|
Pedagogik fanlarni o‘qitishning yordamchi shakllari
|
bet | 3/3 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 30,93 Kb. | | #119319 |
Bog'liq Amaliy 2 pPedagogik fanlarni o‘qitishning yordamchi shakllari
Ta'limning yordamchi shakllari: to‘garak, kolleklium,kurs ishi, malakaviy bitiruv ishi fakultativ mashg'ulot, o‘quv ekskursiyalari va boshqalar sanaladi. Maktabdan tashqari mashg’ulotlarning asosiy va barqaror turlariga o‘qish jarayonining tarkibiy qismi sifatida qaraladigan, o‘quvchilarning mustaqil uy ishlari kiradi. Uning asosiy maqsadi – darsda o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarini kengaytirish, chuqurlashtirish, ularni esdan chiqarishning oldini olish, o‘quvchilarning individual layoqati, iste’dod va qobiliyatini rivojlantirishdan iborat. Bu ishlar o‘quv dasturi talablari, o‘quvchilarning qiziqish va ehtiyojlari hamda ularning rivojlanish darajalarini hisobga olib quriladi. O‘quvchilarning mustaqil uy ishlari ma’lum didaktik vazifalarni bajaradi. Chunonchi, darsda o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash, sinfda ishlab chiqilgan o‘quv materialini kengaytirish va chuqurlashtirish, mashqlarni mustaqil bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish, dasturli material doirasiga kiruvchi hajmda individual topshiriqlarni bajarish asosida mustaqil fikrlashini rivojlantirish, individual kuzatishlar, tajribalar, gerbariy, tabiiy namunalar, otkritkalar, rasmlar, gazeta va jurnal lavhalari statistik ma’lumotlar kabi o‘quv qo‘llanmalarini to‘plash va tayyorlash va boshqalar. Darslarda pedagogning o‘quvchilar tomonidan uy vazifalarining halol bajarishlariga kam e’tibor berayotganliklari, ularni sinfda tekshirishga uninmasliklari, yaxshi o‘zlashtirayotgan o‘quvchilarni rag’batlantirib bormasliklari ta’lim amaliyotda keng tarqalgan kamchilik hisoblanadi. Uy vazifalarini tushuntirib berishga ko‘pincha vaqt yetmaydi, ular shoshilinch beriladi. Pedagoglar kamdan-kam 132 hollarda o‘quvchilar uy vazifasini bajarayotganda duch keladigan qiyinchiliklarini ko‘rsatib beradilar, ularni bartaraf etish yo‘lini esa ko‘rsatmaydilar. Natijasida mustaqil uy vazifalarining bajarilishi samarasiz bo‘lib qoldi. Fan to‘garaklari yo‘nalishi, mazmuni, ish metodi, o‘qish vaqti va boshqa jihatlari bilan ajralib turadi. Ular o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish, o‘qishga ijobiy munosabatni shakllantirishga yordam beradi.. To‘garaklar o‘qishni hayot bilan aloqasini kuchaytiradi, fanlararo bog’liqlikni rivojlantiradi. Fan to‘garaklarida o‘quvchilarning ishlari o‘quv jarayonini faollashtiradi, o‘qish sifatini oshirishga yordam beradi. Ta’limning yordamchi shakllariga ekskursiyalar ham kiradi. Ular ommaviy, guruhli va kichik guruhli bo‘lishi mumkin. O‘quv ekskursiyalari alohida fanlar hamda bir qancha fanlar bo‘yicha ham rejalashtiriladi. Ekskursiyani muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun o‘qituvchi unga puxta tayyorlanishi: obyekt va mashrut bilan oldindan tanishib chiqishi, to‘la rejani ishlab chiqishi, o‘quvchilarni bo‘lajak topshiriqlarni bajarishga jalb eta olishi kerak. Ekskursiya rejasida mavzu va maqsad, obyekt, u bilan tanishish tartibi, o‘quvchilar idrok etish faoliyatlarini tashkil etish, topshiriqni bajarish uchun zarur bo‘lgan vositalar va uskunalar, yakun yasash ko‘rsatiladi. Ekskursiyani o‘tkazish metodikasi mavzu, didaktik maqsad, o‘quvchilarning yoshi, ularning rivojlanishi hamda ekskursiya obyektiga bog’liq bo‘ladi. Maktab o‘quv rejasi turli fakultativ va tanlovi bo‘yicha kurslarni tashkil etishni ko‘zda tutadi. Ular o‘quvchilar, ularning ota-onalari istak va qiziqishlarini hisobga olish bilan ishlab chiqiladi. Amaliyotda fermerlik, iqtisod, elektro va radiotexnika, elektronika, polimerlar ximiyasi, astrofizika, psixologiya, etika, antik tarix, botanika