• Muftani ochish va kabelni kesish.
  • Inshootlarga




    Download 24.08 Kb.
    bet3/4
    Sana18.12.2022
    Hajmi24.08 Kb.
    #35721
    1   2   3   4
    Bog'liq
    derter
    MOVA JAVOBLAR VARAQASI, Gʻafforov, 0, 1681470328, Document 30, 1 мавзу, 27-dars. Scratch dasturlash muhiti-fayllar.org, 7-лабора, maqola, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi umumiy qoidalar, Avesto zardushtiylikning (2), Axb. tex Ishchi dastur Farmatsiya, aaa, Amaliy ish 1
    Kabel va muftalarni inshootlarga osish va mahkamlash.

    🠶Ochilgan mufta korobka ichiga olinib, xandaq ichiga ko‘ndalang taxtalar ustiga o‘rnatilgan taxtaga sim yoki tros yordamida mahkamlanib osib qo‘yilishi zarur. Korobkani bir tomoni olib quyiladigan va mixsiz mahkamlanadigan bo‘lishi kerak.
    🠶Qazib ochilgan kabelni yopuvchi korobka ustiga ogohlantiruvchi shior yoki xavfsizlik belgisi osilishi shart.
    🠶Kabellarni osish uchun qo‘shni kabellardan, quvurlardan va shunga o‘xshashlardan foydalanish man qilinadi. Kabellarni bir-birlarini qo‘zg‘atmasdan osish zarur.
    1. Muftani ochish va kabelni kesish.


    Muftani ochish yoki kabelni kesishdan oldin, ta’mirlanishi kerak bo‘lgan kabel haqiqatdan ham shu ekanligiga, ish bajarish uchun u energetika tarmog‘idan uzib quyilganligiga va unda ishlashga ijozat berish uchun kerakli barcha texnik tadbirlar bajarilganligiga ishonch hosil qilish kerak.
    🠶 Ta’mirlanishi kerak bo‘lgan kabelni ish joyida quyidagilarga qarab aniqlash kerak:
    🠶 - kabel er osti yo‘llari va kollektorlari, maxsus kanallar va boshqa kabel inshootlari ichiga tashlangan yoki imorat devorlaridan o‘tgan bo‘lsa, u holda kabel trassa bo‘ylab kuzatish orqali, sxema va chizmalar bo‘yicha kabellarni joylashish tartibini solishtirish va kabellardagi yorliqlarga qarab aniqlanishi kerak;
    🠶 - kabel erga yotqizilgan bo‘lsa, uni erdagi joylashishini chizmada ko‘rsatilgan holatlari bilan solishtirib aniqlanadi. Buning uchun, oldindan kabel to‘plamidagi hamma kabel ko‘zga ko‘rinadigan qilib kundalangiga tekshirish xandagi qaziladi;
    🠶 Kabelni shikastlangan joyi ko‘rinmaydigan barcha holatlarda, yasama ramkasi bo‘lgan kabel qidiruvchi apparatni qo‘llash kerak.
    🠶 Kabelni kesishdan yoki ulovchi muftani ochishdan oldin maxsus moslama yordamida unda kuchlanish yo‘qligini tekshirish kerak. Er osti yo‘llari, kollektorlar, quduqlar va boshqa kabel inshootlarida moslamani qo‘llash uni uzoqdan boshqarilishi imkoni bo‘lgandagina ruxsat etiladi. Moslama kabelni zirhi va qobig‘ini tok o‘tkazishi fazalarigacha teshib yoki kesib bir-biriga qisqa tutashtirib, uni erga ulanishini ta’minlashi zarur.
    🠶 Kabel teshuvchi moslamani erga ulash uchun 0,5 m chuqurlikda erga qoqilgan erga ulagichdan yoki kabel zirhidan foydalanish mumkin. Erga ulagichni kabel zirhiga halqasimon qisqich ostidagi zirh tozalangan bo‘lishi kerak.
    🠶 Agar kabel zirhi zanglagan bo‘lsa, u holda erga ulagichni kabelning metall qobig‘iga ulashga ruxsat etiladi.
    Elektrostansiya va podstansiyalardagi ichki kabel tarmoqlarida, kabellarning uzunligi va joylashish tartibi chizmalardan, yorliqlardan, kabel qidiruvchi apparatlar yordamida ta’mirlanishi kerak bo‘lgan kabelni aniq topish imkonini bersa, naryad beruvchi xohishiga qarab kesishni yoki shikastlangan muftani ochishni kabelni teshmasdan bajarishga ruxsat etiladi.
    🠶 Oldindan teshmasdan turib bajariladigan kabel muftalarini ochish va kesish ishlarini dielektrik qo‘lqop va himoya ko‘zoynagi kiygan holda izolyasion rezinkali gilamcha yoki panjarada turib erga ulangan asbob bilan bajarish zarur.
    🠶Maxsus teshuvchi asbob bilan oldindan teshilgan kabeldagi operatsiyalar yuqorida sanab o‘tilgan qo‘shimcha xavfsizlik choralarisiz bajarilishi mumkin.

    1. Download 24.08 Kb.
    1   2   3   4




    Download 24.08 Kb.