• 4.2. Intеrnеt bilan ishlash
  • Internet hizmatlarining shakllari




    Download 31.09 Kb.
    bet2/2
    Sana28.06.2022
    Hajmi31.09 Kb.
    #24527
    1   2
    Bog'liq
    INTERNETNING ASOSIY RESURSLARI
    assalom-yangi-yil-karnaval-dasturi-baxtiyoruz, 84776
    4.1. Internet hizmatlarining shakllari
    Internetda ko`rsatiladigan tarmoq hizmatlari asosan quyidagilardir:
    - axborot uzatish tarmoq tizimlari (FTP, GOPHER);
    -axborot qidirish tizimlari (Yahoo, Lycos, Alta vista, Rambler va boshqalar);
    - kommunikatsion hizmat, telekonferensiyalar (E-mail, Telnet, UseNet va boshqalar);
    - multimedia va informatsion tizimlar (Word Wide Web);
    FTP (File Transfer Protocol) fayllarni uzatish protokoliga asoslangan axborot hizmati Internetda birinchi yaratilgan tizimlardan hisoblanadi.
    FTP tarmoq bo`yicha istalgan shakldagi fayllarni yuborishi mumkin.
    Gopher ham Internetning axborot tizimi hisoblanadi. Gopherning afzalligi shundaki, u foydalanuvchi ulangan Gopher – serverdagi menyuga kirib tanlangan punkti bo`yicha Internetning boshqa Gopher – serverlariga yuborishi mumkin.
    Internetda turli hildaga qidirish tizimlari yaratilgan bo`lib, bu tizimlarning asosiy maqsadi kerakli axborotlarni oson va qulay usulda topib berishdir.
    Elektron pochta aniq kompyuter adresi bo`yicha bir-biridan turli xil masofada bo`lgan foydalanuchilar orasida tez ulanish va katta hajmdagi axborotlar bilan almashish imkoniyatini beradi.
    Internetda telekonferensiya tarqoq holda joylashgan ko`p foydalanuvchilarni o`zaro uzluksiz muloqot ilishi uchun mo`ljallangan tizimdir.
    UseNet Internetdan foydalanuchilar uchun telekonferensiya deb nomlangan guruhiy munozaralarda ishtirok etish imkoniyatini yaratuvchi tizimdir.
    Resurslarning adreslari Internetdan axborot olish “kaliti” hisoblanadi.
    Foydalanuvchi kerakli joyga electron po`chta orqali habar yuborishi lozim
    bo`lsa shu joyning manzilini ko`rsatishi lozim.
    4.2. Intеrnеt bilan ishlash
    HTML va boshqa programma vositalari yordamida tayyorlangan Web sahifalarida foydalanuvchiga tushunarli ko`rinishda tasvirlash uchun maxsus programmalar ishlab chiqilgan bo`lib, bunday programmalar brauzеr programmalar dеb ataladi.
    Hozirda bir nеcha shunday programmalar ishlab chiqilgan bo`lib, ular tabiiy ravishda hujjatlarni ko`rishni turlicha tahrir qiladilar.
    Brauzеr programmalar orasida kеng tarqalgan Microsoft Internet Explorer va Netscape Navigator programmalaridir.
    Birinchi programma tеkinga bеrilsa (albatta, Windows litsеnzion programmasi mavjud bo`lsa), ikkinchisi tijorat shaklida (pulli) tarqatiladigan programmadir.
    Biz asosan Microsoft Internet Explorerga to`xtaymiz, chunki hozirda u Web sahifalarni ko`rishning yuksak quroliga aylandi.
    U Windows da brauzеr emas, hatto shaxrlovchi dеb ham yuritiladi. Buning asosiy sababi, HTML va boshqa programma vositalaridan (Java, java Script) foydalanib tuzilgan Web sahifalarini uning foydalanuvchiga tushunarli ko`rinishda sharxlab bеrishidadir.
    Shunday qilib, brauzеrning asosiy vazifasi URL adrеslarda joylashgan Web sahifalarni kompyutеrga yuklash va uni foydalanuvchiga tushunarli ko`rinishda monitor ekranida ko`rsatib bеrishdir.
    Intеrnеt bilan ishlash uchun Internet Explorer dasturi ishga tushiriladi.

