|
Internet-marketingdan foydalanishning imkoniyatlari va xususiyatlariBog'liq Homidova Shaxnoza Toxirovna часть
1
«
Научный импульс
»
Февраль
, 202
3
657
Bu reklama beruvchilar uchun tidbit... Reklama bir marta bosish uchun sotiladi. Ya’ni,
reklama beruvchi reklama ko‘rsatilgan odamlar sonini emas, balki faqat uning resursiga
tashrif buyurgan foydalanuvchilar uchun to‘laydi.*2+ Uning 2 ta turi mavjud:
1. Qidiruvli kontest reklama
2. Bir mavzuga oid reklama
Bu reklama turida xam maxsus metrikalar mavjud bo‘lib, ular kliklar orqali
hisoblanadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda reklama
Hozirgi kunda ko‘plab ijtimoiy tarmoqlar mavjud bo‘lib, ularning imkoniyatlaridan
foydalanmaslikning iloji yo‘q. SMM — Social Media Marketing «ijtimoiy tarmoqlar
marketingi» Ijtimoiy tarmoqlar marketingi reklamasi - ijtimoiy tarmoqlarda turli brend yoki
qandaydir mahsulotlar haqida doimiy ma’lumot berib borilishi. Bu maqsadni amalga
oshirish uchun ijtimoiy tarmoqlarda guruhlar tashkil etiladi va e’lonlar davriy ravishda
berib boriladi. Asosiy xususiyati auditoriyada brendning uzluksiz faoliyati hisoblanadi.
Bannerli reklama
Bannerli (mediali) reklamaning maqsadi turli saytlarga bannerlarni joylashtirib, yuqori
ko‘rsatkichli tashrif buyuruvchilarga ega bo‘lish. Bu turdagi reklamaga maxsus grafik
e’lonlar yaratiladi. Asosiy maqsad:
• qamrab olish;
• korxonaning xabardorlik darajasi oshirish;
• ko‘ngilochar e’lonlar yaratish imkoniyatini taqdim etish.
Banner so‘zi inglizcha “banner” iborasidan olingan bo‘lib, “bayroq, shior yozilgan
lavha” kabi ma’nolarni beradi. Bu reklama turining xarakterli jihati shundaki, grafikli rasm
va animatsiyalar keng tarzda qo‘llaniladi. Chiroyli tarzda ishlangan bannerlar odamlarni
o‘ziga tez jalb qiladi va mahsulot imidjini yaratishga yordam beradi. Shuning uchun bo‘lsa
kerak, onlayn reklamalarning katta qismi bannerlarga joylashtiriladi. Bannerlarni nafaqat
internetda, balki ko‘chalarda, stadionlarda ham uchratish mumkin.
Virusli reklama
Reklamaning bunday turi minimal mablag‘ xisobiga hayratlanarli natijalarga olib
kelishi mumkin. Uning mohiyatida qandaydir bepul, shu bilan bir vaqtda talabga ega
bo‘lgan axborot (tovarlar yoki xizmatlar)ni tarqatish yotadi. Misol uchun: Siz shaxsiy blogni
xostingga qanday joylashtirishni o‘zida aks ettiruvchi o‘rgatuvchi videorolik suratga
olayapsiz. Videorolik yakunida (yoki videorolik davomida) siz dizayn har qanday blogning
muvaffaqiyatini ta’minlaydigan eng muxim qism ekanligini aytib o‘tasiz va o‘zingizning
dizayn xizmatlaringizni taklif qilasiz.
Yuqoridagi internet-reklama turlarining o‘ziga xos jihatlaridan kelib chiqib, boshqa
turdagi reklamalardan quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi:
• web-muhitdagi reklama manzilli bo‘lib, reklamaning auditoriyasi sonini aniq bilish
mumkin;
• narx jihatdan arzon;
Международный
научный
журнал
№
7
(100),
|
| |