• B/B/B usulidan foydalanib mavzuni kengroq yoriting.
  • O‘quvmashg‘ulotining ta’lim texnologiyasi modeli




    Download 7,26 Mb.
    bet13/96
    Sana27.01.2024
    Hajmi7,26 Mb.
    #146974
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   96
    Bog'liq
    2 Axborot xavfsizligi Anvardinov Jasurbek

    O‘quvmashg‘ulotining ta’lim texnologiyasi modeli





    Mashg‘ulot vaqti-80 daqiqa

    O‘quvchilar soni: 26 –31 gacha



    Mashg‘ulot shakli va turi

    Nazariy-yangi bilimlarni egallash bo’yicha O‘quv mashg‘uloti

    O‘quv mashg‘ulotrejasi

    1. Virus nima?

    2. Kompyuter viruslari qanday hosil bo’ladi?

    3. Kompyuter viruslari xususiyatlari

    O‘quv mashg‘ulotiningmaqsadi: O‘quvchilarga Kompyuter viruslari va virusdanhimoyalanish bo’yicha bilim va ko’nikmalarini shakllantirish

    Mashg‘ulotdan kutilayotgannatijalar:

    Kompyuter viruslari, ularning yaratilishi va maqsadi, ulardan himoyalanish bo’yicha
    tushuncha shakllantirish

    Pedagogik vazifalar: Kompyuter viruslari
    to’g’risida tushuncha beradi;
    Kompyuter viruslarining yaratilishi to’g’risida tushuncha beradi;
    Virus xususiyatlari to’g’risida tushuncha
    beradi;

    O‘quv faoliyati natijalari:
    Kompyuter viruslarini yoritib bera oladilar;
    Kompyuter viruslarining yaratilishi haqida ma’lumotlarni yoritib beradilar;

    Virus xususiyatlarini yoritib beraoladilar;



    O‘qitish metodlari

    Axborotli kichik ma’ruza, tushuntirish, namoyish etish, aqliy hujum

    O‘qitish vositalari

    O‘MT,ma’ruzalar matni, kompyuter, videoproektor, slayd

    O‘quv faoliyatini tashkil etish shakllari

    guruhli, juftlikda

    O‘qitish sharoiti

    Maxsus jixozlangan o‘quv xona (kompyuter o‘quv xonasi)

    Qaytar aloqaning yo‘l va
    vositalariningyo‘l va vositalari

    Tezkor so‘rov, savol-javob, test, misol va mashqlar, berilgan o‘quv topshiriqlarini baholash



    O‘quv mashg`ulotining texnologik xaritasi


    Ta’lim shakli Ish bosqichlariva
    vaqti

    Faoliyat mazmuni

    O‘qituvchining

    O‘quvchi-ning

    O‘quv mashg‘ulo
    -tiga kirish
    (5 daqiqa)

    Tashkiliy qism: O‘quvchilarni mashg‘ulotga tayyorgarligi vadavomatini tekshirish

    Mashg‘ulotga tayyorlanadi

    2. Asosiy bosqich
    (65 daqiqa)

    Tayanch bilimlarni faollashtirish

    1. Yangi fan bo’yicha o‘quvchilarning tushunchalarinianiqlashuchun o‘quvchilarga savollar beriladi, ularni baholaydi (1- ilova)

    Maqsad va vazifalarni belgilanishi

    1. Mashg‘ulotning nomi, rejasi, maqsad va o‘qitishnatijalari bilan tanishtiriladi;

    2. Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiriladi;

    3. O‘quv ishlarida o‘quvchilarni baholash mezoni vako‘rsatkichlari bilan tanishtiradi (2-ilova);

    Ta’lim oluvchining bilimlarini faollashtirish

    1. Tezkor so‘rov, savol-javob, aqliy hujum texnikalariorqali bilimlarni faollashtiradi;

    Savollarga javob beradilar
    Yozib oladilar Guruhlarga bo‘linadilar.

    Javob beradilar


    Diqqat qiladilar




    Guruhlarda ishlaydilar

    Yangi o‘quv metodlari bayoni:

    1. Nazariy mashg‘ulotlarning rejasi va tuzilishigamuofiq, o‘qitish jarayonini tashkil etish bo’yicha xarakatlar tartibini bayon etadi.