    Internetning Explorerda ishlashi uchun Windowsning programma mеnyusidan yoki bеvosita ish stolidan kompyutеrga yuklanadi. Natijada ekranda quyidagi Microsoft Internet Explorer oynasi paydo bo`ladi (2- rasm).

    2 - rasm. Microsoft Internet Explorer oynasi.



    Kеrakli axborot (Web sahifa ) manzili Intrnet Explorer dasturining Adrеs
    qismiga yoziladi va tugmasi bosiladi
    Interaktiv multimedia vositalari bugungi axborot asrida ommaviy axborot vositalari tizimini o‘zgartirmoqda va uning yangi modellarini vujudga keltirmoqda. Zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash natijasida ommaviy kommunikattsiya vositalari deb nomlanib, ro‘y berayotgan texnologik jarayonlar uzatilayotgan axborot oqimining hudud, vaqt, hajm jihatdan chegaralanmasligiga olib kelmoqda.
    Natijada bugun an'anaviy axborot muhitidan farqli bo‘lgan global axborot bozori shakllanmoqda. Mazkur muhitning vujudga kelishi mobaynida bu yerda o‘ziga yarasha siyosat, iqtisod hamda ijtimoiy munosabatlar shakllanib, ular o‘z navbatida izchil va chuqur tadqiqod va alohida izlanishlarni talab etmoqda.
    Shu sababdan yangi global axborot muhiti va uning tarkibiy qismlari, xususan Internet-nashrlari, reklama va on-line tartibda faoliyat yurituvchi axborot agentliklarini o‘rganish masalasi dolzarblik kasb etmoqda.
    Milliy bozorimizda faoliyat yurita boshlagan dastlabki on-line nashrlardan biri bu – Uzreport.com Internet portalidir. Mazkur elektron nashrning bir necha jihatlari uni alohida o‘rganishga zamin yaratadi. Avvalo Uzreport.com - mamlakatimiz iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy hayoti haqida ma'lumot beruvchi, birinchi Internet sayti sanaladi. Ikkinchidan, u nafaqat davlatimizga tegishli axborotlar manbai, balki faoliyatida tashqi iqtisodiy siyosatga yo‘naltirilganlik vazifasi ham mavjud. Uchinchidan, ushbu nashr, yangi jurnalistikaning ko‘rinishi bo‘lmish, Internet yoki on-line jurnalistikani o‘z faoliyatiga asos qilib olgan, milliy nashr sanaladi.
    Internetdan joy olgan media resurslarni tavsiflaganda, ularning bir-biridan farq qiluvchi bir necha jihati mavjudligini inobatga olish zarur. Ommaviy axborot vositalari veb muhitda o‘z sahifasini ochar ekan, unga bir necha funksiyani yuklashlari mumkin. Ba'zi ommaviy axborot vositalari Internetda an'anaviy nashrining elektron variantini joylashtirsa, ba'zilari tahririyat haqida ma'lumot beruvchi korporativ sahifani ochadi va u o‘ziga yarasha visit card vazifasini o‘taydi. Lekin, ayni davrda alohida e'tiborga to‘liq on-line rejimida faoliyat yurituvchi elektron resurslarga qaratilmoqda.
    Nazarimda, avvalo har bir jurnalist o‘z yurti, Vatanini e’zozlash, qadriga yeta olish hissi bilan yashashi lozim. Keng va teran mushohadali, chuqur bilimli, o‘tkir nafas egasi bo‘lish istagi bizni sira tark etmasligi kerak, deb o‘ylayman. Nega? Chunki Vatan g‘ururi, Vatan mehri hissi bilan yonmasak, egallagan bilim doiramizni hamisha, har qadamda yangilab, boyitib bormasak, hayotimizda har jabhada, har onda bo‘layotgan o‘zgarishlar, islohotlarni qanday qilib anglab olishimiz mumkin? Emin-erkin hayotimizga rahna solishga urinayotgan har qanday kuchlarga o‘z aql-zakovatimiz bilan zarba bermasak, ona diyorimizni nechog‘li ardoqlab, sevib-suyganimiz, shu vatan farzandi ekanimizni izhor etib, g‘ururlanmasak, o‘zgalarga qay yo‘sinda yordam bera olamiz? Fikrimcha, bugungi kunda jurnalist oldidagi muhim vazifa u nafaqat tevarak-atrofidagi, balki chet ellardagi voqea-hodisalardan boxabar bo‘lishi lozim. Tili uzun, qalami o‘tkir, ma’naviyati boy bo‘lishi uchun esa tinimsiz izlanishi kerak. Ana shu faoliyat jurnalist bilimi, aqli bilan uyg‘unlashsa, u o‘quvchisi – xalqining ishonchini oqlay olsa, ana o‘shanda vatanparvar degan tushuncha ko‘ngilga osongina jo bo‘ladi.
