• Qidirish turlari
  • Milliy axborot-qidiruv tizimi
  • Axborotlarni parametrlari bo‘yicha qidirish




    Download 0.62 Mb.
    bet2/4
    Sana06.04.2023
    Hajmi0.62 Mb.
    #49086
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Internet qidiruv tizimlarining qiyosiy tahlili
    Saidxonov Islomxon 19-24

    Axborotlarni parametrlari bo‘yicha qidirish

    • Har bir foydalanuvchi internet tarmog‘i orqali o‘ziga kerakli bo‘lgan ma'lumotlarni oson va tez qidirib topishi uchun axborotni ma'lum parametrlar bo‘yicha qidirish tavsiya qilinadi. Bular quyidagilardan iborat:
    •  Ma'lumotlarni uning tili bo‘yicha qidiruv;
    •  Ma'lumotlarni uning turi (matn, rasm, musiqa, video) bo‘yicha qidiruv;
    •  Ma'lumotlarni uning joylashgan mintaqasi bo‘yicha qidiruv;
    •  Ma'lumotlarni uning joylashtirilgan sanasi bo‘yicha qidiruv;
    •  Ma'lumotlarni uning joylashgan internet hududi bo‘yicha qidiruv;
    •  Ma'lumotlarni xavfsiz qidiruv.

    Qidirish turlari

    • Internet tarmog‘ida turli ma'lumotlar, fayllar mavjud. Dearli ularning har bir turini qidirib topishga mo‘ljallangan alohida tizimlar ishlab turibdi. Masalan, odamlarni, kino yoki musiqani, rasmlarni alohida qidirish imkoniyati bor.
    •  Global tarmoqda grafik ma'lumotlarning ko‘plab turlari uchraydi, ya'ni: chizma (vektor), foto (rastr), harakatlanuvchi (animatsiya) hamda siqilgan rasmlar. Rasm ko‘rinishidagi ma'lumotlarni faqatgina uning nomi yoki turi bo‘yicha qidirib topish mumkin. Ko‘pgina internet qidiruv tizimlari grafik yoki tasvir ko‘rinishidagi ma'lumotlarni axtarish uchun alohida bo‘lim va funksiyalarni joriy etgan.
    • Bunday tartibdagi ixtisoslashuv izlanayotgan ma'lumotning tez va aniq topilishiga ko‘maklashadi.

    Milliy axborot-qidiruv tizimi

    • Albatta, yurtimizda internetning taraqqiy etishi va milliy segment hajmining oshib borishi milliy axborot-qidiruv tizimlarini yo‘lga qo‘yish ehtiyojini yuzaga keltirdi. Bugungi kunda bir nechta mahalliy qidiruv tizimlari faoliyat ko‘rsatapti. Ular orasida WWW.UZ — Milliy axborot-qidiruv tizimi alohida o‘rin tutadi.
    • WWW.UZ — barcha foydalanuvchilar uchun yurtimizning internet tarmog‘idagi milliy segmenti axborotlaridan qulay tarzda foydalanish imkoniyatini beruvchi mexanizm hisoblanadi. Milliy axborot-qidiruv tizimini rivojlantirish ishlari UZINFOCOM Markazi tomonidan olib boriladi. WWW.UZning asosiy xususiyatlari shundan iboratki, ko‘p tilli axborot qidiruvi (ruscha, o‘zbekcha), boshqa milliy axborot tizimlari hamda ma'lumot omborlari bilan o‘zaro ishlay oladi. Shuningdek, internet tarmog‘i foydalanuvchilariga milliy segmentda joylashgan veb-saytlar bo‘yicha qidiruv xizmatini taqdim etadi. Foydalanuvchi qidiruvni veb-sayt manzili va ichki ma'lumotlar bo‘yicha olib borishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, foydalanuvchiga zarur bo‘lgan axborotni samarali qidirish va topish imkoniyatini beradi.

    Download 0.62 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0.62 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborotlarni parametrlari bo‘yicha qidirish

    Download 0.62 Mb.