• Internet tarixi
  • Internet tarixi Hisoblash texnikasi vositalarining rivojlanishi Tarmoqlar tasnifi




    Download 334.65 Kb.
    bet1/4
    Sana14.06.2023
    Hajmi334.65 Kb.
    #72812
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Mustaqil ish
    KATTA VA TAYYORLOV GURUHLARDA QURILISH VA KOSTRUKSIYALASH BO’YICHA FAOLIYATLARNI LOYHALASHTIRISAH, 9 May Xotira va qadrlash kuni ssenariysi 8 ta ssenariy lotin yozuvida, 16-маъруза Метанни конверсиялаш

    Hisoblash tarmoqlarining klassifikatsiyasi
    Reja:

    1. Internet tarixi 

    2. Hisoblash texnikasi vositalarining rivojlanishi

    3. Tarmoqlar tasnifi

    4. Tarmoqning dasturiy ta’minoti

    5. Lokal kompyuter tarmog‘ida ishlashning afzalligi.

    Internet tarixi 1950-yillarda kompyuterlarning rivojlanishi va deyarli bir vaqtning oʻzida turli mamlakatlarda, birinchi navbatda, AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiyadagi ilmiy va harbiy laboratoriyalarda global kompyuter tarmoqlarining ilmiy va amaliy konseptsiyalarining paydo boʻlishi bilan boshlandi.


