MUHOKAMA VA NATIJALAR
Tekshirish ishlari tahlili. Binolar va konstruksiyalarning holatini tekshirish
usullari. Umumiy yoki dastlabki tekshirish. Sinchiklab tekshirish. Tekshiruv o‘tkazish va texnikaviy yechimlarni ma’qullash uchun asosiy tekshiruv guruhiga buyurtmachi korxona, undan so‘ng ayrim hollarda esa pudratchi va yordamchi tashkilotlarning ham vakillari jalb etilishi kerak.
Odatda tekshiruv bo‘yicha qilinadigan ishlar ikki bosqichda bajariladi:
- dastlabki yoki umumiy tekshiruv;
- sinchiklab tekshirish.
Bunda tekshiruvni o‘tkazish bir bosqichda amalga oshirilishi ham istisno
etilmaydi.
Sanoat jamg‘armalarini umumiy tekshiruvi, uning o‘zgartirish loyihasini
va har bir binoni loyihalash vazifasini (tanlov yoki majmuiy kapital remont, rekonstruksiyalash, omonat remont qilib keyin buzib tashlash) tuzish uchun bajaraladi. Tekshirishda binoning ma’naviy eskirishi, binoni buzishga bo‘lgan ehtiyoj, binoga ustqurma qurish imkoni yoki binoning ayrim elementlarini o‘zgarishsiz qoldirishning maqsadga muvofiqligi aniqlanadi. Tekshirish natijasida: arzimaydigan birqavatli, omonat binolar, keraksiz inshootlar olib tashlangandan so‘ng qolgan bo‘limlarda, oliy o‘quv yurtlarining ilm binolarning harbirini kapitallik guruhi, devor materiali, binoning qurilgan yili, turar-joy maydoni, fizikaviy eskirish protsenti, ma’naviy eskirganligi haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan vedomost tuzilishi lozim.
Dastlabki tekshirishni kapital remont yoki rekonstruksiya qilinishi ko‘zda
tutilgan binolar uchun o‘tkaziladi. Dastlabki tekshirishda binoning quyidagi tavsiflari aniqlanadi:
- umumiy, ya’ni avvalgi vazifasi, qavatlar soni, binodagi xonadonlar va
yashovchilar soni, turar-joy va noturar-joy maydoni, kubaturasi;
- me’moriy-rejaviy tavsiflar – mavjud xonalarning rejalashtirilganligini
tekshirish va oydinlashtirish, ularning zamonaviy talablarga mosligi;
- konstruksiya bo‘yicha – uyning qurilgan yili va qilingan qayta qurishlar,
qavatlar bo‘yicha yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar tizimi: ustunlar, o‘rta-devorlar, orayopmaning joylashuvi, ustqurma binolardagi konstruksiyabop sxemaning mos kelmaslik ehtimoli;
- obodonlashtirish va qurilmalarning – isitish tizimi, issiqlik manbai, suv
o‘tkazgichlar, kanalizatsiya, gaz, liftlar, ahlat o‘tkazgichlarning borligi va holati;
- ish olib borish sharoiti – tekshirilayotgan va uning yonidagi bino oldida
maydonchaning borligi, mavjud kommunikatsiyalardan foydalanish imkoniyati.
Dastlabki tekshiruv natijasida binoning inventarlash rejasi oydinlashtiriladi,
ko‘zda tutiladigan rekonstruksiya yoki remont haqida dastlabki xulosa qilinadi va
sinchiklab tekshirish uchun vazifa beriladi.
|
Binolarni
|
|
sinchiklab
|
tekshirish.
|
Ob’ektlarni
|
tashhislashda
|
asosiy
|
bosqichlardan biri sinchiklab tekshirish hisoblanadi. Uni bino va inshootlarni
rekonstruksiya qilishda konstruktiv yechimlar tanlash uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi qurilish konstruksiyalarining texnik holatini baholashda so‘nggi yuqori darajada aniqlikka ega ma’lumotlarni yig‘ish uchun o‘tkaziladi.
