INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE
ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
564
UZUMNI QURITISHGA MOS NAVLARINI QURITISH USULLARI
M.A.Mirzayeva
Farg‘ona davlat universiteti, Aholi tomorqalaridan samarali foydalanisjh va dorivor o‘imliklar
kafedrasi, dotsent, q.x.f.n
https://doi.org/10.5281/zenodo.8002634
Annotatsiya.Uzumni quritish uchun mahsulot sifati yuqori bo‘lgan xom ashyoni keskin
ko‘paytirish muhim hisoblanadi. Bu ishni muvaffaqiyatli ado etish uchun har bir fermer
xo‘jaligidagi tokzorlarda kompleks agrotexnika tadbirlarini eng qulay muddatda, to‘liq va
yuqori sifatli qilib o‘tkazish zarur.
Kalit so‘zlar: Xom ashyo, quritish usullari, agrotexnik tadbirlar, sifatli mahsulot, uzum
navlari, tayyor mahsulot, qator orasi, quritish jarayoni, ishqor eritmasi, mayiz.
O‘zbekistonning iqlim sharoiti uzum quritish uchun qulay xisoblanadi.
Yozning
davomiyligi, nisbiy namlikning past bo‘lishi, a’lo sifatli mayiz va xo‘raki uzum navlarining
yetishtirilishi, xalqning an’anaviy tajribalari, fan yutuqlari, quyoshli ochiq havoda va soyada
meva quritish
usullaridan keng foydalanishga, yuqori sifatli mahsulot olishga imkon beradi.
Quritish uchun mahsulot sifati yuqori bo‘lgan xom ashyoni keskin ko‘paytirish muhim
hisoblanadi. Bu ishni muvaffaqiyatli ado etish uchun har bir fermer xo‘jaligidagi tokzorlarda
kompleks agrotexnika tadbirlarini eng qulay muddatda, to‘liq va yuqori sifatli qilib o‘tkazish
zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi “O‘zbekiston
Respublikasida meva - sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida“ gi PF-5388-sonli Farmoniga ko‘ra meva-sabzavot va uzumchilikni rivojantirishga
katta e’tibor berilmoqda. Shu bilan birga quritilgan mevalarga ya’ni
uzum mahsulotlariga
bo‘lgan talab kuchayib bormoqda. Shunga ko‘ra bitiruv malakaviy ishida quritishga
mo‘ljallangan uzum navlaridan sifatli mayiz olishga e’tibor berildi.
Quritilgan mahsulot miqdorini ko‘paytirish va uning sifatini yaxshilash uchun, hosilni
terib olishga ikki hafta qolganda tok barglari olib tashlanadi,
novdalari chekanka qilinib,
sug‘orish to‘xtatiladi. Chunki meva tarkibida ortiqcha namlikning saqlanishi, quritish vaqtini bir
muncha kechiktirishi barchamizga ma’lumdir.
Kishmish nav uzum tarkibida qand moddasi 23-25 % ni, mayizbop uzum tarkibida esa
22-23 % ni tashkil qilingan paytda quritiladi.
Quritish uchun eng yaxshi navlar
Urug‘siz - Oq kishmish, Qora kishmish, Xishrov kishmishi, Sogdiana kishmishi,
Botir
kishmishi, Zarafshon kishmishi va boshqalar kiradi.
Mayiz uchun - Kattaqo‘rg‘on, Shtur angur, Rizamat, Qora janjal, Qora kaltak, Sultoni,
Nimrang, Aleksandriya muskati navlari tanlanadi.
Bu usulning o‘ziga xos xususiyati shundaki, bunda mevaga
avval kaustik sodaning
qaynayotgan suvdagi aralashmasida ishlov beriladi (blanshirlash), so‘ngra uzum navlariga
ajratilgandan keyin savatlarga 2-3 kg dan solinadi va kaustik soda aralashtirilib qaynayotgan
qozonga tushiriladi. Suvga aralashtiriladigan kaustik soda 0,3 - 0,4 % ni tashkil qiladi. Ishlov
berish (uzum solingan savatni qozonda tutib turish) vaqti 3-6 sekund davom etadi. Bunda uzum
donasining yupqa po‘stida ingichka yoriqlar paydo bo‘ladi va dona po‘sti ustidagi mumsimon