    Hozir jurnalist oldida turgan birlamchi vazifa o‘zining bilimi, dunyoqarashini tinimsiz kengaytirish, professional mahoratini, saviyasini muttasil oshirishdan iborat. Toki shu narsa bo‘lmas ekan, balandparvoz gaplar, dabdabali shior va da’vatlar bir pul. Bugun biz «axborot urushlari» davrida yashayapmiz. Nechog‘lik vahimali tuyulmasin, bu – ayni haqiqat. Jahon axborot maydoni zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalari tufayli sarhadsiz, chegarasiz, yagona hudud bo‘lib qoldi.
    Internet tarmog‘i orqali tarqalayotgan axborotlar, yer yuzining istalgan burchagidagi manzilga, xonadonga kirib bormoqda. Uning yo‘liga hech qanaqa to‘siq qo‘yib bo‘lmaydi. Ana shundan foydalangan ayrim siyosat arboblari buyuk davlatchilik iddaolarini yangi kuch, yangi to‘lqin bilan avj oldirmoqdalar. Davlatlarni, xalqlarni o‘z «ta’sir va manfaat doirasiga» kiritish uchun, oddiy qilib aytganda, qaramlikda, «axborot mustamlakasida» tutish maqsadida, jamoatchilik ongi, shuuri, fikrini o‘zlari istagan yo‘nalishda shakllantirishga urinmoqdalar. Aniqrog‘i, axborot maydonida hukmronlik uchun ayovsiz kurash bormoqda. Bu kurash davomida turli tomondan bo‘layotgan va muttasil bo‘lajak axborot xurujlariga dosh berish, munosib javob qaytarish uchun ham aql, yuksak saviya, yuqori darajadagi bilim, mahorat, hozirjavoblik, qat’iyat suv va havoday zarur. Shunga erishsak, ayni paytda rostgo‘ylik, mustahkam iymon, pok vijdonga asoslangan aniq fuqarolik pozitsiyasini egallasak, yuragimizda Vatanga cheksiz muhabbat va sadoqat, milliy g‘urur va oriyat jo‘sh ursa, chindan ham hech qachon, hech kimga qaram ham, hech kimdan kam ham bo‘lmaymiz.
    Jurnalist oldidagi mas’uliyat, vazifa ham, agar u biror bir mamlakatga, jamiyatga mansub yoki kengroq olsak o‘z vataniga ega bo‘lsa, unda yashayotgan insonlar maqsad-muddaolari bilan mushtarak keladi. Uning kasbi nuqtai nazaridan amalga oshiradigan har bir ishi yurtining ertaga bugundan ko‘ra go‘zal, to‘kis va mustahkam bo‘lishiga xizmat qiladi. Qachonki, jurnalist bu yo‘ldan og‘sa, maydalashib ketadi, o‘z tayanch nuqtasini yo‘qotadi. Muallaq holatdagi narsa esa faqatgina xohish-irodasiz, tashqi ta’sir izmida harakatlanadi.
    Mustaqillik davrida qo‘lga kiritilgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy yutuqlarimiz salmog‘i asrlarga teng. Mening nazarimda, ana shu yutuqlarga yo‘l ochgan Istiqlol g‘oyalarini xalq ongiga singdirish eng muhim vazifadir. Bu ulug‘vor vazifani bajarilishi jurnalistdan analitik bilim, mahorat va iste’dod talab qiladi, jurnalistni Haq va Haqiqat tomonida bo‘lishini taqozo etadi. Haqiqat esa, Istiqloldan oziqlanadi. Yuragi pok, ya’ni qalbi haq tomondagi jurnalist istiqloldan ilhom oladi, hamisha haqiqatni yozadi, xalq bilan birga, Vatan ardog‘ida bo‘ladi. Hech vaqt birovlarning musiqasiga ham o‘ynamaydi, sotilmaydi.
