|
Intellektual oʻqitish tizimlari Reja Namoyish qiluvchi dasturlar Power Point dasturiy vositasi
|
bet | 3/3 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 24,34 Kb. | | #158791 |
Bog'liq 5-Amaliy mashg\'ulot Pedagogik dasturiy vositalarO’qitishning intellektual tizimi sun’iy intellekt metodlari va vositalarining avtomatlashtirilgan o’qitish sohasida qo’llanishining amaliy natijasi bo’lib, ta’lim tizimlarining yangi avlodi hisoblanadi. Ta’lim jarayonida talabaning bilim ko’nikma va malakalarini shakllantirishning yuqori ko’rsatkichlariga erishish uchun, ixtisoslik fanlari o’qituvchisi uch asosiy tipdagi bilimlardan foydalanadi: o’qitilayotgan ixtisoslik fani bo’yicha bilimlar, o’qitish metodlari to’g’risidagi bilimlar va ta’lim oluvchi haqidagi bilimlar. O’qitishning an’anaviy avtomatlashtirilgan tizimlarida bu bilimlarning ko’pgina qismlari tanlangan o’qitish metodikasiga mos ravishda o’quv fanining alohida bo’limlariga qat’iy ravishda kiritilgan. O’qitishning intellektual tizimida zarur bo’lgan bilimlar ajratib olinadi va sun’iy intellektning turli metodlari va texnologiyalaridan foydalangan holda ko’rsatiladi. O’qitishning intellektual tizimida o’quv materialini taqdim etishda, bu bilimlardan foydalanib va talabaning psixofiziologik va intellektual imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, eng samarali o’qitish metodlari, usullari va sur’atlarini, fanning mazmuni, hajmi va topshiriqlarning murakkablik darajasini aniqlash va tartibga solish mumkin bo’ladi.
Ixtisoslik fanlarini o’qitishning intellektual tizimi bilimlar bazasi, boshqarish tizimchasi, o’qitish tizimchasi va muloqot tizimchasidan iborat. Ixtisoslik fanlarini o’qitishning intellektual tizimining asosi bo’lib bilimlar bazasi hisoblanadi. Har bir ixtisoslik fani bo’yicha bilimlar bazasi o’z navbatida, o’zaro bog’langan bir necha ma’lumotlar bazasidan iborat bo’ladi va har biri o’qitilayotgan fanning ma’lum bir qismlarini tashkil etadi: “Atamalar va asosiy tushunchalar”, “Nazariya”, “Amaliy-laboratoriya ishlari”, “Mustaqil ishlar”.O’qitish metodlari haqidagi bilimlar “Topshiriqlar” ma’lumotlar bazasida yig’ilib boradi, bu bazada o’quv fanining barcha bo’limlari bo’yicha didaktik materiallar tasniflangan va tartibli tarzda, o’qitish metodlariga mos ravishda namoyon bo’ladi. Ta’lim oluvchi haqidagi bilimlar “O’qitish natijalari” ma’lumotlar bazasida yig’iladi. Bunda har bir talabaning individual kartasi tuzilib, unda o’qitilayotgan fan bo’yicha talaba ega bo’lgan bilimlar darajasi va sifati haqida, uning psixofiziologik rivojlanish xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.
Topshiriqlar:
Namoyish qiluvchi dasturlar
Power Point dasturiy vositasida darslik yaratish
|
| |