    Lekin magnit tasmali kartochkalar firibgarlikdan zaif himoyalangani va foydalanishda “On-line” rejimini talab qilishi tufayli muayan noroziliklarni keltirib chiqarardi. Ayni shu sababli O‘zbekistonning dastlabki plastik pullari uchun operatsiyalarni bajarish xavfsizligi nuqtai nazaridan eng barqaror hisoblanuvchi hamda tranzaksiyalarni “Of-line” rejimida bajarish imkonini beradigan mikroprotsessorli texnologiyalar tanlandi. Naqd pulsiz to‘lovlarning mahalliy va xalqaro tizimlarini chuqur hamda atroflicha tahlil qilish asosida, shuningdek O‘zbekiston moliyaviy va iqtisodiy bozorining ichki xususiyatlarini hisobga olib, Milliy bank mahalliy (so‘mdagi) mikroprotsessorli debet kartochkalarni chiqarishga qaror qildi. Bunday kartochkalardan uning egasining bank hisobvarag‘idagi qoldiq doirasida foydalanish mumkin.
1994 yilda xorijiy valutadagi, 1996 yilda esa milliy valutadagi plastik kartochkalar bilan naqd pulsiz hisob-kitoblarni joriy etish loyihasini amalga oshira boshlagan Milliy bank respublikada amalda yangi xizmat – plastik kartochkalar vositasida naqd pulsiz chakana hisob-kitoblar xizmatini vujudga keltirdi, qisqa muddatda bu borada peshqadamlikni qo‘lga kiritdi va hozir ham o‘zining bu mavqeini mahkam saqlab turibdi.
Shu vaqtdan boshlab respublikada naqd pulsiz to‘lovlar “hayotga yo‘lanma” oldi. So‘m kartochkalarini chiqarish va ular bo‘yicha xizmat ko‘rsatishni o‘z ichiga oluvchi ushbu dasturni Milliy bank shu sohada birinchi bo‘lib 1996 yilning aprel oyida amalga oshira boshladi.
1996 yilning oxiriga borib, Milliy bankning Toshkent shahridagi filiallarida, poytaxtning eng katta supermarketlarida, shuningdek “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK aviakassalarida ikkita bankomat va 45ta elektron terminal o‘rnatilgan edi.
      O‘sha yili respublikamizning 836 fuqarosi Milliy bank kartochkalarining dastlabki egalari bo‘ldilar. 1997 yilda Milliy bank so‘m plastik kartochkaga “xalq kartochkasi” yoki “ommaviy kartochka” maqomini berish yo‘lidagi ilk qadamni qo‘ydi. Bank mutaxassislari Toshkentdagi ishlab chiqarish korxonalaridan birining xodimlariga kartochkalardan foydalanib ish haqi to‘lash bo‘yicha O‘zbekistonda birinchi loyihani ishlab chiqdilar va joriy etdilar. Korxona o‘z xodimlariga ularning mehnat haqini o‘tkazish uchun kartochkalar ochib, o‘zining katta miqdordagi naqd pullarni olish, saqlash va berish bilan bog‘liq xarajatlarini qisqartirdi. Kompaniya xodimlari ularning ish haqi qachon to‘langanidan qat’i nazar, kerakli summani o‘zlari uchun qulay va istalgan vaqtda kartochkadan chiqarib olish hamda ish joyida bank xizmatlaridan foydalanish imkoniga ega bo‘ldilar.
     Ikki yil mobaynida shakllangan xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi hamda respublikaning barcha mintaqalaridagi so‘m kartochka ushlovchilardan iborat mijozlar bazasi to‘lov tizimiga yangi talablarni aniq belgilab berdi – bank yangi darajaga o‘tishi zarur edi. Natijada, 1998 yilda Milliy bank mikroprotsessorli plastik kartochkalar bilan naqd pulsiz hisob-kitoblarning yangi, ko‘p emitentli tizimi – DUET tizimiga ohista o‘tdi. Shu vaqtdan e’tiboran respublikaning har bir viloyat markazida alohida hisob-kitob-emissiya markazlari tashkil qilindi. Bu esa, mijozlarga taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash, hujjatlarni rasmiylashtirish va kartochka ushlovchi uni olishi muddatini qisqartirish, hisob-kitoblar tizimining xavfsizligini oshirish imkonini berdi.
