• Interfaol grafik organayzerlar
  • Interfaol metod




    Download 340.29 Kb.
    bet3/5
    Sana07.04.2023
    Hajmi340.29 Kb.
    #49374
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Interfaol metodlar
    МИНИСТЕРСТВО ВЫСШЕГО И СРЕДНЕГО СПЕЦИАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН, tarix1, 5-amaliy, Avtomobil yo`llaridagi sun`iy inshootlar (1), sancho-pdf, 2 5334620793500339816
    Interfaol metodlar: “Keys-stadi” (yoki “O‘quv keyslari”), “Blist-so‘rov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Muammoli ta’lim” va b.
    Interfaol ta’lim strategiyalari: “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, “Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotastiya”, “Yumaloqlangan qor” va h.k. Interfaol ta’lim metodlari tarkibidan interfaol ta’lim strategiyalarini ajratishda guruh ishini tashkil qilishga yondashuv ma’lum ma’noda strategik yondashuvga qiyoslanishiga asoslaniladi. Aslida bu strategiyalar ham ko‘proq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo‘lib, ularning orasida boshqa farqlar yo‘q.
    Interfaol grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Konsteptual jadval”, “Venn diagrammasi”, “T-jadval”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va b. Interfaol grafik organayzerlarni ajratishda bunday mashg‘ulotlarda asosiy fikrlar turli grafik shakllarda yozma ko‘rinishda ifodalanishiga asoslaniladi. Aslida bu grafik organayzerlar bilan ishlash ham ko‘proq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo‘lib, ularning orasida boshqa farqlar yo‘q.
    Ayrim interfaol ta’lim metodlarining turli shakllardagi o‘quv mashg‘ulotlari texnologiyalari bilan qo‘llash yaxshi samaradorlikni keltirib chiqaradi. Quyidagi jadvalda (1-jadval) o‘quv mashg‘ulotlari texnologiyalariga mos interfaol metodlar ko‘rsatib o‘tilgan.3

    N

    O‘quv mashg‘ulotlari texnologiyasi

    Interfaol metodlar va ta’lim strategiyalari

    Grafik organayzerlar

    1

    Ma’ruza mashg‘ulotlari ta’lim texnologiyasi.

    Erkin yozish. Asoslangan esse va b.

    Klaster.
    B-B-B chizmasi T-chizma va b.

    2

    Seminar mashg‘ulotlari ta’lim texnologiyasi.

    Aqliy hujum. FSMU
    Blist-so‘rov. Blist-o‘yin va b.

    Venn diagrammasi. Konsteptual jadval va b.

    3

    Amaliy mashg‘ulotlar ta’lim texnologiyasi.

    O‘qitish bo‘yicha qo‘llanma.
    Yozma va ogzaki davra suhbati va b.

    Insert jadvali.
    “Nima uchun” chizmasi. “Qanday?” diagrammasi va b.

    4

    Mustaqil ta’lim texnologiyasi.

    Tushunchalarni aniqlash va b.

    Baliq skeleti va b.

    5

    Keys-stadi ta’lim texnologiyasi.

    Tushunchalar asosida matn tuzish va b.

    Toifalash jadvali va b.

    6

    Loyihali ta’lim texnologiyasi.

    Chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi va b.

    Nilufar guli va b.

    1-jadval. Interfaol metodlarning darslarda qo‘llanishi
    Eng jiddiy didaktik muammolardan biri ta’lim metodlarini tanlash nimalarga bog‘liq, degan masaladir. Didaktikaga oid adabiyotlarda ta’lim metodlarini to‘g‘ri tanlash va ularni qo‘llash samaradorligining turli omillar bilan bog‘liqliklari quyidagicha qayd qilinadi:

    • o‘quv mashg‘ulotlarining didaktik maqsadlari va vazifalariga bog‘liq;

    • bayon qilinadshan materialning harakteriga bog‘liq;

    • ta’lim oluvchilarning bilimi va rivojlanish darajasiga bog‘liq;

    • o‘quv jarayonida o‘rganilayotgan fan asoslarining muayyan (hozirgi) davrdagi metodlariga bog‘liq;

    • oliy o‘quv yurti yoki kafedraning sharoitlariga bog‘liq;

    • o‘quv jarayonining moddiy-texnik ta’minoti bilan bog‘liq;

    • o‘qituvchining pedagogik mahorati, uning tayyorgarligi va o‘quv jarayonini tashkil etish darajasi hamda o‘qituvchining hozirgi zamon metodlari bo‘yicha bilimlariga bog‘liq.

    Shunday qilib, oliy ta’lim muassasalarida fanlarni o‘qitish zamonaviy shakl va metodlariga muvofiq tashkil etiladigan ko‘p qirrali yaxlit tizim doirasida amalga oshiriladi. Bunda har bir shakl o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni bajaradi, lekin shakl va metodlar to‘plami yagona didaktik majmuani hosil qiladi. Bu didaktik majmuaning amalga oshirilishi esa, o‘quv jarayonining psixologik-pedagogik qonuniyatlari bilan belgilanadi.

    Download 340.29 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 340.29 Kb.