Qurilish konstruksiyalarini sinchiklab tekshirish natijasida quyidagilarni olish
tavsiya etiladi:
- oydinlashtirilgan texnik loyiha hujjatlarining ma’lumotlari;
- o‘lchov chizmalari. Unda qurilish konstruksiyalarining rejadagi va balandlik
|
bo‘yicha holati aks ettiriladi. Yuk ko‘taruvchi elementlarning kesimlari, cho‘kishi, siljishi, og‘ishi va loyiha yoki me’yoriy talablaridan chekinish hollari bo‘lsa ko‘rsatiladi.
Undan so‘ng materiallarning fizik-mexanik tavsiflarini asliy qiymatini topish
bo‘yicha kompleks ishlar bajarilishi kerak. Buning uchun sinovning buzilmas va
laboratoriya usullaridan ko‘proq foydalanish lozim. Konstruksiya, uzellar va birikmalardagi nuqson va shikastlar aniqlanadi, tashhis qilinadi.
Konstruksiya va asosga ta’sir etuvchi statik yuk va ta’sirlarning kattaligi
aniqlanadi, ekspluatatsiya qilinadigan muhit haqida ma’lumotlar to‘planadi, shu bilan birga dinamik yuklar (vibrotashxis haqidagi ma’lumotlar ham) bo‘lsa ular to‘g‘risida ham ma’lumotlar beriladi. Konstruksiya va inshootlar, ularning ayrim elementlarini tekshiruv hisobini bajarish uchun yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarning hisobiy sxemasi qabul qilinadi. Konstruksiyalarni sinchiklab tekshiruvini hammasini yoki bir qismini o‘tkazish tanlov orqali yoki yalpi tartibda o‘tkaziladi.
Binoni sinchiklab tekshirish old qismidan (fasad) boshlanadi, ichki rejasi,
poydevor va zaminlar, devorlar, ustunlar, orayopmalar santexnik qurilmalar tekshiriladi va binoni sinchiklab tekshirilganligi natijalari bo‘yicha texnik xulosa tuziladi.
Sanoat binolari konstruksiyalarini tekshirish va tahlil qilish natijalari.
Dastlab ustunlarni tekshirish turli-tuman asboblar bilan laboratoriya usullarida
o‘tkaziluvchi ko‘rik orqali amalga oshiriladi. Tekshirish jarayonida ustunlarning konstruksiyasini, kesimini, terma sifatini, mavjud deformatsiyalarni, vertikaldan og‘ishini, darzlarni ustun yo‘nalishini aniqlash bo‘yicha ishlar bajariladi.
Betonning himoya qatlamini qalinligi, quyilma detal va armaturalarning
joylashuvini POISK-2,5 yoki IMP, IZS-2, ISM kabi asboblar yordamida aniqlanadi.
Ustunning geometrik holati bo‘yicha ma’lumotlar odatdagi tekshiruvdan o‘tgan
o‘lchov asboblari bilan olinadi. Ustunning fazodagi holati esa o‘lchashning geodezik usullari orqali aniqlanadi.
Temirbeton ustunlarda bo‘ylama va ko‘ndalang darzlar, betonlashdagi nuqsonlar,
zang dog‘larining mavjudligi, ishchi va konstruktiv armaturalarning ochilib qolishi yoki surilib chiqishi, hamda turli mexanik shikastlanishlar belgilab qo‘yiladi.
Sanoat binolarida kran osti va to‘xtatish balkalarning mahkamlangan joylari
sinchiklab tekshirilishi lozim. Chunki bu joylarda charchoq darzlari paydo bo‘lish ehtimoli bor. Katta miqdorda issiqlik ajratiladigan tsexlarda va ustunlarning suyuq metall tegishi mumkin bo‘lgan joylarida metall ustunlarining qiyshayishi, deformatsiyalanishi va kuyishi mumkinligiga ahamiyat berish kerak.