ba’zi sohalari, ikkinchi chet tili, etnografiya, stenografiya, kutubxona ishi, rassomchilik, musiqa kabi kurslarni fakultativ sifatida o‘rganiladi. Fakultativ va fanlarni ro‘yxatini aniqlashda faqat o‘quvchilar istaklari emas, balki ijtimoiy talablar va maktab imkoniyatidan kelib chiqiladi. Fakultativ va tanlovi bo‘yicha mashg’ulotlar majburiy va umumiy o‘rta ta’lim fanlari bilan uzviy bog’liqlikda o‘tkazilishi kerak. Maslahat (konsultatsiya-o‘quv suhbati)ga talablar ko‘pincha o‘quvchilarning ma’lum o‘quv materiali yoki topshirig’i ustida mustaqil ishlashi sababli yuzaga keladi. Bunda ko‘proq o‘quvchi savol 133 beradi. To‘g’ri tashkil etilgan konsultatsiya o‘quvchilarga o‘quv materialini egallashda qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi. Konsultatsiya davomida o‘qituvchi o‘quvchilar faoliyatini u yoki bu masalani to‘g’ri tushunishga mustaqil keladigan, ular uchun qiyin topshiriqni tushunib oladigan qilib, o‘rganilayotgan materialni mohiyatini ochishga o‘rganadigan qilib yo‘naltiradi. Konsultatsiya o‘qituvchiga o‘quvchilar bilimlaridagi kamchiliklarni aniqlash, alohida e’tibor berishni talab etuvchi vaziyatlarga ularning diqqatini jalb etishga imkon beradi. To‘g’ri tashkil etilgan konsultatsiya o‘quvchilarda o‘zini nazorat qilish, bilimlarga tanqidiy ko‘z bilan qarashni tarbiyalaydi. O‘qimishlilik darajasini to‘g’ri aniqlashga yordam beradi. Kurs ishining asosiy talab va shartlari. Oliy ta’lim muassasalarida pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kurs ishi yozish bitiruv malakaviy ish bajarishdan oldingi muhim bir tayyorlanish bosqichlaridan biridir. Kurs ishi yozishdan maqsad quyidagilardan iborat: – talabalarning pedagogika fanlarini o‘qitish metodikasi hamda kasbga yo‘naltirish va kasb tanlash asoslari fanini o‘rganishi uchun huquqiy-me’yoriy hujjatlar, ilmiy va o‘quv adabiyotlarni izlab topishi, o‘rganib chiqishi hamda ularni jamlab, xulosa qilishi; – mustaqil ta’lim olish faoliyatini faollashtirish; – amaliy materiallarni pedagogik tahlil qilish va ularga il-miy xulosa berish borasidagi malakasini oshirish; – faktlar asosida to‘g’ri xulosa chiqarishni o‘rganish; – dolzarb mavzularga taalluqli yangiliklar, adabiyotlar va manbalardan foydalanish; – bitiruv malakaviy ishlarini yozishga tayyorlash. Kurs ishini yozish va himoya qilish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: 1. Mavzu tanlash. 2. Foydalanish uchun zarur bo‘lgan adabiyotlarni izlab topish va ularning ro‘yxatini tuzish. 3. Kerakli hujjatlar asosida ma’lumotlarni tayyorlash va yig’ish. 4. Kurs ishi rejasini tuzish. 5. Rejaga mos bo‘lgan savollarni batafsil o‘rganish ma’lumotlarni tahlil qilish. 134 6. Olgan bilim va ko‘nikmalarini o‘rganish va tahlil natijasida batafsil, mantiqan to‘g’ri bayon qilish. 7. Kurs ishida keltirilgan ma’lumotlarni keng va tushunarli tahlil qilish. 8. Ilmiy rahbar tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarni barta-raf etish va takliflarni e’tiborga olish. 9. Kurs ishini to‘g’ri rasmiylashtirish. 10. Kurs ishini himoya qilish. Kurs ishi yozishdagi asosiy masalalardan biri, talabalar tomonidan uning mavzusini to‘g’ri tanlashdir. Hamma fanlarda bo‘lganidek Pedagogika fanlarini o‘qitish metodikasi fanidan yoziladigan kurs ishi mavzusi ham talabalar tomonidan mavzular ro‘yxatidan tanlanadi. Talabalarning tanlagan mavzulari bir xil bo‘lib qolmasligi lozim. Ular uchun mavzu tanlash imkoniyati keng bo‘lishi uchun, tayyorlangan mavzular ro‘yxati kurs ishi yozishi ko‘zda tutilgan tala-balar soniga nisbatan ikki barobar ko‘p bo‘lishi tavsiya etiladi. Kurs ishi mavzulari ro‘yxati har yili kafedra tomonidan yangi va dolzarb muammolarni yoritishga asos bo‘ladigan mavzular bilan yangilanib turilishi va o‘quv yilining 1 oktyabriga qadar tanishish uchun talabalarga berilishi kerak. Talabalar