• ^ 4.1. Aloqa qismi.
  • ^ Yolak topologiyasi Yo’lak
  • Uzatish tizimi
  • ^ 4.2. Serverlar qismi.
  • Intranet o‘z tuzilishiga ko‘ra 4 asosiy qismdan tarkib topgan




    Download 281 Kb.
    bet7/20
    Sana15.03.2017
    Hajmi281 Kb.
    #129
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
    Intranet o‘z tuzilishiga ko‘ra 4 asosiy qismdan tarkib topgan: aloqa, server, mijoz va himoya qismlari. SHularning tuzilishi intranetning turlarini belgilaydi. Intranetning tugunlari bo‘lmish server qismi serverlar soni, ularning jug‘rofiy joylashishi va xizmat turlari bilan xarakterlanadi. Eng sodda Intranet tuzilmasi yagona serverga (bitta tugunga) ega bo‘lib, unda Intranetda ko‘rsatiladigan barcha xizmat dasturlari mujassamlanadi. Murakkab Intranet tuzilmasida bir necha server (ko‘p tugun) bo‘lib, ular bir-biriga yaqin – mahalliy tarmoqda, yoki serverlar guruhlariga birlashib, bir-biridan olisda, turli mahalliy tarmoqlar tarkibida bo‘ladi.

    ^ 4.1. Aloqa qismi.

    Intranetning aloqa qismi mahalliy kompyuter tarmog’i(LAN – Local Area Net)ning kompyuterlarsiz qismi yoki joylardagi kompyuterlar va LANlarni bir-biriga bog’lovchi mintaqaviy (yo hududiy) aloqa(kommunikatsiya) tarmog’i (WAN – Wide Area Net) tarzida tarkib topgan bo‘ladi. Intranetning aloqa qismi LAN yo/va WAN texnologiyasining aynan o’zidir.

    ^ Intranet sxemasi.

    Intranet sxemasi yuridik shaxs tarkibiy qismlarining jo‘g‘rofiy joylashishiga bog‘liq. Intranet sxemasi turlari ko‘p. Quyidagi sxema turlari ko‘p uchraydi:


    • Mahalliy kompyuter tarmog‘iga Intranet-texnologiyasini tadbiq etish asosida hosil etilgan yagona serverli Intranet



      Yuridik shaxsning turli mintaqalar va hududlardagi mahalliy kompyuter tarmoqlarini birlashtirgan intranet



     Yuqorida keltirilgan mahalliy kompyuter tarmoqlari – LANlar shartli suratda yo'lak topologiyasida keltirilgan. Ularning ayrimlari yulduz yo halqa topologiyasida ham bo'lishi mumkin. Shuningdek mijozlar va serverlar o'zaro quyida keltirilgani kabi mavjud paket uzib ulash tizimi asosida ham hosil qilinishi mumkin.



    Quyida har qanday Intranetning aloqa qismi tarkibiga kiruvchi mahalliy kompyuter tarmog'i - LAN xaqida to'xtab o'tamiz.

    LAN atamasi dastlab Mr. Clark tomonidan 1978 yilda qo‘llanilgan. LAN – yuridik shaxs idorasi, kolledj, zavod, laboratoriya, institut kabi kichik bir hudud doirasida tarqalgan axborot texnikasi vositalari (kompyuter, bosgich, terminal, shlyuz va sh.o‘.)ni bir-biri bilan aloqa vositalari orqali bog‘lab beruvchi kompyuter tarmog‘idir.

    ^ LAN texnologiyasi tarmoq texnologiyasi, uzatish muhiti, uzatish tizimi va bog‘lanib olish (kirish) tizimi bilan belgilanadi. Hozirgi kunda LAN texnologiyalari ichida Ethernet, Microsoft Token Ring ko’proq qo’llaniladi.

    ^ Tarmoq texnologiyasi aloqa kanallarining barcha terminallar bilan ulanish sxemasi. Ulanish sxemasining yulduz, yo‘lak (inglizcha-bus, ruscha-shina, magistral) va halqa topologiyalari farqlanadi.


