• Axborotlarni taqdim etish shakllari: uzluksiz va diskret axborotlar.
  • International school finance of technology




    Download 1,3 Mb.
    bet2/5
    Sana25.05.2024
    Hajmi1,3 Mb.
    #253800
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Ro\'ziboyeva Dinara

    Agar, ma'lumot ob’yеktlar bo’yicha aniqlikni ifodalasa, unda u axborotga aylanadi.Dеmak foydalanilgan ma'lumotlarni axborot dеb tasdiqlash mumkun. Axborot bilan ishlaganda uning manbasi va foydalanuvchisi borligini esda to’tish lozim. Ma'lumotlarni axborot manbasidan foydalanuvchiga uzatilishini taminlovchi yo’llar va jarayonlar axborot kommunikatsiyalari dеb yuritiladi.

    Axborotlarni taqdim etish shakllari: uzluksiz va diskret axborotlar.

    Inson borliqning bir qismi bo’lgani uchun doimo borliqning ta’sirini sezib turadi. Bu ta’sirni turli signallar (tovush, yorug’lik, elektromagnit, nerv va hokazo) ko’rinishida qabul qilamiz. Insonga uzluksiz ta’sir etib turuvchi axborotlarni analog axborotlar deb ataladi.

    Inson analog axborotlarni qayta ishlashi uchun uning biror qismini ajratib oladi va tahlil qiladi. Tahlil qilish jarayonida axborotni qayta ishlash uchun qulay bo'lgan ko'rinishga o'tkazadi.Bunda inson turli belgilardan foydalanadi.Masalan, sizga ma’lum bo'lgan alifbo harflari insonga tushunarli bo’lgan tovushlarni, nota belgilari esa musiqiy tovushlarni ifodalaydi.Bu belgilar yordamida insonga eshitilayotgan nutq yoki musiqani qog'ozga tushirish oson kechadi.Demak, inson axborotlarni qayta ishlash uchun uni uzlukli ko'rinishga o'tkazar ekan.Axborotlarning bu kabi uzlukli ko'rinishi diskret axborotlar deb ataladi.

    Inson tomonidan ishlab chiqarilgan qurilmalar ichida analog axborotlar bilan ishlaydiganlari ham, diskret axborotlar bilan ishlaydiganlari ham mavjud. Diskret axborotlardan eng ko‘p tarqalgani raqamli axborotlardir, ya’ni uzluksiz axborotning raqamlar orqali ifodalangan ko‘rinishidir. Analog signallar bilan ishlaydigan qurilmalar analog qurilmalar, raqamli axborotlar bilan ishlaydigan qurilmalar raqamli qurilmalar deb ataladi.Analog qurilmalarga televizor, telefon, radio, fotoapparat, videokamerani, raqamli qurilmalarga — shaxsiy kompyuter, raqamli telefon, raqamli fotoapparat, raqamli videokamerani misol qilish mumkin.Ob-havo holati yoki vaqt uzluksiz axborotga misol bo’ladi.


    Download 1,3 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 1,3 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    International school finance of technology

    Download 1,3 Mb.