|
Innovatsiyalar
|
bet | 16/96 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 7,26 Mb. | | #146974 |
Bog'liq 2 Axborot xavfsizligi Anvardinov JasurbekEtalon bilan taqqoslash usuli eng oddiy usul bo‘lib, ma’lum viruslarni qidirishda niqoblardan foydalanadi. Virusning niqobi-mana shu muayyanvirusga xos kodning qandaydir o‘zgarmas ketma-ketligidir. Virusga qarshi dastur ma’lum virus niqoblarini qidirishda tekshiriluvchi fayllarni ketma-ket ko‘rib chiqadi (skanerlaydi).
Evristik tahlil. Kompyuter virusi ko’ayishi uchun xotirada nusxalanish, sektorga yozilish kabi qandaydir muayyan xarakatlarni amalga oshirishilozim.
Virusga qarshi monitoring. Ushbu usulning mohiyati shundan iboratki, Kompyuter xotirasida boshqa dasturlar tomonidan bajariluvchi shubhali harakatlarni monitoringlovchi virusga qarshi dastur doimo bo’ladi. Virusga qarshi monitoring barcha ishga tushiriluvchi dasturlarni, yaratiluvchi,ochiluvchi va saqlanuvchi xujjatlarni, Internet orqali olingan yoki disketdan yoki har qanday kom’akt-diskdan nushalangan dastur va xujjatlarning
fayllarini tekshirishga imkon beradi. Agar qandaydir dastur xavfli harakatni qilishga urinmoqchi bo‘lsa, virusga qarshi monitor foydalanuvchiga xabar beradi. O‘zgarishlarni aniqlovchi usul. Diskni taftish qiluvchi deb ataluvchi ushbu usulni amalga oshirishda virusga qarshi dastur diskning xujumga duchor bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha sohalarini oldindan xotirlaydi, so‘ngra ularnivaqti-vaqti bilan tekshiradi. Virus Kompyuterlarni zaharlaganida qattiq disk tarkibini o‘zgartiradi: masalan, dastur yoki xujjat fayliga o‘zining kodini qo‘shib qo‘yadi, Autoexec.bat fayliga dastur-virusni chaqirishni qo‘shadi, yuklama sektorni o‘zgartiradi, faylyo‘ldosh yaratadi. Disk sohalari xarakteristikalarining qiymatlari
solishtirilganida virusga qarshi dastur ma’lum va no‘malum viruslar tomonidan qilingan o‘zgarishlarni aniqlashi mumkin.
Kompyuterlarning kiritish/chiqarish bazaviy tizimiga (BIOSga) virusga qarshi vositalarni o‘rnatish. Kompyuterlarning tizimli platasiga viruslardan himoyalashning oddiy vositalari o‘rnatiladi. Bu vositalar qattiq disklarning bosh yuklama yozuviga hamda disklar va disketlarning yuklama sektorlariga barcha murojaatlarni nazoratlashga imkon beradi. Agar qandaydir dastur yuklama sektorlar tarkibini o‘zgartirishga urinsa, himoya ishga tushadi va foydalanuvchi ogohlantiriladi. Ammo bu himoya juda ham ishonchli emas.
Virusga qarshi dasturlarning xillari.
Virusga qarshi dasturlarning quyidagi xillari farqlanadi:
dastur-faglar (virusga qarshi skanerlar);
dastur-taftishchilar (CRC-skanerlar);
dastur-blokirovka qiluvchilar;
dastur-immunizatorlar.
Dr.Web — Rossiyaning virusga qarshi ommaviy dasturi, Windows 9x/NT/2000/X’/7/8 uchun mO‘ljallangan bO‘lib, faylli, yuklama, va fayl- yuklama viruslarni qidiradi va zararsizlantiradi.
AV’ (Antivirus Kas’erskogo personal) — Rossiyaning virusga qarshi paketi.
Eset Nod32 Antivirus
Symantec Antivirus — Symantec kom’aniyasining kor’orativ foydalanuvchilarga taklif etgan virusga qarshi mahsuloti tO‘’lami.
Mustahkamlash uchun topshiriqlar
Etalon bilan taqqoslash usuli;
Evristik taxlil;
Virusga qarshi monitoring;
O‘zgarishlarni aniqlovchi usul;
Uyga vazifa
Virusga qarshi dasturlar
Virusga qarshi dasturlarning xillari.
Virusga qarshi monitoring
Foydalanilgan adabiyotlar
Axborot texnologiyasi. Axborotlarni kriptografik muxofazasi. Ma’lumotlarni shifrlash algoritmi” O‘zbekiston Davlat standarti. O‘zDSt 1105:2006
.B.Boltayev, A.Azamatov, A.Asqarov, M.Sodiqov, G.Azamatova. Informatika va hisoblash texnikasi asoslari. Umumiy o‘rta ta’lim
maktablarining 9- sinfi uchun darslik. Toshkent: “Cho‘lpon” nomidagi NMIU, 2015. – 160 b.
N.Taylaqov, A.Axmedov, M.Pardayeva, A.Abdug'aniyev, U.Mirsanov O'rta ta'lim muassasalarining 11-sinflari va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalario'quvchilari uchun darslik. «Extremum-press» Toshkent – 2018.
Кадиркулов Р.А., Рыскулбекова А. Информатика, 7 класс. https://www.opiq.kz/Kit/Details/61
|
| |