    Hamkasblarimizdan biri aytganidek, bugungi dunyoni yadro jamodonidagi tugmachani bosish bilan emas, balki radio mikrofoni tugmachasini bosish bilan o‘zgartirib yuborish mumkin. Shu sababli ham, o‘zbek jurnalistlari oldida to‘g‘ri so‘zni, haqiqatni yetkazishdek muhim vazifa turibdi.
    Matbuot sahifalarida o‘qigan edim, «Ulkan iste’dodlar ko‘pincha bir-biriga do‘st emas, raqib bo‘ladilar». Men o‘zini iste’dodli deb bilgan jurnalistlar bir-biriga raqib bo‘lishini xohlayman. Hozir jurnalistlarning bir gazetadan ikkinchisiga o‘tib ketishi odatiy holga aylandi. Aslida esa jurnalistning boshqa jamoaga o‘tib ketishi katta sensatsiya bo‘lishi kerak.
    Jurnalist xolis, jasoratli va doimo bedor bo‘lishi, faqat haqiqat tomonda turishi kerak. Eskicha ish uslublaridan voz kechadigan vaqt keldi. Eng katta kamchiligimiz yangiliklarning muhimini nomuhimidan ajrata olish malakasi shakllanmaganidir.
    Jurnalist ro‘y berayotgan voqea va hodisalarga xolis yondashishi, ulardan o‘z manfaat yoki ayrim guruhlar foydasi uchun mos keladigan nuqtalarni izlamasligi kerak. Aslida xolislik jurnalistikaning asosiy qonunlaridan biri sanaladi. Afsuski, bugunga kelib, jurnalist uchun suv va havodek zarur bo‘lgan ushbu xususiyat ba’zi hamkasblarimizda yetishmayapti. Jurnalist uchun xolislikning naqadar katta ahamiyatga ega ekanligi tajribadan ma’lum. Uzoqqa bormaylik, Andijon voqealarida jurnalistning noxolisligi qanday holatlarni keltirib chiqarishi ro‘y-rost ko‘rindi. Qolaversa, u o‘z fikri va so‘ziga ega bo‘lishi kerak. Ijodkor uchun birovlar manfaati yo‘lida qaram, birovlar qo‘lida qurol bo‘lishdan ko‘ra ayanchliroq holat bo‘lmasa kerak.
    Internet — katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini oʻzaro bogʻlovchi butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik oʻrni, zamon va makondan qatʼiy nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlar oʻzaro hamkorlikda global informatsiya infratuzilmasini tashkil etadi. Qaydnomalar tizimi bilan boshqariladigan barcha hosila tarmoqlar hamkorlikda isteʼmolchilarga ma'lumotni saqlash, eʼlon qilish, joʻnatish, qabul qilish, izlash va maʼlum boʻlgan barcha variantlar (matn, tovush, videotasvir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va b. koʻrinishlar) da axborot almashinishga imkon yaratadi.
    Internet tizimi 20-asr. 60-yillarida paydo boʻldi. Oʻsha paytlarda Amerika mudofaa departamenti tashabbusi bilan kompyuterlar telefon tarmoqlariga ulana boshladi. Dastlab, bunday faoliyat takomillashtirilgan loyihalar agentligi (AKRA) tadqiqotlari doirasida olib borildi. Bu tadqiqotlar sovuq urush avj olgan davrga toʻgʻri keldi. AQSH mudofaa departamenti urush boʻlib qolgan taqdirda oddiy kommunikatsiya vositalari ishdan chiqqudek boʻlsa, oʻrniga yangi qoʻshimcha kommunikatsiya vositalarini izlash bilan faol shugʻullandi. 60-yillar oxiri va 70-yillarda Internet tarmogʻi uncha keng rivojlanmadi. Dastlabki oʻn yillik xalqaro tarmoq, asosan, harbiylar va yirik olimlarning shaxsiy elektron liniyalari faoliyati doirasi bilan cheklandi. Internetning beqiyos rivojlanish surʼati davlat, taʼlim, akademik va ijtimoiy tuzilmalarning oʻziga xos umumiy moliyaviy va intellektual ulushiga bogʻliq boʻldi.