    • ^ Yulduz topologiyasi

    Yulduz topologiyasiga ketadigan sarf-xarajatlar va uning iloji boricha kattaroq hududga qo’llanilish imkoniyatlari hamda tugunning o’tkazaoluvchanlik qobiliyati o’rtacha ko’rsatkichlarga ega bo’lib, puxtaligi(ruscha-nadyojnost) bo’yicha a’lo sanaladi.

      


    • ^ Yo'lak topologiyasi

    Yo’lak topologiyasining puxtaligi o’rtacha bo'lib narxi arzon, lekin iloji boricha kattaroq hududga qo’llanilish imkoniyatlari va tugunning o’tkazaoluvchanlik qobiliyati past.

    ^ halqa topologiyasi boshqalardan qimmatroq, shunga yarasha uning barcha ko’rsatkichlari ham boshqalarnikidan kam emas.





    ^ Uzatish tizimi asosiy polosali (arzon, lekin turfa muhit bilan ishlamaydi) yo keng polosali (qimmat, ammo turfa muhit bilan ishlaydi) bo‘lishi mumkin.

    ^ Uzatish muhiti sifatida metall simli (juft o’rama simli kabel, koaksial kabel ) va shaffof tolali kabel yo bo‘lmasa, simsiz muhit (radio va aloqa muhiti – efir) dan foydalaniladi..

    Juft o’rama mis simli ekransiz kabel eng arzon bo’lib past o‘tkazaolish tezligi 1--100 Mbit/s bilan xarakterlansa, shaffof tolali kabel eng qimmat bo’lib, eng yuqori o‘tkazish tezligi (103 Mbit/s)ga va signal uzatish bo’yicha eng yaxshi sifatga ega. Ethernet texnologiyasida yulduz topologiyasi tanlanganda ko’pincha arzon yechim sifatida ekranlanmagan yo ekranlangan(bu ekranlanmaganga nisbatan ikki marta qimmatga tushadi) juft o’rama simli kabeldan, yo’lak topologiyasidan foydalanilganda koaksial kabeldan ko’proq foydalaniladi.

    ^ Bog‘lanib olish tizimi signalni effektiv va aniq jo‘natib va qabul qilib olish jarayonlarining tartibini belgilaydi. Buning uchun paket kommutatsiyasidan foydalanuvchi uzatish liniyasining bo‘shashini kutishga va ramz(token) signali orqali navbat berishga(Token Ring texnologiyasidagi kabi) yoki kanallar kommutatsiyasiga asoslangan – vaqt bo‘yicha ajratib kanallar sonini ko‘paytirish usullari qo‘llaniladi. Oxirgi holda kanalni boshqaruvchi qurilmaga so‘rov orqali bo‘sh kanal so‘rab olinib undan foydalaniladi. Bu usul TDMA tizimi bo‘lib, 460 Mbit/s tezlikka erishish imkonini beradi. Lekin bu usuldan foydalanish arzon ham emas, juda qimmat ham emas.

    Intranetning o‘lchamlarini Web- serverga baravariga ulanishi kutilgan mijozlar soni va aloqa kanallarining axborot o‘tkaza olish qobiliyati belgilaydi.Yuridik shaxs hududi katta bo'lsa Intranet birnecha LAN segmentlarini yagona LANga yoki birnecha LANlarni WANga birlashtirish orqali shakllantiriladi. Bu hollarda LAN segmentlari va LANlarni bog'lovchi aloqa kanallari takrorlovchi(repitor)lar, ko'prik(bridg)lar, marshrutlovchi(router)lar va shlyuz(gateway)lar orqali bir-birlari bilan ulanadilar.





    ^  Intranetning axborot xavfsizligi muammosining qo‘yilishi, shu jumladan, himoya vositalari sifatida brandmauerlarning serverlarga nisbatan o‘rni hamda Intranetning Internet bilan bog'lanish usuli ham albatta topologiyaga ta'sir etadi.



    Axborot xavfsizligi masalalari alohida mavzuda qaralgan.

    ^ 4.2. Serverlar qismi.


    Download 281 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




    Download 281 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Intranet o‘z tuzilishiga ko‘ra 4 asosiy qismdan tarkib topgan

    Download 281 Kb.