    Internetni qurish tamoyillari birinchi marta 1969-yilda AQSh harbiy agentligi DARPA buyrugʻi bilan yaratilgan ARPANET tarmogʻida qoʻllanilgan. ARPANET yutuqlaridan foydalanib, 1984-yilda AQSH Milliy fan fondi universitetlar va kompyuter markazlari oʻrtasidagi aloqa uchun NSFNET tarmogʻini yaratdi. Yopiq ARPANET-dan farqli oʻlaroq, NSFNET ulanish uchun nisbatan bepul edi va 1992-yilga kelib, unga 7500 dan ortiq kichik tarmoqlar, jumladan 2500 tasi AQShdan tashqarida ulangan. NSFNET yadro tarmogʻining tijorat maqsadlarida foydalanishga oʻtkazilishi bilan zamonaviy Internet paydo boʻldi.
    1980-yillarga qadar kompyuter tarmoqlari asosan ixtisoslashtirilgan muassasalar xodimlari uchun mavjud edi va 1980-yillarda shaxsiy kompyuterlar (ShK) shaxsiy foydalanishda tarqala boshladi, bu esa tarmoqlarga katta talabni keltirib chiqardi (bundan oldin ommaviy axborot vositalarini qoʻlda uzatish edi). Agar mutaxassislar tarmoqdan asosan tadqiqot va ishlab chiqarish vazifalari uchun foydalangan boʻlsa, unda odamlar, birinchi navbatda, shaxsiy muloqotga va shaxsiy kompyuterlari uchun mashhur matnlar va boshqa fayllarni olishga qiziqish bildirishgan. Ushbu muammolarni hal qilgan birinchi ommaviy tarmoq texnologiyasi elektron pochta boʻlib, uning asosida 1980-yilda birinchi yirik global kompyuter maʼlumot almashish tarmogʻi Usenet yaratildi.
    Hisoblash texnikasi vositalarining rivojlanishi, ayniqsa shaxsiy kompyuterlarning paydo bo`lishi mahalliy hisoblash tarmog`i (MHT) deb nomlanadigan yangi tipdagi axborot-hisoblash tizimlarining yaratilishiga olib keldi. MHT ishlab chiqarishni avtomatlashtirilgan loyihalash va texnologik tayyorlash tizimlari, ishlab chiqarish va texnologik majmualarni boshqarish tizimlari, idora tizimlari, port boshqaruvi tizimlari va boshqalarda keng qo`llanilmoqda. MHT turli ishlab chiqarish bo`linmalarini boshqarishning murakkab tizimlarini qurishda samarali usul hisoblanadi. MHT tibbiyot, qishloq xo`jaligi, ta`lim, fan va boshqa sohalarda jadal joriy etilmoqda.
    Umuman olganda, tarmoq - kompyuterlar, terminallar va boshqa qurilmalarning ma`lumot almashishni ta`minlaydigan aloqa kanallari bilan o`zaro bog`langan majmui. Kompyuterlararo ma`lumotlarni almashishni ta`minlab beruvchi bunday tarmoqlar kompyuter tarmoqlari deb ataladi. Mahalliy tarmoq - (LAN - Local Area Network), ushbu nom nisbatan katta bo`lmagan hudud (bir korxona, ofis, bir xona) da joylashgan kompyuterlarning birlashuviga mos keladi. MHT - kompyuterlar, boshqa periferiya qurilmalari (printerlar, disk kontrollerlari va boshqalar) ning bog`lanishini ta`minlaydigan va ularga umumiy disk xotirasidan, periferiya qurilmalaridan birgalikda foydalanishga, ma`lumotlar bilan almashishga imkon beradigan apparat vositalari va algoritmlar to`plamidir.
    [Tanenbaum] Kompyuter texnologiyalari boshqa sanoat tarmoqlari (masalan, avtomobil va aviatsiya) nisbatan hali yosh bo`lsada, kompyuterlar qisqa vaqt ichida ajoyib taraqqiyotga erishdi. Kompyuter va kommunikatsiyaning birlashishi kompyuter tizimlarini tashkil etiladi. Tashkilotda hisoblash ishlarini bajarish uchun o`zaro bog`langan kompyuterlar tizimlariga kompyuter tarmoqlari deyiladi. Ikkita kompyuter bir-biri bilan axborot almashish uchun mis sim orqali ulanishi shart emas, balki, tolali optik, mikroto`lqinlar, infraqizil va kommunikattsiya yo`ldoshlar orqali ham foydalanish mumkin.
    Misol sifatida biror kompaniyaoladigan bo`lsak uning xodim va mijozlari kompyuter tarmoqlari orqali ma`lumotlar almashadi. Ma`lumot almashish loal, mintaqaviy yoki global tarmoqlar oraqali amalga oshiriladi. Tarmoqning afzalligi shundaki, masalan, biror bir xonadagi printerga boshqa xonadagi, bo`limdagi, qavatdagi yoki boshqa binolardagi ishchi xodimlar tarmoq orqali buyruq berishlari mumkin bo`ladi, ya`ni umumiy printerga ega bo`lishadi. Ishchi xodimlar xuddi shunday ma`lumotlarni ham almashish imkoniyatlariga ega. Kompaniya mijozlar bilan moliyaviy hisobotlarni, soliq to`lov va boshqa ma`lumotlarni onlayn orqali amalga oshiradi. Tarmoqdagi kompyuter va foydalanuvchilarni server boshqaradi, nazorat qiladi, javob beradi va ma`lumotlarni saqlaydi. Ma`lumotlar ombori server deb nomlanuvchi kuchli kompyuter. Ko`pincha bu markazda joylashgan va tizim ma`muri deb ham atashimiz mumkin. Mijoz deb -tarmoqda kompyuter va foydalanuvchi masofadan turib server bilan bo`glanishi, ma`lumot almashishiga aytiladi. Ikki mijoz va server bir tarmoq orqali bog`lanishi quyidagi 1-rasmda ko`rsatilgan.

    1-rasm. Ikki mijoz va server bir tarmoq orqali bog`lanishi.
    Bu ma`lumot almashish kelishuviga mijoz-server modeli deyiladi. Bu keng tushuncha bo`lib, ma`lumotlar omboriga asoslangan veb ilovalarni ma`lumotlarini mijozlar server orqali yangilashga erishadi. Server bir vaqtning o`zida internet tarmog`idagi veb ilovalar orqali minglab mijozlarning so`rovlariga javob beradi. Mijoz-server modeliga talabalarni fanlardan onlayn test nazorat o`tkazishini misol qilib, ular orasidagi munosabatlarni quyidagi 2-rasmda ko`rsatilgan.

