Inspeksiya boshlig‘i B. Gulyamov toshkent sh




Download 27.06 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi27.06 Kb.
#74645
Bog'liq
2732 24.11.2015




[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang)]

[TSZ:

1.Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi Boshlig‘ining
buyrug‘i
Yuk ko‘tarish mashinalarini xavfsiz ishlatishni nazorat qiluvchi muhandis-texnik xodimlar uchun namunaviy yo‘riqnomani tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 24-noyabrda 2732-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tuzilmasini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Yuk ko‘tarish mashinalarini xavfsiz ishlatishni nazorat qiluvchi muhandis-texnik xodimlar uchun namunaviy yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgandan so‘ng kuchga kiradi.
Inspeksiya boshlig‘i B. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 9-noyabr,
126-son
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2015-yil 9-noyabrdagi 126-son buyrug‘iga
ILOVA
Yuk ko‘tarish mashinalarini xavfsiz ishlatishni nazorat qiluvchi muhandis-texnik xodimlar uchun
NAMUNAVIY YO‘RIQNOMA
Mazkur Namunaviy yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tuzilmasini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, yuk ko‘tarish mashinalarini xavfsiz ishlatishni nazorat qiluvchi muhandis-texnik xodimlarning ish faoliyatini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar, ularning vazifalari, huquq va javobgarligini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Namunaviy yo‘riqnoma yuk ko‘tarish mashinalarini xavfsiz ishlatishni nazorat qiluvchi muhandis-texnik xodimlarga (bundan buyon matnda nazorat qiluvchi xodim deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Yuk ko‘tarish mashinalariga ega bo‘lgan tashkilotlar (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) ushbu Namunaviy yo‘riqnoma asosida nazorat qiluvchi xodimlarning soni, tarkibi, shuningdek yuk ko‘tarish mashinalarini ishlatishga oid mahalliy sharoitlarni inobatga olgan holda nazorat qiluvchi xodimlar uchun lavozim yo‘riqnomalarini ishlab chiqishlari va tasdiqlashlari zarur.
3. Mazkur Namunaviy yo‘riqnomada yuk ko‘tarish mashinalari deganda minora kranlar, portal kranlar, ko‘priksimon kranlar, xarrak kranlar, strelali kranlar (avtomobil, temir yo‘l, zanjirli, pnevmo-g‘ildirakli, kran-manipulyatorlar, quvuryotqizgichlar), portal kranlar, kabelli kranlar va ishlash jarayonida ko‘chmas asosga o‘rnatiladigan boshqa kranlar, elektr tallar, eskalatorlar, funikulyorlar tushuniladi.
2-bob. Nazorat qiluvchi xodimlarga qo‘yiladigan talablar va ularning ish faoliyatini tashkil etish
4. Nazorat qiluvchi xodimlarning bilimlarini sinash Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi.
5. Nazorat qiluvchi xodimlar Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq sinovdan o‘tgan shaxslar tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan tayinlanadi.
6. Nazorat qiluvchi xodimlarning soni va tarkibi tashkilotda mavjud bo‘lgan yuk ko‘tarish mashinalarining soni va ularni ishlatish sharoitini hisobga olgan holda tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
7. Nazorat qiluvchi xodim tashkilotning bosh muhandisiga, agar tashkilotda bunday lavozim mavjud bo‘lmasa, to‘g‘ridan to‘g‘ri tashkilot rahbariga bo‘ysunadi.
8. Nazorat qiluvchi xodim bosh muhandis (tashkilot rahbari) tomonidan tasdiqlanadigan ish reja asosida ish yuritadi va ish rejada belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan har oyda kamida bir marta bosh muhandisga (tashkilot rahbari) hisobot berib boradi.
9. Nazorat qiluvchi xodimlar quyidagilarni bilishlari zarur:
Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (ro‘yxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) talablarini;
Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) talablarini;
nazorat qiluvchi xodimning lavozim yo‘riqnomasida belgilangan vazifa va majburiyatlarini;
yuk ko‘tarish mashinasidan foydalanishga oid texnik yo‘riqnoma (texnik pasport) talablarini.
