INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE




Download 481,15 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana02.02.2024
Hajmi481,15 Kb.
#150618
1   2   3   4
Bog'liq
uzumni-quritishga-mos-navlarini-quritish-usullari

 
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE 
ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND 
SOLUTIONS 
JUNE 6-7, 2023 
565
g‘ubor yo‘qoladi. Bu uzum donasidagi namning tez bug‘lanishini ta’minlaydi va quritish 
jarayonini tezlashtiradi. Quritilgan mahsulot chiqishi ortadi. 
Qozondan olingan uzumli savatlar, eritma oqib tushishi uchun panjaralar ustiga bir necha 
daqiqa qo‘yiladi, so‘ngra patnoslarga yoki maydonga yoyiladi. Tayyor kishmish tarkibida ishqor 
bo‘lmasligiga sabab u meva po‘stining yoriqlaridan kirgan kislotalar bilan to‘la reaksiyaga 
kirishib, yo‘qolib ketadi. 
Ishqorning kislotalar bilan reaksiyaga kirishishida inson organizmi uchun zararsiz 
bo‘lgan juda oz miqdorda organik tuzlarning paydo bo‘lishi kuzatiladi. Quritish uchun yoyilgan 
uzumlar 3-4 kundan keyin ag‘dariladi va tayyor bo‘lgunga qadar quritiladi. Quritish 6-12 kun 
davom etadi. Quritilgan mahsulot chiqishi 25-26 % ni tashkil qiladi. 
Mahsulotning yog‘ingarchilikdan va ifloslanishdan himoya qilinmasligi, bu usulning 
kamchiliklaridan biridir. Bundan tashqari, och rangli uzum navlari bu usulda quritilganda, ular 
tabiiy ko‘k rangini yo‘qotadi, tayyor mahsulot qora-jigarrang tus oladi, natijada sifati pasayadi 
va mahsulot birmuncha past baholarda sotiladi.
 Bu usul bilan asosan, Qora kishmish navi quritiladi. Yog‘ingarchilik 
boshlangunga qadar qurimasligi sababli, yirik donali uzum navlari oftobi usulida quritilmaydi. 
Har bir bosh uzum navlarga ajratiladi va ishlov bermasdan, yupqa qilib, yog‘och patnoslarga 
yoki oldindan-somon loy bilan suvalgan quritish maydonlariga yoyiladi. 
Uzumning Qora kishmish navidan olingan mahsulot-shig‘oni, Oq kishmish navidan 
olingani esa - bedona deb ataladi. Quritish 18-20 kun davom etadi, bu usulda 22-25 % quritilgan 
mahsulot olinadi, namligi 18 % ga yetganda daladan yig‘ib olinadi. 
Yarim ochiq palata quyidagi kattaliqda bo‘ladi: eni - 4m, eng baland tepa qismi - 2,4m 
yon devorlari balandligi 1,6m, bitta seksiya uzunligi - 4m. Palataning ikkala yon tomoniga 
patnislarni joylash uchun etajerkalar o‘rnatiladi.
Etajerka kattaligi 60x90x 160 sm. Har bir patnisga 6-8 kg uzum ketadi. Palataning bitta 
seksiyasiga 10 tagacha etajerka o‘rnatiladi va har qanday seksiyada bir yo‘la 0,6-0,8 tonna ho‘l 
meva quritish mumkin. 
Palataning tepa qismi yarim ochiq, ya’ni egilgan yassi tomoni, taxminan, yarim ochiq 
holatda. Bunda ustki choklar ostki choklarni qoplab turadi va shu bilan birga, mevalarni yog‘in - 
sochindan saqlaydi. Palataning yon devorlari yerdan 40 sm balandlikda plyonka bilan berkitiladi. 
Palata ichidagi harorat atrof muhitdagi haroratga nisbatan 2-7° S yuqori bo‘ladi. Palata 
loyihasi mevalarni quritish jarayonida paydo bo‘lgan bug‘larni chiqarib yuborish bilan tabiiy 
havo almashishini ta’minlaydi. Etajerkalar orasidagi o‘tish masofasi (150 sm) kelgusida 
patnoslarni tashish ishlarini mexanizatsiyalashga imkoniyat yaratadi. 
Uzumni plyonka yopilgan palatalarda quritish usuli akademik M.Mirzayev nomidagi 
bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan ishlab 
chiqilgan va sinab ko‘rilgan. Uzum quritishning hamma an’anaviy usullarini qo‘llash natijasida 
umumiy quritilgan mahsulot miqdori ko‘payib, quritishning somonli loy bilan suvalgan ochiq 
maydonda quritish maydonidan unumli foydalanilmaydi. 
Uzumzorni o‘zida, qator oralarida quritish uchun tokni tik shpalerga yoki yerda yotqizib 
o‘stirilgan holatda va 3x2,5 m sxemada ekilgan tokzorlar qulay kelishi tajribalarda aniqlangan. 
Uzum hosilini va undan chiqqan mahsulotni ko‘paytirish maqsadida uzum terishdan 2 
hafta oldin tok barglarini siyraklashtirib, novdalarning chekankasini o‘tkazish kerak va shu bilan 
bir qatorda sug‘orish ishlarini to‘xtatish kerak bo‘ladi. Aks holda qurish muddatini cho‘zib 



Download 481,15 Kb.
1   2   3   4




Download 481,15 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE

Download 481,15 Kb.
Pdf ko'rish