    2. Mavzu bo’yicha PowerPoint tartibida namoish vasharxlar bilan mavzu bo’yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi Yangi o‘quv materialini mustahkamlash

    3. Mustahkamlash uchun savollar beriladi.

    Fikr almashadilar





    3.
    Yakuniy bosqich (10
    daqiqa)

    Mashg‘ulot yakuni:

    1. O‘tilgan mavzu umumlashtiriladi, faol ishtirok etgano‘quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va rag‘batlantiradi;

    Uyga vazifa berilishi:

    1. Kelgusi mashg‘ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan

    yo‘riqnoma beriladi

    O‘z- o‘zini o‘zaro baholashni o‘tkazadilar.
    Topshiriqni yozadilar

    Baholash mezoni 1-ilova





    Мazmuni

    Baho

    Og‘zaki so‘rov quyidagi mezonlar asosida
    baholanadi

    Mustaqil ishlar quyidagimezonlar asosida baholanadi

    Uyga vazifa quyidagimezonlar asosida baholanadi

    1.

    Mavzu atroflicha

    Mavzu o‘quvchi

    So‘z boyligi, ifoda

    5




    to‘liq,asosiy fikr

    tomonidan mustaqil

    qilinishi va uslubi







    va tushunchalar

    ravishda atroflicha

    adabiynutq







    o‘zlashtirilishiga

    to‘liq yoritilsa

    talablariga mos







    erishilsa




    bo‘lsa




    2.

    Маvzu

    Маvzu o‘quvchi tomonidan mustaqil ravishda asosiy fikrlaratroflicha yoritilsa

    Ishni bajarishda grammatik, uslubiyxatolar uchrasa

    4




    asosan,asosiyfikr







    va tushunchalar







    qisman







    o‘zlashtirilishigae







    rishilsa




    3

    Mavzu
    qisman

    Mavzu o‘quvchi
    tomonidan

    Topshiriqni
    bajarishda imlo

    3




    o‘zlashtirilis

    mustaqilravishda

    me‘yorlari va







    higa
    erishilsa

    qisman yoritilsa

    husnixat talablarigato‘liqrioya













    qilinmasa




    4

    Mavzuning
    ba‘zi

    Mavzuning ba‘zi
    elementlarini

    Topshiriqni bajarishda
    og‘zaki va yozma nutq

    2




    elementlarini

    mustaqil ravishda

    me‘yorlari







    o‘zlashtirilish

    qismanyoritilsa

    buzilganbo‘lsa







    iga erishilsa










    5

    Mavzuning
    O‘zlashtirilishi yuqoridagi talablar darajasida
    bo‘lmasa

    Mavzuning yoritilishi
    yuqoridagi talablar darajasida bo‘lmasa

    Topshiriqni bajarishda
    qo‘pol xatolarga yo‘lqo‘yilgan bo‘lsa

    1



    O‘tilgan mavzularni takrorlash:
    O‘tgan dars yuzasidan og‘zaki so‘rov metodidan foydalanib savol-javobO‘tkaziladi.

    1. Axborotni himoya qilish deganda nimani tushunasiz?

    2. Axborotlarni himoyalashning vazifalari nimalardan iborat?

    3. Maxfiylik nima?

    4. Axborotni himoyalashning maqsadlari nimalardan iborat?



    B/B/B usulidan foydalanib mavzuni kengroq yoriting.


    1. ilova


    1. ilova




    Bilaman

    Bilishni xohlayman

    Bilib oldim










    Izoh: O‘quvchilar berilgan topshriqlarni doskaga chiqib tushuntirib va taqdimot qilib berishadi.

