International scientific and practical conference “Methodology of teaching foreign languages – innovations, traditions, problems and their solutions” March 15, 2024




Download 411 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana29.05.2024
Hajmi411 Kb.
#256826
  1   2   3
Bog'liq
globallashuv-davrida-barqaror-taraqqiyotni-ta-minlashda-bag-rikenglikning-o-rni



 
International scientific and practical conference
“Methodology of teaching foreign languages – innovations, traditions, problems and their 
solutions” March 15, 2024 
724
GLOBALLASHUV DAVRIDA BARQAROR TARAQQIYOTNI TA’MINLASHDA 
BAG‘RIKENGLIKNING O‘RNI 
Xoliqov Yunus Ortiqovich 
Samarqand davlat chet tillar institute Gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasi 
dotsenti, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 
xoliqov-yu@mail.ru
, Tel: (+998 93) 997-64-42
 
https://doi.org/10.5281/zenodo.10820683
 
Insoniyatning ijtimoiy taraqqiyot jarayonida yoshlar tarbiyasiga doimo e’tibor qaratib 
kelingan. Bunda xalqning asarlar davomida shakllangan bag‘rikenglik madaniyati va milliy merosi 
o‘ziga xos mafkuraviy qarashlar asosida xilma-xillik kasb etib kelgan. Mana shunday jarayonlar 
kishilik jamiyati rivojida globallashuv uchun xizmat qilib kelgan. Bu borada Forobiy o‘zining 
fikrlarini bayon etar ekan, “Inson barcha zarur narsalarni bir o‘zi hosil qila olmaydi, bularni topish 
uchun u turli kasbdagi odamlarning xizmatiga ehtiyoj sezadi. Boshqa insonlar ham shunday 
holatda bo‘ladilar. Insonlar o‘z ehtiyojlarini qondirish va kamol topish uchun jamoaga va 
jamiyatga birlashuvlari zarur bo‘ladi”, deydi. Demak, mana shunday falsafiy dunyoqarash 
negizida birlashish globallashuv uchun keng imkoniyatlar yaratib, yoshlarning bag‘rikenglik 
madaniyati rivojiga xizmat qiladigan milliy tafakkur va ma’naviy-mafkuraviy mexanizmlar 
shakllanishiga olib keladi. 
Jahonda turli millat vakillarining bir mamlakatda tinch-totuv yashashlari, umuminsoniy 
bag‘rikenglik tamoyillarini rivojlantirishga intilishlari yangi asrga xos xususiyatdir. Biroq, 
madaniyatning notekis rivojlanish qonuniyatiga ko‘ra ayrim jamiyatlarda madaniyat omili 
yetarlicha namoyon bo‘lmayotganligi tufayli ularda mavjud siyosiy hokimiyatga qarshi turli 
destruktiv harakatlar vujudga kelib, bu boshqa xalqlar va davlatlarning barqarorligi hamda 
taraqqiyotiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Mazkur holat yoshlar madaniyatining real va 
potensial imkoniyatlaridan samarali foydalanishga, ularning bag‘rikenglik madaniyatini 
rivojlantirish bilan bog‘liq ehtiyojlarni vujudga keltirmoqda.
 
Bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirishda axloqiy qadriyatlar uyg‘unligi, uning global 
xususiyatlarini tadqiq etish bo‘yicha ilmiy-nazariy izlanishlar olib borilmoqda. Xususan, 
insonning ma’naviy kamoloti va bag‘rikenglikning uyg‘un jihatlari, bag‘rikenglik madaniyatining 
shakllanish tendensiyalari, bag‘rikenglikning umuminsoniy qadriyat sifatida yoshlar faoliyatida 
namoyon bo‘lishiga oid tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan aholi, 
ayniqsa yoshlarni tarbiyalashning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, yoshlarning 
bag‘rikenglik madaniyatining mezonlari, me’yorlari va tamoyillarini aniqlash, bu muammoga 
axloqiy tamoyillar bilan tizimli yondashuv asosida ilmiy va amaliy jihatdan tadqiq etish obyektiv 
zaruriyat bo‘lib qolmoqda. “Bunda umuminsoniyatning obyektiv ehtiyojlaridan kelib chiqib
jamiyat ijtimoiy manfaatlari umumiyligiga, demokratik va gumanistik tamoyillariga asoslangan 
“erkin globallashuv”

Download 411 Kb.
  1   2   3




Download 411 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



International scientific and practical conference “Methodology of teaching foreign languages – innovations, traditions, problems and their solutions” March 15, 2024

Download 411 Kb.
Pdf ko'rish