    2-rasm. Mijoz-server modelidagi so`rovlar va javoblar
    Mijoz-server modelini kengroq yoritadigan bo`lsak eletron hukumat, e-hujjat, e-kommunal, e-tijorat, onlayn ro`yxatdan o`tishni, onlayn buyurtmalar va boshqalarni 3-rasmda ko`rishimiz mumkin.

    3-rasm. Mijozlarni serverdagi ilovalarga murojati
    Mobil foydalanuvchilar. Bunday noutbuk va portativ kompyuterlar kabi mobil kompyuterlar, kompyuter sanoati eng tez o`sayotgan segmentlari biri hisoblanadi. Mobil kompyuterlar 802.11 standarti asosida tarmoqqa simsiz ulanadi. Odamlar kafe, mehmonxona, aeroport, maktablar, poezd va samolyotlarda simsiz tarmoqdan mobil foydalanuvchilar tobora ortib bormoqda. Mashhur Samsung, iPhone kabi cmart telefonlar mobil telefonlar va mobil kompyuter 3G, 4G va 5G mobil tarmoqlari vositasida ular internetga ulanadi.
    Shaxsiy tarmoq maydoni. Shaxsiy tarmoq qurilma va shaxs o`rtasida muloqot o`rnatadi. Bunga umumiy misol qilib atrof-muhit bilan kompyuterni bog`lovchi simsiz tarmoqni olish kifoya. Bluetooth deb nomlangan qisqa masofali simsiz tarmoq yordamida har bir kompyuterga monitor, klaviatura, sichqoncha, va printerni simsiz ulash quyidagi 4-rasmda ko`rsatilgan.

    4-rasm. Bluetooth PAN
    Mahalliy va mintaqa tarmoqlari. Mahalliy tarmoq - (LAN - Local Area Network), ushbu nom nisbatan katta bo`lmagan hudud (bir korxona, ofis, bir xona) da joylashgan kompyuterlarning birlashuviga mos keladi. MHT uchun mavjud standartlar (tegishlicha Ethernet va ARCNET) 2,5 km dan 6 km gacha bo`lgan masofadagi kompyuterlar orasida aloqani ta`minlaydi.
    MHT - kompyuterlar, boshqa periferiya qurilmalari (printerlar, disk kontrollerlari va boshqalar) ning bog`lanishini ta`minlaydigan va ularga umumiy disk xotirasidan, periferiya qurilmalaridan birgalikda foydalanishga, ma`lumotlar bilan almashishga imkon beradigan apparat vositalari va algoritmlar to`plamidir. Hozirgi vaqtda axborot-hisoblash tizimlarini 3 ta asosiy tipga bo`lish qabul qilingan (5- rasm):

    5-rasm. Kompyuter hisoblash tarmoqlari
    1. LAN (Losal Area Network) - korxona, muassasa, bir tashkilot doirasidagi mahalliy tarmoq;
    2. MAN (Metropolitan Area Network) - shahar yoki mintaqaviy tarmoq, ya`ni shahar, viloyat va shu kabilar doirasidagi tarmoq(7-rasm);
    3. WAN (Wide Area Network) - mamlakat, qit`a, butun dunyo abonentlarini bog`lovchi global tarmoq(8-rasm).
    Juda keng tarqalgan Wi-Fi deb nomlanuvchi IEEE 802.11 deb nomlangan simsiz tarmoq standarti mavjud. Lokal tarmoqni simsiz va simli ko`rinishi quyidagi 6-rasmda ko`rsatilgan.

    6-rasm. Simsiz va simli lokal tarmoq

    7-rasm. Mintaqaviy tarmoq

    8-rasm. Global tarmoq

    9-rasm. Virtual xususiy tarmoq foydalanayotgan WAN.

    10-расм. ISP tarmoq foydalanayotgan WAN.

    Download 334.65 Kb.
      1   2   3   4




    Download 334.65 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Internet tarixi Hisoblash texnikasi vositalarining rivojlanishi Tarmoqlar tasnifi

    Download 334.65 Kb.