Pedagogik fanlarni o‘qitishning asosiy shakllari




Download 30,93 Kb.
bet2/3
Sana15.12.2023
Hajmi30,93 Kb.
#119319
1   2   3
Bog'liq
Amaliy 2 p

Pedagogik fanlarni o‘qitishning asosiy shakllari
Ta’lim islohoti talablariga ko‘ra oliy o‘quv yurtidagi pedagogik jarayonning asosiy maqsadi-bo‘lajak oliy ma’lumotli mutaxassislarda bilim, ko‘nikma, malakalar hosil qilish, ularni yuksak ma’naviy-axloqiy salohiyat, yuqori kasbiy mahorat egasi bo‘lishga ko‘maklashish-dir. Bundan tarbiyachilik va o‘qituvchilik ixtisosligiga tayyorlanayotganlar ham istisno emas. Bu pedagogik hodisa ta’lim jarayonida axborotlar almashinuvi orqali amalga oshadi. Psixologiya fanlari doktori, professor V.M. Karimovaning ta’kidlashicha, bunday pedagogik muloqot jarayonidagi ma’lumotlar almashinuvi va monolog, dialog, polelog ko‘rinishida amalga oshiriladi. 122 Monolog-ma’ruzadagii oq’ituvchining tinglovchilar yoki o‘quvchi talabalar qarshisiga chiqib nutq so‘zlashi, darsni bayon etishidir. Dialog- o‘quv mavzusi yoki muammoni guruh sharoitida o‘qituvchi bilan birgalikda va hamkorlikda muhokama qilish yo‘lidir. Polelog- guruh ichidagi munozaradir. U tinglovchilar yoki o‘quvchilarning faolligini yanada oshirish, ulardagi ijodiy qobilyatlarni rivojlantirish maqsadida ishlatiladi.
Oliy ta’lim maktablarida ham yuqoridagi shakllar bilan o‘quv ishlari tashkil qilinmoqda. Ma’ruza (o‘quv ma’ruzasi)-oliy o‘quv yurti pedagogik jarayonida eng ko‘p qo‘llaniladigan shakli bo‘lib unda ta’lim oluvchilarga maksimal darajada yangi ilmiy axborotlar berish, o‘quv materialini talabalar ongiga yetkazish nazarda tutiladi. Ma’ruzalarda talaba uchun zarur bo‘lgan kasbiy, ilmiy-nazariy ma’lumotlar bayon etiladi. Oliy ta’limda pedagogika fanlaridan tashkil etiladigan ma’ruzalar pedagogik qonuniyatlar, g‘oyalar mazmunini nuqtai nazarlar mohiyatini ochib berishga, bilimlarni tizimlash va umumlashtirishga qaratiladi.
Bunda ma’ruzani tinglay olish, asosiy g‘oyalar va muhim sanalar, fikrlarini yozib borish muhim hisoblanadi. Ma’ruza jarayonida professor-o‘qituvchi bilan tinglovchi-talaba o‘rtasida jonli muloqot yuzaga keladi. Shuning uchun ma’ruzachi o‘z o‘quv predmetining ilmiy-nazariy asoslarini chuqur va mukammal bilishi, fandagi ma’lumotlarni qiziqarli, tushunarli, jonli qilib talabalarga yetkaza olish mahoratiga ega bo‘lishi talab etiladi. Ma’ruzada jonli muloqot tashkillashtirilganligi sababli talabalar ilmiy nazariy bilimlar olamiga kiradilar,o‘zlari uchun mavhum bo‘lgan pedagogik tushunchalarni mohiyatini tushunib oladilar.
Bu hol ma’ruzachining o‘quv dasturidagi muhim ma’lumotlar, murakkab fikrlar mazmunini aniqlab, ochib berishi, farazlar mohiyatini izohlashi, talabalar oldiga muammolar qo‘yishi ularni mustaqil fikrlashga undashi yordamida ro‘y beradi. Ma’ruzaning afzalligi shundaki u katta hajimdagi materialni qisqa mudatda, aniq izoh yordamida tinglovchiga yetkaza oladi va o‘quv ma’lumotlarini sistwmali bayon qilishni ta’minlaydi. Ilmiy pedagogik nazariya va amaliyot shundan darak beradiki, ma’ruzani ta’limiy va tarbiyaviy imkoniyatlarini ijobiy bo‘lishi ko‘p hollarda auditoriyada ma’ruzachi bilan tinglovchining aloqa o‘rnatishiga bog‘liq.

Download 30,93 Kb.
1   2   3




Download 30,93 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik fanlarni o‘qitishning asosiy shakllari

Download 30,93 Kb.