mavzu tanlashda o‘qituvchilar bilan maslahatlashishlari mumkin. U ro‘yxatdagi mavzulardan xohlaganini tanlash huquqiga ega. Bundan tashqari, talaba kurs ishi mavzulari ro‘yxatida bo‘lmagan, lekin pedagogika fanlarini o‘qitish metodikasi muammolarini ochishda muhim ahamiyat kasb etgan mavzularni taklif qilishi mumkin. Har bir talaba bitta mavzu tanlash huquqiga ega. Mavzu tanlangandan so‘ng, kurs ishi ëzish masalasida albatta ilmiy rahbar bilan maslahatlashib olish kerak. Kirish qismi – kurs ishining boshlang’ich qismi bo‘lib, ishning asosiy ma’nosini bayon qiladi. Unda kurs ishi mavzusi-ning dolzarbligi asoslanadi, izlanishning maqsadi va vazifalari, izlanish obyekti, predmeti hamda mavzuning ahamiyati va mohiyat-ga to‘xtaladi. Shu bilan birga, kurs ishi yozish uchun asos bo‘lgan amaliy ma’lumotlar manbalari aks ettiriladi. Kirish qismdan so‘ng, asosiy qism shakllantiriladi.
U bir nechta savollardan iborat bo‘lib, bunda asosan ushbu mavzuning asosiy mohiyati to‘liq va batafsil ochib beriladi. 135 Asosiy qismda ishning hamma savollari ochib beriladi. Avvalo, tanlangan mavzuning ijtimoiy-pedagogik mohiyati, ahamiyati, o‘quvchilar bilm, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilib borishning zarurligi, uning ta’lim samaradorligidagi o‘rni, shakllari, metodlari, vositalari tahliliy o‘rganiladi. Bunda mavzu bo‘yicha mavjud muammolar aniqlanadi va ushbu muammolarni bartarf etish yo‘llari izlab topiladi. Kurs ishining har bir bo‘limi unga mos asoslar, qarorlar va xulosalar bilan yoritiladi. Kurs ishida, ilgari bajarilgan mustaqil ishlarning natijalari yoki boshqa mualliflarning (ilmiy ma’ruzalar va maqolalari, hisob-grafika ishlari va loyihalari, albatta, nomlari ko‘rsatilgan holda) ishlari aks ettirilishi yoki ulardan foydalanish mumkin. Xulosa qismida mavzuni o‘rganish davomida talaba tomonidan amalga oshirilgan tahlil jarayonida shakllantirilgan xulosalar aks ettiriladi.
Mavzuga oid zamonaviy asarlarda bayon etilgan tadqiq etilayotgan mavzuni takomillashtirish yuzasidan takliflar keltirib, shunga asosan talaba o‘z fikrini bayon etadi. Xulosa qismini ko‘pi bilan 2-3 varaq hajmda yozish tavsiya etiladi. Foydalanilgan adabiyotlar qismida darslik, o‘quv qo‘llanma, uslubiy qo‘llanma, jurnal, tezislar to‘plami, huquqiy-me’yoriy hujjatlar va internet saytlarining asosiy ma’lumot ko‘rsatkichlari (chop qilingan joyi va yili, nashriyot va boshqalar) ro‘yxati keltiri-ladi. Barcha ilmiy ishlarda, shuningdek, kurs ishida ham foydalanil-gan ma’lumotlar manbai va adabiyotlar ro‘yxatini keltirish maj-buriy shartlardan biridir. Foydalanilgan ada-biyotlar qismini ko‘pi bilan 2-3 varaq hajmda keltirish tavsiya etiladi.
Kurs ishini himoya qilish. Dekanat tomonidan kafedra bilan kelishilgan holda kurs ish-larini topshirish va himoya qilish reja jadvali ishlab chiqiladi va kurs ishini topshirish va himoya qilish muddatlari kafedra mudiri tomonidan o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. Talaba tayyor bo‘lgan kurs ishini kafedra kotibasiga topshiradi. Kotiba ushbu kurs ishini ro‘yxatga olish ki-tobida ro‘yxatdan o‘tkazib, kurs ishi titul varag’iga ro‘yxatdan o‘t-kazilgan sana va ro‘yxat tartib raqamini yozadi. So‘ng ilmiy rah-barga topshiradi. Ilmiy rahbar kurs ishini ro‘yxatdan o‘tgan sana-dan boshlab bir hafta ichida ko‘rib chiqib, uni talab darajasida bajarilganligiga ishonch bildirgandan so‘ng, ishni 136 o‘z taqrizi (8-ilovaga qarang) bilan birga kafedraga taqdim etadi. Ilmiy rahbar tomonidan taqdim qilingan taqrizda talabaning faolligi, mavzuning dolzarbligi, maqsadi va vazifasi, qabul qilingan qarorlar-dagi yangiliklari, keltirilgan ma’lumotlarning tahlili, chi-qarilgan xulosa va takliflarning asosliligi va kurs ishining boshqa ijobiy tomonlari tavsiflanadi. Shu bilan birga, xato va kamchiliklari ham ko‘rsatiladi.