    Yangi mavzu bayoni
    -4-MAVZU: KOMPYUTER VIRUSLARI VA VIRUSDAN HIMOYALANISH
    Reja:

      1. Virus nima?

      2. Kompyuter viruslari qanday hosil bo’ladi?

      3. Kompyuter viruslari xususiyatlari

    Bu nima va unga qarshi qanday kurashish kerak? Bu mavzuga o‘nlab kitoblar va yuzlab maqolalar yozilgan. Kompyuter viruslariga qarshi minglab professional mutaxassislar ko‘rab kom’aniyalarda ish olib borishmoqda. Bu mavzu o‘ta qiyin va muhimki etiborni talab qilmoqda. Kompyuter virusi ma`lumotni yo‘qotish sabablaridan biri va asosiysi bo‘lib qolmoqda. Viruslar ko’lab tashkilot va kom’aniyalarni ishlarini buzishga olib kelganligi ma`lum.
    Shunday ma`lumotlar mavjudki, Niderlandiya gos’itallaridan birida bemorga Kompyuter qo‘ygan tashxis bo’yicha iste`mol qilingan dori oqibatida bemor olamdan o‘tgan. Bu Kompyuter virusining ishi bo‘lgan.
    E`tiborsizlik bilan qilingan ishdan Kompyuter tezda virus bilan zararlanadi. Inson kasallik virusi bilan zararlansa issiqligi o‘zgarishi, vazni o‘zgarishi, xolsizlanish va og‘riqning paydo bo‘lishi ko‘zda tutiladi.
    Kompyuter virusi bilan zararlangan Kompyuterlarda quyidagilar kuzatiladi: dasturlarning ishlashining sekinlashishi, fayllarni hajmi o‘zgaradi, g‘ayritabiiy va ba`zi bir noma`lum xatoliklar, ma`lumotlar va sistema fayllari yo‘qotilishi. Ba`zi viruslar zararsiz ko’ayadi, lekin qo‘rqinchli emas. Bu viruslarekranga xato ma`lumot chiqaradi. Ammo, bir turdagi viruslar hujum qiluvchi, ya`ni, yomon asoratlar qoldiruvchi hisoblanadi. Masalan, viruslar qattik diskdagi ma`lumotlarni o‘chirib tashlaydi.
    1 Virus nima?
    Virus(Virus) inglizcha “yuqumli boshlanish”, “yomon boshlanish – buzuvchi boshlanish”, “yuqumli kasal” degan ma`nolarni anglatadi.
    Mashxur «doktor» lardan biri D.N.Lozinskiy virusni kotibaga o‘xshatadi. Tartibli kotibani faraz qilsak, u ishga keladi va stolidagi bir kunda qilishi kerak bo‘lgan ishlarni - qog‘ozlar qatlamini ko‘radi. U bir varog‘ni ko’aytiribbir nusxasini o‘ziga ikkinchisini keyingi qo‘shni stolga qo‘yadi. Keyingistoldagi kotiba ham kamida ikki nusxada ko’aytirib, yana bir kotibagao‘tkazadi.
    Natijada kontoradagi birinchi nusxa bir necha nusxalarga aylanadi. Ba`zi nusxalar yana ko‘ayib boshqa stollarga ham o‘tishi mumkin.
    Kompyuter viruslari taxminan shunday ishlaydi, Faqat qog‘ozlar o‘rnida
    endi dasturlar, kotiba bu - Kompyuter. Birinchi buyruq «ko‘chirish-nusxa olish» bo‘lsa, Kompyuter buni bajaradi va virus boshqa dasturlarga o‘tib oladi. Agar Kompyuter biror zararlangan dasturni ishga tushirsa virus boshqa dasturlarga tarqalib borib butun Kompyuterni egallashi mumkin.
    Agar bir dona virusning ko‘payishiga 30 sekund vaqt ketsa, bir soatdan
    keyin bu 1000000000 dan ortib ketishi mumkin. Aniqrog‘i Kompyuterxotirasidagi bo‘sh joylarni band qilishi mumkin.
    Xuddi shunday voqea 1988 yili Amerikada sodir bo‘lgan. Global tarmoq orqali uzatilayotgan ma`lumot orqali virus bir Kompyuterdan boshqasiga o‘tib yurgan. Bu virus Morris virusi deb atalgan.
    Ma`lumotlarni virus qanday yo‘q qilishi mumkin degan savolga shunday javob berish mumkin:
    Virus nusxalari boshqa dasturlarga tez ko’ayib o‘tib oladi;
    Kalendar bo’yicha 13-sana juma kunga to’g’ri kelsa hamma xujjatlarni yo‘q qiladi.
