|
Internet-marketingdan foydalanishning imkoniyatlari va xususiyatlariBog'liq Homidova Shaxnoza Toxirovna часть
1
«
Научный импульс
»
Февраль
, 202
3
658
• auditoriyaning tarkibi moddiy imkoniyatlarga ega bo‘lgan aholi qatlamidan
iborat;
• internetning o‘zida barcha savollarga javob olib, mijozlar bilan bevosita aloqaga
chiqish usullari mujassam;
• internetda TVdan farqli ravishda reklama vaqti chegaralanmagan;
• internetda reklama qilinayotgan mahsulot yoki xizmatlar haqidagi barcha
ma’lumotlarni o‘qish uchun qulay uslubda bera olish imkoniyati mavjud;
• matn, rasm, ovoz, video va boshqalar bir vaqtning o‘zida beriladi;
• internet-reklamaning mobil xususiyatga ega ekanligi.
Bugungi kunda mamlakat iqtisodiyotini rivojlantiruvchi barcha sohalarda keng
ko‘lamli raqamlashtirish ishlari jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. Qolaversa, butun dunyoda
raqamli iqtisodiyot platformalarini joriy etish va takomillashtirish borasida katta loyihalar
amalga oshirilmoqda. Xususan, korxona mahsulot va xizmatlarini iste’molchilarni xabardor
qilishda raqamli marketing texnologiyalari va raqamli reklama elekmentlaridan biri bo‘lgan
internet-reklamaning rivojlanishi hamda joriy etilishi reklama xarajatlarini tejashga,
mijozlarni jalb etishga, ular sonini oshirishga, brend mashhurligini ta’minlashga va savdo
hajmini oshirishga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda hozirgi davrga kelib dunyoda axborot, internet, iqtisodiyotni
raqamlashtirish va internet-marketing kabi zamonaviy sohalar izchil rivojlanmoqda. Albatta
zamon bilan hamnafas bo‘lishimiz, jahon bozoriga to‘siqlarsiz kirib borishimiz uchun
yuqoridagi sohalar rivojini yurtimizda ham ta’minlashimiz zarur. Zero bu bilan
mamlakatimiz iqtisodiyoti ravnaqi, yuksalishi yo‘lida o‘z hissamizni qo‘shsak aholi
farovonligi, yurtimiz osoyishtaligida o‘z hissamizni qo‘shgan hisoblanamiz. Endi siz internet-
marketing strategiyalarining har xil turlarini yaxshiroq tushunganingizdan so‘ng, ularni
kompaniyangiz uchun ishlatish vaqti keldi. SEO kontentini yaratish xizmatlari, ijtimoiy
media marketing xizmatlari va boshqa ko‘p imkoniyatli hizmatlardan foydalanishimiz
mumkun.
|
| |