    20-asr 70-yillarida turli tarqoq kompyuterlar tarmoqlari orasida informatsiyani uzatish va almashinish qoidalari tizimi ishlab chiqildi. Bular oʻzaro hamkorlikka doir qaydnomalar – Internetworking protocols (IP) boʻlib, global tarmoqni takomillashtirish uchun qulay muhit yaratdi. IP oʻrnatgan tartibga koʻra, har qanday alohida tarmoq informatsiyani koʻp tarmoqlar orqali "birinchi punktdan to oxirgi punktgacha" yetib borishini nazorat qilishi lozim. Shuning uchun Internet negizini tashkil qiladigan qaydnomalar tizimi, xususan, Transmission Control Protocol (TCP), File Transfer Protocol (FTP) ichida IP muhim qaydnomalardan biri hisoblanadi.
    Internet rivojlanishining dastlabki bosqichida uni, asosan, AQSH mudofaa departamenti mablagʻ bilan taʼminlagan. 70-yillar oxiriga kelib esa, asosan, uch taʼminlash manbai ajralib turdi: xukumat, un-tlar va tadqiqot laboratoriyalari (shu jumladan mustaqillari ham).
    80-yillarda Internet oʻziga xos tarzda universal koʻlamlargacha rivojlana boshladi. Oʻsha davrda Internet vositasida uzatiladigan informatsiyaning oʻsishi "oyiga 20 foizdan koʻpaytirib borish" shiori ostida bordi. Mac, AQSH ning asosiy tarmogʻi bir sekundda 165 mln. bayt informatsiyani qayta ishlaydi va uzatadi. Bu surʼat bir sekundda "Brittanika" ensiklopediyasi"ni uzatish uchun yetarli. 80-yillar oʻrtalarida Internetni jamoat va tijorat tarmoklariga ulash natijasida Internet tizimi ham koʻlam, ham sifat jihatidan rivojlandi. 90-yillarda Internet tizimini boshqarish borasida tub oʻzgarishlar yuz berdi.
    Internet standartlar tizimi hisoblanadi. U oʻz faoliyatida oʻzini oʻzi rostlab turish, oʻzini oʻzi boshqarish falsafasiga rioya qilib foliyat yuritadi. Hozirgacha uni boshqarib turadigan yagona tashkilot yoʻq. Uning faoliyatiga doir qoidalar kirish mezonlari sifatida ishlab chiqilgan. Texnik masalalar esa "Internet Engineering Forse (IETL) kompaniyasining faol ishtirokida hal qilinadi, barcha standartlar "Internet Architecture Board" (IAB) kompaniyasi tomonidan qabul qilinadi. 20-asrning oxirgi oʻn yilligida Internet tizimi beqiyos darajada oʻsdi. Agar 80-yillar oxirida Internet tizimiga taalluqli 28000 dan ortiq asosiy kompyuterlar faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, 90-yillar oxiriga kelib ularning soni oʻnlarcha mln.gayetdi. Internet xizmatidan foydalanuvchilar soni butun yer yuzi boʻyicha 160 mln. kishini tashkil qildi (1999).
    Shveysariyadagi yadro tadqiqotlari markazlaridan biri multi-media tizimining tarqoq kompyuterlarini yagona tarmoqqa "bogʻlash"ning ancha takomillashgan usulini ishlab chikdi. U "World Wide Web" ("Jahon oʻrgimchak uyasi") tizimida oʻz aksini topdi. Bu tizim Internetni oʻziga xos ommaviy axborot vositasiga aylantirdi hamda u informatsiya texnologiyalari, radio eshittirish va telekommunikatsiya imkoniyatlariga ega boʻldi. Endi Internet faqat matnni emas, balki tasvirni, suratlarni, rasmlarni, tovush va videotasvirlarni ham uzatishga, voqea yuz berayotgan joydan toʻgʻridantoʻgʻri olib berishga ham qodir.