10. Nazorat qiluvchi xodim mehnat ta’tilida, xizmat safarida bo‘lgan vaqtda yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra ishda bo‘lmagan hollarda, uning vazifalarini vaqtincha bajarish tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan zarur malakaga ega bo‘lgan boshqa muhandis-texnik xodimga yuklatilishi mumkin.
3-bob. Nazorat qiluvchi xodimlarning vazifalari, huquq va javobgarligi
1-§. Nazorat qiluvchi xodimlarning vazifalari
11. Quyidagilar nazorat qiluvchi xodimlarning vazifalari hisoblanadi:
yuk ko‘tarish mashinalari, ularning yuk ilgaklari, yukning joyini o‘zgartirishga mo‘ljallangan maxsus idishlar va yuk ko‘tarish mashinasi yurishi uchun mo‘ljallangan yo‘llarning texnik holatini ko‘zdan kechirish;
yuk ko‘tarish mashinalari, ularning yuk ilgaklari, yukning joyini o‘zgartirishga mo‘ljallangan maxsus idishlar va yuk ko‘tarish mashinasi yurishi uchun mo‘ljallangan yo‘llarni ta’mirlash, ularga texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini va davriy ko‘rikdan o‘tkazishni nazorat qilish;
yuk ko‘tarish mashinasi mashinisti (bundan buyon matnda mashinist deb yuritiladi) tomonidan yuk ko‘tarish mashinalarining to‘g‘ri o‘rnatilganligini nazorat qilish;
mashinist tomonidan ish vaqtida lavozim yo‘riqnomasida belgilangan talablarga rioya etilishini nazorat qilish;
ishlarni bajarish vaqtida mashinist va yuk iluvchilar tomonidan texnik talablarga rioya etilayotganligini nazorat qilish;
elektr tarmoqlariga yaqin bo‘lgan joylarda ishlash vaqtida mashinist tomonidan xavfsizlik choralari ko‘rilganligini nazorat qilish;
yuk ko‘tarish mashinalaridan foydalanish hamda ishlarni bajarish vaqtida xato, kamchiliklar va avariya holatlari sodir etilishining oldini olish maqsadida barcha mashinist va yuk iluvchilarga tegishli uslubiy ko‘rsatmalar berish.
12. Quyidagi hollarda yuk ko‘tarish mashinalaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi:
ishchi loyiha, texnologik karta va naryad-ruxsatnoma mavjud bo‘lmagan hollarda;
ishlayotgan mashinist va (yoki) yuk iluvchilar belgilangan sinovdan o‘tmagan bo‘lsa;
ishlayotgan yuk ko‘tarish mashinasini ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan berilgan yuk ko‘tarish mashinasidan foydalanishga oid texnik pasportda foydalanish muddati o‘tgan, texnik shahodatlashdan o‘tmagan yoki texnik shahodatlash muddati tugagan bo‘lsa;
ishlayotgan yuk ko‘tarish mashinasining konstruksiyalarida yoriqlar (darz) paydo bo‘lgan bo‘lsa, yuk ko‘tarish mashinasining konstruksiyasi shakli o‘zgargan bo‘lsa, qismlarning ulangan joylaridagi mahkamlagichlar bo‘shalib qolgan bo‘lsa, shuningdek boshqaruv va tormoz tizimlarida, yuk ko‘tarish mashinasi yurishi uchun mo‘ljallangan yo‘llarda va yerga tutashtirish moslamalarida nosozliklar aniqlanganda, yuk ilgaklari, po‘lat arqonlar va zanjirlarda yemirilishlar sezilganda;
ko‘tarilishi lozim bo‘lgan yukning og‘irligi yuk ko‘tarish mashinasi, yuk ilgagi va po‘lat arqonning yuk ko‘tarish qobiliyatiga muvofiq bo‘lmagan xollarda.
2-§. Nazorat qiluvchi xodimning huquq va javobgarligi
13. Nazorat qiluvchi xodim muhandis-texnik xodimlar va yuk ko‘tarish mashinalarining holatiga javobgar shaxslardan yuk ko‘tarish mashinasiga tegishli hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun so‘rab olish huquqiga ega.
14. Nazorat qiluvchi xodim o‘ziga yuklatilgan vazifalar bajarilishi yuzasidan javobgar hisoblanadi. Bunda nazorat qiluvchi xodim yuk ko‘tarish mashinalarining ishga yaroqliligini aniqlashi va aniqlangan holatlar bo‘yicha tashkilot rahbarini darhol xabardor qilishi lozim.
4-bob. Yakuniy qoida
15. Mazkur Namunaviy yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “O‘zmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan kelishilgan.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. ABDUHAKIMOV
2015-yil 2-noyabr
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2015-yil 3-noyabr
“O‘zmaxsusmontajqurilish” AK boshqaruvi raisi A. ShODIYEV
2015-yil 4-noyabr
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T NARBAYEVA
2015-yil 5-noyabr
“O‘zbekneftgaz” MXK boshqaruvi raisi A. SULTANOV
2015-yil 5-noyabr


(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 47-son, 601-modda)

Download 27.06 Kb.




Download 27.06 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Inspeksiya boshlig‘i B. Gulyamov toshkent sh

Download 27.06 Kb.