Temirbeton ustun va tirgaklarda darz, qirralarida yoriqlar va boshqa shikastlar
borligini aniqlash uchun ustun konsollari sinchiklab tekshiriladi. Yulingan qo‘yilma detallari va kesilmas rigellarni mahkamlash uchun mo‘ljallangan armatura qo‘yilmalarining uzilgan joylari belgilab chiqiladi. Betonga olov ta’sir etganda beton qatlamining ko‘chishi, hamda betonning olmashinib muzlashi va erishida, namlanishi
qilinishi kerak bo‘lgan qismlarning holati devorga birikkan yerlarida oqmalari, yo muzlashlarning borligi, nuqsonlari (solqilik, zirillash, ustun suvog‘ining holati, devor va o‘rtadevor bilan birikuv joylarida darzlar) aniqlanadi. Orayopmaning konstruktiv sxemasini topish, temir-beton konstruksiyadagi armaturani va uning joylanishini aniqlash uchun ISM va ferroskop asboblari qo‘llaniladi. Orayopmaning solqiligini progibomer yoki nivelir bilan aniqlanadi. Bino orayopmalarini tekshirish ayniqsa katta diqqat-e’tiborni talab qiladi, chunki bino rekonstruksiyasini belgilash yoki rekonstruksiya tavsifini tasniflashda ular eng muhim elementlardan biri hisoblanadi.
Avval, yuqorida aytib o‘tilganidek, orayopmalar konstruksiyalari tarkibiy
qismlarining ko‘z bilan kuzatish mumkin bo‘lgan fazodagi geometrik o‘lchamlari va joylashish xususiyatlari hamda ulardagi nuqsonlar belgilab olinadi. Tekshirishlar shift va pol yuzalaridagi solqilarni aniqlashdan boshlanadi. So‘ng ular chegaraviy yo‘l qo‘yilgan me’yorlar bilan solishtiriladi. Bu me’yorlar quyidagicha:
qavatlararo orayopmalar........................................................1/250
chordoq orayopmalari..............................................................1/200
qavatlararo orayopmalarning bosh to‘sinlari.....................1/400
temir-beton orayopmalar.......................................................1/200
Agar solqilar me’yoriy chegaralardan oshib ketgan bo‘lsa, bu holda kapital
ta’mirlashni olib borishda solqilarni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar ko‘zda tutilishi kerak.
Orayopmalarni kuzatib ko‘rib chiqish paytida shiftlardagi darzlar va pollardagi
nuqsonlar aniqlanib, rejada belgilanadi. Orayopmalarni tashkil qilgan elementlardagi nuqsonlarning sabablari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: notekis cho‘kish, notekis yuklanish, materiallarning kirishishi va eskirishi, choklarning kirishishi. Bunda darzlarning xulq-atvori tekshiriladi hamda ularni bartaraf etish yoki zararsizlantirishga oid takliflar ifodalanadi. Keyin orayopma konstruksiyasining ichki tekshiruvi amalga oshiriladi. Jihozlar yordamida metall to‘sinlar, armatura va mahkamlash detallarining mavjudligi, joylashuvi va kesimi aniqlanadi.
Barcha orayopma elementlari ishlangan materiallarning holati va mustahkamligi
bu elementlarni ochish yo‘li bilan tekshiriladi. Orayopmalardagi ochishlar soni ularning turi va maydoniga bog‘liq. Metall to‘sinlar bo‘ylab yopilgan orayopmalar bu borada ikkinchi o‘rinda, yig‘ma temir-beton konstruksiyalar uchinchi va, nihoyat, yaxlit temir-beton konstruksiyalar to‘rtinchi o‘rinda turadi.
Orayopma ochilganidan keyin, uning barcha qatlamlari tekshiriladi, namunalar
olinadi hamda ularning laboratoriya tahlili o‘tkaziladi.
|