    Internet barcha anʼanaviy informatsiya tizimlari – telekommunikatsiya, teleradioeshittirish, informatsiyalarni xalqaro miqyosda faol almashtirish va h. k.ning texnologik imkoniyatlarni uygʻunlashtirib qoʻllanganligi uchun u bir necha vazifani – informatsiya va bilimlar manbai; ommaviy axborot vositasi, insoniyat faoliyatining barcha sohalari (shu jumladan, taʼlim-tar-biya, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, sayyohlik va h. k.) ga taal-luqli informatsiya xizmatlari tizimi; istiqbolli bozor va milliy kom-paniyalarning xalqaro informatsiya maydoni va jahon bozoriga eng tejamli va tezkor usulda qoʻshilish imko-nini beradigan vosita vazifasini oʻtaydi.
    Jamoat va tijorat tuzilmalari uchun Internetdan foydalanish imkoniyati oshgan sari provayderlar (Internet bilan aloqa oʻrnatishga xizmat koʻrsatadigan kompaniyalar), Internet informatsiyasi isteʼmolchilari soni ham koʻpaymoqda, informatsiya manbai va ommaviy axborot vositasi sifatida Internet ommalashmoqda. Bularning barchasi noshirlar, jurnalistlar, informatsiya agentliklari, i. ch. xamda savdo kompaniyalari va firmalari muhitida raqobatning shakllanishiga ijobiy taʼsir qiladi. Telefon simlaridan tashqari, optik tolali kabellar, radio tarmogʻi yoki sunʼiy yoʻldosh orqali Internetga chiqish mumkin boʻldi. Buning uchun Internet bilan aloqa oʻrnatishga xizmat koʻrsatadigan kompaniyalar – provayderlar boʻlishi lozim. Oʻzbekistonda Internetga ulashga doir informatsiya xizmatlari 1997-yildan koʻrsatila boshladi. Dastlab Naytov (http://www.naytov.com), Uznet (http://www.uznet.net Arxivlandi 2013-02-16 Wayback Machine saytida.) yoki Istlink (http://www.eastlink.uz Arxivlandi 2020-06-12 Wayback Machine saytida.) kabi provaydkompaniyalar faoliyat boshladi (1999). Oʻzbekistonda jadal rivojlanayotgan kompyuterlashtirish va avtomatlashtirish sohalari Internet tarmogʻining aloqa funksiyasidan keng foydalanishga imkon beradi. Internetga ulangan abonent uydagi yoki ishxonadagi kompyuter orqali, aytaylik, AQSH, Avstraliya yoki Afrikadagi kompyuterlarga kiritilgan xilma-xil mavzudagi maʼlumotlarni matn, surat yoki videotasvir koʻrinishida olishi mumkin. Bu maʼlumotlar Internet tizimiga oldindan kiritiladi. Dunyoning turli chekkalarida joylashgan maxsus ixtisoslashgan kompaniyalar qidiruvni tezlashtirishga yordam beradi. Ular "qidiruv dvigateli" deb ataladi, maʼlumotlarning mundarijasini maʼlumotnoma (spravochnik) kabi saqlaydi va oʻsha maʼlumotlar joylashgan "Internet adresi"ni abonentga beradi. Mazkur adres boʻyicha maʼlumotlar "Internet varaqchalari" da saqlanadi. Abonent biror maʼlumotni, mas, "paxta" soʻzini qidiruv dvigateli orqali qidirsa, shu soʻzga tegishli maʼlumotlarni, paxta bilan ish olib boradigan kompaniyalar roʻyxatini yoki jahon birjasida paxtaning narxini abonent kompyuterida chiqarib beradi. Internet varakchalari shaxsiy va rasmiy boʻlishi mumkin. Shaxsiy varaqchalar alohida shaxslar tomonidan tuziladi va shu shaxslar haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Rasmiy varaqchalar idoralar, tashkilotlar, kompaniyalarga tegishli boʻladi, ularda hukumat idoralariga doir maʼlumotlar saqlanadi. Internet orqali savdo-sotiq ishlari, kom-paniyalar xizmatlarini yoki mahsulotlarni reklama qilishni keng yoʻlga qoʻyish, Internet varaqchalarida suratlar bilan berilgan mahsulotlarni harid qilish mumkin.
    Download 31.09 Kb.
    1   2




    Download 31.09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Internet hizmatlarining shakllari

    Download 31.09 Kb.