Natijada, taqriz oxirida xulosa qilinadi, ya’ni kurs ishi himoyaga qo‘yilishi yoki qo‘yilmasligi ko‘rsatib o‘tiladi. Kurs ishida qo‘pol xato-kamchiliklar bo‘lmasa, himoyaga tavsiya etiladi. Talaba ko‘rsatilgan xato-kamchiliklarni asoslash yoki to‘g‘rilash uchun kurs ishi himoyasigacha tayyorlanishi kerak. Agarda kurs ishida xato-kamchiliklar ko‘p bo‘lsa, ularni bartaraf etgandan so‘ng, himoyaga tavsiya etilishi ko‘rsatilgan bo‘lsa, u xolda xato-kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng, ikkinchi marta yana himoyaga tavsiya etish uchun taqriz yoziladi. Agarda talaba kurs ishini sababsiz o‘z vaqtida topshirmasa, kamchiliklar to‘liq bartaraf etilmasa, u holda ilmiy rahbar kurs ishi himoyaga qo‘yilmaydi deb yozma xulosa beradi. Kotiba taqriz yozilgan kurs ishini topshirilgan kun bilan ro‘yxatdan o‘tkazib qo‘yishi kerak. Kurs ishlarini ro‘yxatga olish kitobida har bir guruhni alohida betga rasmiylashtirish tavsiya etiladi. Kurs ishini himoya qilish kuni va himoyada qatnashuvchi komissiya tarkibi kafedra majlisida belgilanadi. Kurs ishi himoyasida qatnashuvchi komissiya tarkibi 3-5 ta a’zodan iborat bo‘ladi.
Kurs ishi himoyasida komissiya tarkibidan kamida 3 ta azo bo‘lishi ta-lab etiladi. Har bir talaba uchun kurs ishi himoyasi 10-15 daqiqa (5-7 daqiqagacha talaba ma’ruzasi, 5-10 daqiqagacha savol-javob) davom etadi. Talaba o‘z ma’ruzasida mavzu to‘g’risida qisqacha tushuncha berishi, ya’ni mavzuning dolzarbligi, muammosi, xulosa va taklif haqida to‘xtalishi zarur. Shuningdek, taqrizda ko‘rsatilgan kamchiliklar haqida to‘xtalishi kerak. Himoyadan so‘ng, komissiya a’zolari yopiq majlis o‘tkazib, talabalarning ishini baholash qarorini qabul qiladi. Komissiya a’zolari quydagicha qarorni qabul qilishi mumkin: – kurs ishini himoya qilganligini bildiruvchi baho qo‘yilishi; – himoyaga kiritilmagan bo‘lishi; – «himoyaga kelmadi» bo‘lishi; 137 – himoyada qoniqarsiz baho olgan bo‘lishi; – qayta himoya qilish uchun muddat berilishi; – boshqa mavzuda qayta ishlab, himoya qilish tavsiya qilinishi. Uzrli sabab bilan kurs ishini belgilangan muddatda himoya qilmagan talabalarga dekanning ruxsati bilan, komissiyasining ishi yakunlanishiga qadar, boshqa muddatlarda himoya qilishga ruxsat beriladi. Pedagogika va psixologiya yo‘nalishida ta'lim oluvchilar tanlagan mavzusi bo‘yicha bitiruv malakaviy ishini asosan oliy ta'lim muassasasi sharoitida amalga oshiradi. Kafedra prfessor-o‘qituvchilari (maslahatchi) ilmiy rahbar etib tayinlanadi. Bitiruv malakaviy ishiga ilmiy darajaga ega mutaxassis rahbarlik qilishi mumkin. Ilmiy izlanish natijalari ilmiy maqolalar, tezislar yozish, respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarda ishtirok etish va ma'ruza qilish orqali aprobatsiyadan o‘tadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Klarin M. V. Pedagogicheskaya texnologiya v uchebnom prosesse. M.: Znaniye 1989-80 s.
Farberman B. L. Progressivnыye pedagogicheskiye texnologii T. : IPVSSSh. 1999. -84 s.
|
| |