     O‘sha 1998 yilning o‘zida bank yangi mahsulot – “Visa Electron” plastik kartochkasini muomalaga chiqara boshladi.
2001 yilda Milliy bankning chakana xizmatlar, jumladan so‘m plastik kartochkalar chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatish sohasidagi innovatsion qarorlari O‘zbekistonning boshqa tijorat banklari tomonidan keng qo‘llab-quvvatlandi. Chunonchi, 2001 yil may oyida Milliy bank, “Asaka” banki va “Paxtabank” ishtirokida so‘m plastik kartochkalar bo‘yicha hisob-kitoblar banklararo tizimi ishlay boshladi. Bu tizim O‘zmilliybankning tashabbusi bilan tashkil etildi. Yuqorida nomi zikr etilgan banklar o‘z mijozlari bilan bir qatorda banklararo tizimning boshqa ishtirokchilari mijozlariga ham xizmat ko‘rsata boshladilar. Bunday qilinishi so‘m kartochkalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirdi va potensial mijozlar uchun mazkur bank mahsulotining jozibadorligini oshirdi. Hozirgi vaqtda bu tizim plastik kartochkalardan foydalaniluvchi naqdsiz hisob-kitoblarning “UZKART” banklararo to‘lov tizimiga aylantirilgan va respublikaning 28ta tijorat banki shu tizimga qo‘shilgan. Milliy bank esa, u tashkil topganidan buyon hisob-kitob banki vazifasini bajarib kelayapti.
     2001 yilda bank sotib olib o‘rnatgan bankomatlar soni faqat Milliy bank tomonidan emas, butun banklararo hisob-kitob tizimi bo‘yicha chiqarilgan so‘m kartochkalar egalariga xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi miqyosini ikki baravar oshirdi.
     1999 yildan 2002 yil oxirigacha jadal rivojlanish bilan o‘tgan qisqa davrda Milliy bank mahalliy plastik kartochkalarga xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini to‘la-to‘kis shakllantirdi. Bank plastik kartochka ushlovchilar sonini yanada ko‘paytirish va ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash ishlarini davom ettirdi. Bu ish muayan natijalarni berdi – 2002 yilda plastik kartochkalar bo‘yicha umumiy aylanma butun banklararo to‘lov tizimi bo‘yicha amalga oshirilgan moliyaviy tranzaksiyalar umumiy hajmining 51 foizini tashkil etdi.
     2004 yil respublikada plastik kartochkalar orqali naqdsiz hisob-kitoblarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 445-son qarori esa, bu borada muhim omil vazifasini bajardi. Ushbu hujjat pul mablag‘lari bankdan tashqarida aylanishini keskin qisqartirish, yangi elektron vositani aholi orasida ommalashtirish uchun zarur edi.
Bu davrda ham Milliy bank plastik kartochkalar bozoridagi o‘z peshqadamligini avvalgidek mustahkam saqlab turdi. Milliy bank chiqargan kartochkalar ulushi respublika bo‘yicha chiqarilgan jami kartochkalar umumiy miqdorining 60 foizini tashkil etdi.
    2006 yilda bank bilan savdo-servis korxonalarining birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan “Loyalti” rag‘batlantirish dasturi joriy qilindi. Bu dastur respublikaning 42ta savdo nuqtasi va xizmat ko‘rsatish punktlarida amalga oshirildi. O‘zmilliybank ko‘p marotaba plastik kartochkalar bilan naqd pulsiz hisob-kitoblarni ommalashtirishga doir reklama tadbirlarining tashabbuskori bo‘lgan. Xususan, shunday tadbirda Toshkent shahrida 23ta, Navoiy viloyatida 30ta savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi nuqtalari qatnashdi.
