Kabel tarmoqlari. Er qazish ishlari




Download 24.08 Kb.
bet2/4
Sana18.12.2022
Hajmi24.08 Kb.
#35721
1   2   3   4
Bog'liq
derter
MOVA JAVOBLAR VARAQASI, Gʻafforov, 0, 1681470328, Document 30, 1 мавзу, 27-dars. Scratch dasturlash muhiti-fayllar.org, 7-лабора, maqola, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi umumiy qoidalar, Avesto zardushtiylikning (2), Axb. tex Ishchi dastur Farmatsiya, aaa, Amaliy ish 1

Kabel tarmoqlari. Er qazish ishlari.


Er osti inshootlari va yo‘llarida joylashgan kabellarni ta’mirlash yoki kabellarni yotqizish bilan bog‘liq er qazish ishlari, ushbu er osti inshootlari va yo‘llarini ekspluatatsiya qiladigan javobgar korxona yoki sex rahbarining yozma ruxsati bilan ish rahbari tayinlanganida olib boriladi. Ruxsatnomada er osti inshootlari va yo‘llarini joylashishi hamda yottan chuqurligi ko‘rsatilgan chizmasi ilova qilingan bo‘lishi kerak.
🠶Agar chizmada belgilanmagan kabel, quvur, er osti inshooti va shuningdek qurol-yarog‘lar topilsa, ularni qaysi tashkilotga tegishligini aniqlamaguncha va tegishli tashkilotlardan ishni davom ettirishga ruxsatnoma olmaguncha er qazish ishlari to‘xtatilishi zarur.
Kabel trassasidan 5 m gacha yaqin joylarda kuch bilan uradigan mashina va mexanizmlardan, kabel tarmoqlarini qo‘riq maydonida esa er qazish mashinalaridan foydalanish man etiladi.
🠶Kabel tarmoqlarini himoya zonalarida er qazish mashinalaridan foydalanish, faqat qazish uchun ushbu tarmoqni ekspluatatsiya qiluvchi korxona xodimlarigagina ruxsat etiladi. Qazish ishlarini er qazish mashinalari va pnevmatik mashinalar, hamda lo‘m va kirkalar yordamida, bevosita kabel ustida uni himoya qatlamigacha 0,3 m qolgunga qadar amalga oshirish mumkin. Erni qolgan qatlamidagi tuproq belkurak yordamida olib tashlanishi kerak.
🠶Qish faslida belkurak bilan tuproq qazishga faqat tuproqni isitgandan keyingina kirishish mumkin. Bunda issiqlik manbaini kabelgacha 15 sm ga yaqinlashtirish mumkin.

O‘ra, xandaq va transheya qaziladigan joylar talabini e’tiborga olgan holda


to‘silgan bo‘lishi kerak. To‘siqda ogohlantiruvchi belgi va yozuvlar, tunda esa ogohlantiruvchi yorug‘lik signali bo‘lishi kerak.
🠶O‘pirilish xavfi bor bo‘lgan bo‘sh yoki nam tuproqli erlarda transheyalar qazilayotganda ularning devorlari mustahkam mahkamlanishi kerak.
🠶To‘kilib ketadigan tuproqli erlardagi ishlarni devorlarini mustahkamlamasdan, uning chetidagi tabiiy qiyalik burchagini saqlagan holda bajarish shart.
🠶Er osti suvlari yo‘q tabiiy nam tuproq erlarda va er osti inshootlari yaqin joylashgan erlarda transheya va handaqlarni, mustahkamlanmagan tik devorlarining chuqurligini:
🠶- o‘yilgan, qumli va katta bo‘lakli erlarda 1 m dan;
🠶- qumloq erlarda 1,25 m dan;
🠶- qumoq va soz tuproqli erlarda 1,5 m dan oshirmasdan qazishga ruxsat etiladi;

🠶Zich yopishqoq erlarda tik devorlari transheyalarni rotorli yoki oddiy ekskavatorlarda mahkamlash uskunalarini qo‘ymasdan 3 m gacha chuqurlikda kovlashga ruxsat etiladi. Bunday hollarda transheyalarga odamlarning tushishi man etiladi. Odamlarni tushishi zarur bo‘lgan transheya qismlari tirgovichlar bilan mustahkamlanishi yoki yon tomonlari tabiiy qiyalik holida bajarilishi shart.


🠶Qish faslida erni muzlagan qismida (erni quruq tuproq qismidan tashqari) er qazilganda uni tirgovichlarsiz bajarishga ruxsat etiladi.
🠶Er qazish sharoiti 11.8-bandda ko‘rsatilgandan farq qiladigan holatlarda o‘ra va xandaqlar qazishni tik devorlarini tirgovich bilan mustahkamlab yoki tabiiy qiyalikni saqlagan holda boshlash zarur.
🠶CHuqurligi 3 m gacha bo‘lgan o‘ra va xandaqlarni namunaviy loyiha asosida maxsus mahkamlovchi yasamalar bilan mustahkamlash shart.



    1. Download 24.08 Kb.
1   2   3   4




Download 24.08 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kabel tarmoqlari. Er qazish ishlari

Download 24.08 Kb.