va muayyan manfaatlarga mos harbiy yoki siyosiy vositalarni qo‘llash  natijasi bo‘lgan “majburiy globallashuv”




Download 411 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana29.05.2024
Hajmi411 Kb.
#256826
1   2   3
Bog'liq
globallashuv-davrida-barqaror-taraqqiyotni-ta-minlashda-bag-rikenglikning-o-rni

 
va muayyan manfaatlarga mos harbiy yoki siyosiy vositalarni qo‘llash 
natijasi bo‘lgan “majburiy globallashuv”,
 
uning mazmun- mohiyatini konkretlashtirgan va 
oqibatlari xarakterini belgilab bergan”. 
Globallashuv obyektiv jarayon hisoblanadi, u bizning xohish va irodamizga bog‘liq 
bo‘lmagan holda kechadi. Ayni paytda, u inson tafakkuri taraqqiyotining mahsulotlari sifatida 
yaratilgan ilm, fan, texnika va texnologiyalar vositasida jahon taraqqiyotini tezlashtirmoqda. Islom 
Karimov ta’kidlaganlaridek, “… ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi, turli qadriyatlarning 
umuminsoniy negizida uyg‘unlashuvi, sivilizasiyalararo muloqotning yangicha sifat kasb etishi, 


 
International scientific and practical conference
“Methodology of teaching foreign languages – innovations, traditions, problems and their 
solutions” March 15, 2024 
725
ekologik ofatlar paytida o‘zaro yordam ko‘rsatish imkoniyatlarining ortishi - tabiiyki, bularning 
barchasiga globallashuv tufayli erishilmoqda”. Lekin bunday global jarayondan o‘z maqsadlari 
yo‘lida taraqqiy qilgan mamlakatlar ustuvorlikka erishish uchun foydalanmoqdalar. Bu esa, o‘z 
mustaqilligini qo‘lga kiritgan yoki kam taraqqiy qilgan mamlakatlarning ularga nafaqat iqtisodiy, 
balki ma’naviy jihatdan ham qaram bo‘lib qolish xavfini yuzaga keltirmoqda. Shu ma’noda, 
globallashuv yuzaga keltirayotgan salbiy oqibatlarning oldini olishga qaratilgan nazariy 
xulosalarni ishlab chiqishga zaruriyat kuchaymoqda. 
Turli dunyoqarashlar, madaniy urf-odatlar vakillarining ziddiyatsiz va uyg‘un hayot 
kechirish usullari va vositalarini izlash hamda qo‘llash mavzusi har doim faylasuflar, 
madaniyatshunoslar, sosiologlar, dinshunoslar, psixologlar, siyosiy, jamoat va din arboblarining 
e’tiborini tortib kelgan. Bag‘rikenglik ana shunday dolzarb masala hisoblanadi. 
Bag‘rikenglik insonparvarlik qadriyatlari, fanatizm va shovinizmning turli shakllari 
o‘rtasidagi qarama-qarshilik sifatida Yevropa falsafasi tarixida mavjud bo‘lgan. Jumladan
D.Lokk tolerantlikni talqin qilishda liberal yondashuvni ta’kidlagan. Uning “Bag‘rikenglik 
to‘g‘risida” risolasini, shuningdek, I.Kantning “Abadiy tinchlikka” asarini, L.N.Tolstoyning 
“Vatanparvarlik yoki tinchlik” asarini alohida qayd etish mumkin. 
Bugungi kunda globallashuv natijasida ma’naviy tahdidlar ko‘lami va ta’sir etish doiralari 
kengayib bormoqda. Oqibatda, jamiyat qadriyatlari va tartibotlari barbod bo‘lishida globallashuv 
yetakchi omilga aylanib bormoqda. Bir qarashda, globallashuv jarayonida demokratiya, 
universallashuv kabi bag‘rikenglik tamoyillari ustuvorlik kasb etsada, boshqa bir tomondan, bu 
tamoyillarga tamoman teskari bo‘lgan, fanatizm, shovinizm va millatchilik illatlari ham 
tarqalmoqda. Bunday illatlarni tarqatuvchi manipulyator targ‘ibotchilar globallashuv ne’matlari 
(internet, ijtimoiy tarmoqlar)dan samarali foydalanib o‘z g‘oyalarini yoymoqdalar. 
Shu nuqtai nazardanyoshlarimizning ma’naviy ehtiyojlarini ajdodlarimizdan qoldirilgan 
ma’naviy meroslari bilan boyitib borish, milliy ma’naviyatimizni tashqaridan bo‘layotgan yot va 
zararli tahdidlardan himoyalash hamda boy ma’naviy merosimizni ular dunyoqarashining ajralmas 
qismiga aylantirish milliy taraqqiyotimiz yo‘lidagi dolzarb vazifalardan biridir. 
Bugun dunyo ko‘plab xavf-xatarlarga duch kelmoqda - an’anaviy va yangi, shu bilan birga, 
siyosiy radikalizm xafidir. “Tinchlik, tolerantliksiz taraqqiyot va demokratiya esa tinchliksiz 
rivojlanishi mumkin emas”. 
Bugungi kunda tolerantlik va intolerantlik siyosat bilan bevosita bog‘liq. Intolerantlik 
tinchlik, xavfsizlikka tahdid sifatida ko‘rilmoqda. Shu sababli, inson huquqlari faollari tolerantlik 
tushunchasini birinchi navbatda irqchilik va irqiy kamsitishlarni engib o‘tish deb targ‘ib qiladilar 
va tolerantlikka bunday yondashuv murosasizlikning boshqa shakllarini e’tiborsiz qoldirishni 
anglatmaydi, deb hisoblaydilar. Ularning fikriga ko‘ra, zamonaviy dunyoda intolerantlikning eng 
ko‘p tarqalgan turlari bu - irqiy, rang, ijtimoiy kelib chiqishi, milliy yoki etnik kelib chiqishi 
belgilariga qarab kamsitilgan. 
Bu, tolerantlikni targ‘ib qilishning eng samarali mexanizmi boshqa madaniyatlarni 
o‘rganish hisoblanadi. Aksariyat xalqaro ta’lim dasturlari shu masalaga qaratilgan. Bugungi 
kunda, ta’limning an’anaviy asoslarini o‘ylab, shaxsni ijtimoiylashtirish uchun sharoit yaratish 
sohasida davlat siyosati aniqlandi. Ta’lim sohasidagi siyosat va ta’lim dasturlari o‘zaro tushunishni 
yaxshilashga ham shaxslar, ham etnik, diniy, ijtimoiy, madaniy va til guruhlari, shuningdek 
millatlar o‘rtasidagi munosabatlarda o‘zaro hamjihatlik va tolerantlikni mustahkamlashga hissa 
qo‘shishi kerak. Bu shuni anglatadiki, erkinlik, inson qadr-qimmatini hurmat qila oladigan boshqa 



Download 411 Kb.
1   2   3




Download 411 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



va muayyan manfaatlarga mos harbiy yoki siyosiy vositalarni qo‘llash  natijasi bo‘lgan “majburiy globallashuv”

Download 411 Kb.
Pdf ko'rish