    Bank 2007 yildan boshlab o‘z mijozlariga ish haqi loyihalari doirasida chiqariladigan kredit overdraft kartalarini, 2009 yildan buyon esa, kommunal xizmatlar haqini infokiosklarda so‘m kartalar bo‘yicha qabul qilish xizmatini taklif etmoqda.
2010 yilda bank o‘z mijozlariga so‘m plastik kartochkalar bo‘yicha axborot xizmatlari va servislarini (SMS, E-mail va Web-xabarlash xizmatlarini) taqdim etish loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.
1996 yildan buyon o‘tgan butun vaqt mobaynida bank doimiy asosda bank plastik kartochkalaridan foydalaniladigan hisob-kitoblar tizimi rivojlanishini yanada rag‘batlantirish borasida zarur tashkiliy ishlarni olib bordi. Natijada plastik kartochkalar bilan amalga oshiriladigan chakana hisob-kitoblarni rivojlantirishning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha hajm ko‘rsatkichlari o‘sishi ta’minlandi.
Chunonchi, Milliy bank 1996 yildan hozirgacha chiqargan kartochkalar ulushi “UZKART” tizimiga qo‘shilgan barcha tijorat banklari chiqargan kartochkalar umumiy hajmining 25%ni yoki 2,3 mln. donani tashkil qildi. O‘zmilliybank bankomatlari parki esa, 122taga yetdi yoki banklar tomonidan butun respublikadagi korxonalar, tashkilotlar, bank muassasalarida o‘rnatilgan bankomat uskunalari umumiy miqdorining uchdan bir qismiga teng bo‘ldi. Milliy bank infokiosklari ulushi 112tani yoki butun respublika bo‘yicha shunday uskunalarning 23%ni, bank qo‘ygan terminallar ulushi mamlakatimizning barcha mintaqalaridagi savdo-servis korxonalarida o‘rnatilgan terminallarning 13%ni tashkil etdi yoki 11 mingtadan oshdi.
     Plastik kartochka ushlovchisi bo‘lgan mijozlarga xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi kengaytirilishini aniq maqsad qilib qo‘yib, unga doimiy ravishda intilish muayan natijalar berdi. Agar 2004 yilda plastik kartochkalar bo‘yicha naqd pulsiz bajarilgan operatsiyalar ulushi umumiy hajmning 38%ni, plastik kartochkalar bo‘yicha bankomatlar va bankning naqd pul berish punktlari orqali berilgan naqd pullar ulushi esa 62%ni tashkil etgan bo‘lsa, 2010 yilning oxiriga kelib, bu ko‘rsatkich tubdan o‘zgardi va tegishlicha 91% va 9%ni tashkil qildi.
Mamlakat bank tizimida muhim iqtisodiy burilish yuz bergan vaqt – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki milliy to‘lov munosabatlarining ko‘p yillik mexanizmiga innovatsion texnologiyalarni olib kirgan olis 96-yildan buyon oradan 15 yil o‘tdi. Plastik kartochkalarga asoslangan ushbu elektron hisob-kitoblar hozirgi kunda mamlakatimizda naqd pulsiz chakana to‘lovlarning asosiy vositasiga aylandi.
      Milliy bank uchun plastik kartochkalarni chiqarish va ular muomalada bo‘lishi miqyoslarini oshirishdan asosiy maqsad ular butun davlat miqyosida beradigan ijobiy ijtimoiy-iqtisodiy samaradir.
     Ayni shu sababli ham O‘zmilliybankning firma brendi mamlakatimiz aholisining ko‘pchiligiga yaxshi tanish. Biz esa, ushbu brend orqali Milliy bank mahsulotlari va xizmatlarining yuksak sifatini hamda ishonchliligini nazarda tutamiz.

Download 21.2 Kb.




Download 21.2 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zmilliybank plastik kartochkalari – vaqt va qulaylikni qadrlovchilar uchun!

Download 21.2 Kb.