    Buni hammaga ma`lum «Jerusalem» («Time» virusi ham deb ataladi) virusi juda «yaxshi» amalga oshiradi.
    Ko’ xollarda bilib bo‘lmaydi, virus qayerdan paydo bo‘ldi.
    Virusni aniqlanishi shundaki, u Kompyuter sistemasida joylashib vako‘ayib borishiga bog‘lik. Misol uchun, nazariy jihatdan o‘eratsion sistemada virus davolab bo‘lmaydi. Bajaruvchi kodning sohasini tuzish va o‘zgartirish ta`qiqlangan sistema misol bo‘lishi mumkin.
    Virus hosil bo‘lishi uchun bajariluvchi kodlar ketma-ketligi ma`lum bir sharoitda shakllanishi kerak. Kompyuter virusining xossalaridan biri o‘z
    nusxalarini Kompyuter tarmoqlari orqali bajariluvchi obyektlarga ko‘chiradi.Bu nusxalar ham o‘z-o‘zidan ko‘ayish imkoniyatiga ega.
    2.Kompyuter viruslari qanday hosil bo’ladi?
    Biologik viruslardan farqli o‘laroq, Kompyuter viruslarini inson tomonidan tuziladi. Viruslar Kompyuter foydalanuvchilariga katta zarar yetkazadi. Ular Kompyuter ishini to‘xtatadi yoki qattiq diskdagi ma`lumotlarni o‘chiradi. Virus sistemaga bir necha yo‘llar bilan tushishi mumkin: ma’lumot tashuvchi qurilmalar, dasturiy ta`minot yuklangan CD-ROM, tarmoq interfeysi yoki modemli bog‘lanish, global Internet; tarmog‘idagi elektron pochta.
    Ma’lumot tashuvchi qurilma virusdan zararlanishi oson. Zararlangan Kompyuterga ma’lumot tashuvchi qurilmani solib O‘qitilganda diskning bosh sektoriga virus tushadi.
    Internet ma`lumotlar almashinishiga katta imkoniyat yaratadi. Lekin,
    Kompyuter viruslari va zararli dasturlar tarqalishi uchun yaxshi muhit yaratadi. Albatta Internetdan olingan barcha ma`lumotlarda virus bor deb bo‘lmaydi. Kompyuterda ishlovchi ko’chilik mutaxassislar va o‘eratorlar qabul qilinadigan ma`lumotlarni viruslardan tekshirishni doimo bajaradi. Internet da ishlayotgan har bir kishi uchun yaxshi antivirus himoya zarur. «Kas’erskiy laboratoriyasi» texnik ta`minot xizmati statistikasiga ko‘ra, viruslardan zararlangan xolatlarning 85% i elektron pochta orqali sodir bo‘lgan. 1999 yilga nisbatan xozirgi kunda bu ko‘rsatkich 70 % tashkil etadi. «Kas’erskiy laboratoriyasi» elektron pochtalarga yaxshi antivirus himoyasi kerakligini ta`kidlaydi.
    Virus tuzuvchilarga elektron pochta juda qulay. Amaliyot shuni
    ko‘rsatadiki, omma bo‘ dasturlar, o‘eratsion sistemalar, ma`lumotlarni uzatish texnologiyalari uchun viruslar ko’lab tuzilmoqda. Xozirda elektron pochta biznes va boshqa sohalarda muloqot uchun asosiy vosita bo‘lib qolmoqda.
    Shuning uchun virus tuzuvchilari elektron pochtaga diqqatini qaratmoqda.
    Kompyuter virusining ko‘p ta’riflari mavjud. Birinchi ta’rifni 1984 yili Fred Koen bergan: "Kompyuter virusi - boshqa dasturlarni, ularga o‘zini yoki
    o‘zgartirilgan nusxasini kiritish orqali, ularni modifikatsiyalash bilan zaharlovchi dastur. Bunda kiritilgan dastur keyingi ko‘ayish qobiliyatinisaqlaydi". Virusning o‘z-o‘zidan ko’ayishi va hisoblash jarayonini modifikatsiyalash qobiliyati bu ta’rifdagi tayanch tushunchalar hisoblanadi.
    Kompyuter virusining ushbu xususiyatlari tirik tabiat organizmlarida biologik viruslarning parazitlanishiga o‘hshash.
    Hozirda Kompyuter virusi deganda quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lgan dasturiy kod tushuniladi:

    • asliga mos kelishi shart bo‘lmagan, ammo aslining xususiyatlariga (o‘z- o‘zini tiklash) ega bo‘lgan nusxalarni yaratish qobiliyati;

    • hisoblash tizimining bajariluvchi ob’ektlariga yaratiluvchi nusxalarning kiritilishini ta’minlovchi mexanizmlarning mavjudligi.

    Ta’kidlash lozimki, bu xususiyatlar zaruriy, ammo yetarli emas. Ko‘rsatilgan xususiyatlarni hisoblash muhitidagi zarar keltiruvchi dastur ta’sirining destruktivlik va sir boy bermaslik xususiyatlari bilan to‘ldirish lozim.
    Viruslarni quyidagi asosiy alomatlari bo’yicha turkumlash mumkin:

    • yashash makoni;

    • operatsion tizim;

    • ishlash algoritmi xususiyati;

    • destruktiv imkoniyatlari.

    Kompyuter viruslarini yashash makoni, boshqacha aytganda viruslar kiritiluvchi Kompyuter tizimi obyektlarining xili bo’yicha turkumlash asosiy va keng tarqalgan turkumlash hisoblanadi.



    Yashash makoni bo’yicha Kompyuter viruslarining turkumlanishi.
    Fayl viruslari bajariluvchi fayllarga turli usullar bilan kiritiladi (eng ko‘ tarqalgan viruslar xili), yoki fayl-yo‘ldoshlarni (kom’anon viruslar) yaratadi yoki faylli tizimlarni (link-viruslar) tashkil etish xususiyatidan foydalanadi.
    Yuklama viruslar o‘zini diskning yuklama sektoriga (boot - sektoriga) yoki vinchesterning tizimli yuklovchisi (Master Boot Record) bo‘lgan sektorgayozadi. Yuklama viruslar tizim yuklanishida boshqarishni oluvchi dastur kodivazifasini bajaradi.
    Makroviruslar axborotni ishlovchi zamonaviy tizimlarning makrodas- turlarini va fayllarini, xususan MicroSoft Word, MicroSoft Excel va h. kabi ommaviy muharrirlarning fayl-xujjatlarini va elektron jadvallarini zaharlaydi.
    Tarmoq viruslari -‘zini tarqatishda Kompyuter tarmoqlari va elektron pochta protokollari va komandalaridan foydalanadi. Ba’zida tarmoq viruslarini "qurt" xilidagi dasturlar deb yuritishadi. Tarmoq viruslari Internet- qurtlarga (Internet b-‘yicha tarqaladi), IRC-qurtlarga (chatlar, Internet Relay Chat) bo‘linadi.
    3Kompyuter viruslari xususiyatlari
    Kompyuter viruslarining bajarilish davri, odatda, beshta bosqichni o‘zichigaoladi:

    1. Virusni xotiraga yuklash.

    2. Qurbonni qidirish.

    3. To‘ilgan qurbonni zaharlash.

    4. Destruktiv funktsiyalarni bajarish.

    5. Boshqarishni virus dastur-eltuvchisiga o‘tkazish.

    Virusni xotiraga yuklash. Virusni xotiraga yuklash operatsion tizimyordamida virus kiritilgan bajariluvchi ob’ekt bilan bir vaqtda
    amalga oshiriladi. Qurbonni qidirish. Qurbonni qidirish usuli bo’yicha viruslar ikkita sinfga bo‘linadi. Birinchi sinfga o‘eratsion tizim funktsiyalaridan foydalanib faolqidirishni amalga oshiruvchi viruslar kiradi. Ikkinchi sinfga qidirishning passivmexanizmlarini amalga oshiruvchi, ya’ni dasturiy fayllarga tuzoq qo‘yuvchi
    viruslar taalluqli.
    Topilgan qurbonni zaharlash. Oddiy holda zaharlash deganda qurbon sifatida tanlangan ob’ektda virus kodining o‘z-o‘zini nusxalashi tushuniladi.
    Destruktiv funktsiyalarni bajarish. Destruktiv imkoniyatlari
    bo’yicha beziyon, xavfsiz, xavfli va juda xavfli viruslar
    farqlanadi.
    Beziyon viruslar - o‘z-o‘zidan tarqalish mexanizmi amalga oshiriluvchi viruslar. Ular tizimga zarar keltirmaydi, faqat diskdagi bo‘sh xotirani sarflaydi xolos.
    Xavfsiz viruslar - tizimda mavjudligi turli taassurot (ovoz, video) bilan bog‘liq viruslar, bo‘sh xotirani kamaytirsada, dastur va ma’lumotlarga ziyon yetkazmaydi.
    Xavfli viruslar - Kompyuter ishlashida jiddiy nuqsonlarga sabab bO‘luvchi viruslar. Natijada dastur va ma’lumotlar buzilishi mumkin.
    Juda xavfli viruslar - dastur va ma’lumotlarni buzilishiga hamda Kompyuter ishlashiga zarur axborotni o‘chirilishiga bevosita olib keluvchi, muolajalari oldindan ishlash algoritmlariga joylangan viruslar.
    Boshqarishni virus dastur — eltuvchisiga o‘tkazish. Ta’kidlash lozimki, viruslar buzuvchilar va buzmaydiganlarga bo‘linadi. Buzuvchi viruslar dasturlar zaharlanganida ularning ishga layoqatligini saqlash xususida qayg‘urmaydilar, shu sababli ularga ushbu bosqichning ma’nosi yo‘q.
    Buzmaydigan viruslar uchun ushbu bosqich xotirada dasturni korrekt ishlanishi shart bo‘lgan ko‘rinishda tiklash va boshqarishni virus dastur- eltuvchisiga o‘tqazish bilan bog‘liq.
    Virus paydo bo‘lish belgilari.
    Zararlangan Kompyuterda eng muhimi virusni aniqlash. Buning uchunvirusniasosiy belgilarini bilish kerak:

    1. Funktsional dasturlarni ishini to‘xtatish yoki noto’g’ri ishlashi;

    2. Kompyuterni sekin ishlashi;

    3. OS ni yuklanmasligi;

    4. Fayl va kataloglarni yo‘qolishi yoki ulardagi ma`lumotlarni buzilishi;

    5. Fayllar modifikatsiyasining sana va vaqtining o‘zgarishi;

    6. Fayl hajmining o‘zgarishi;

    7. Diskdagi fayllar miqdorining keskin ko‘ayishi;

    8. Bo‘sh o‘erativ xotira hajmining keskin kamayishi;

    9. Kutilmagan ma`lumotlar va tasvirlarning ekranga chiqishi;

    10. Kutilmagan tovushlarning paydo bo‘lishi; 11 .Kompyuterning tez-tez osilib kolishi.

    Mustahkamlash uchun topshiriqlar



    1. Virusni xotiraga yuklash.

    2. Qurbonni qidirish.

    3. To‘ilgan qurbonni zaharlash.

    4. Destruktiv funktsiyalarni bajarish.

    5. Boshqarishni virus dastur-eltuvchisiga o‘tkazish. Uyga vazifa

    1. Virus nima?

    2. Kompyuter viruslari qanday hosil bo’ladi?

    3. Kompyuter viruslari xususiyatlari

    Foydalanilgan adabiyotlar



    1. Axborot texnologiyasi. Axborotlarni kriptografik muxofazasi. Ma’lumotlarni shifrlash algoritmi” O‘zbekiston Davlat standarti. O‘zDSt 1105:2006

    2. B.Boltayev, A.Azamatov, A.Asqarov, M.Sodiqov, G.Azamatova. Informatika va hisoblash texnikasi asoslari. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9- sinfi uchun darslik. Toshkent: “Cho‘lpon” nomidagi NMIU, 2015. – 160 b.

    3. N.Taylaqov, A.Axmedov, M.Pardayeva, A.Abdug'aniyev, U.Mirsanov O'rta ta'lim muassasalarining 11-sinflari va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalario'quvchilari uchun darslik. «Extremum-press» Toshkent – 2018.

    4. Кадиркулов Р.А., Рыскулбекова А. Информатика, 7 класс. https://www.opiq.kz/Kit/Details/61




    Download 7,26 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   96




    Download 7,26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘quvmashg‘ulotining ta’lim texnologiyasi modeli

    Download 7,26 Mb.