Tarmoq amal tizimi sifatida Windows NT Server 4.0 intranet serveri uchun ko‘proq tavsiya etiladi. Bu tarmoq amal tizimi (32 razryadli) bo‘lib, barqaror arxitekturaga ega, undan foydalanish oson, yuqori ko‘rsatkichlarga ega.
^ Windows NT Server 4.0 tarkibiga:
-Web – server (MIIS - Microsoft Internet Information Server 2.0);
-Microsoft Index Server - Web serverlarda sahifalarni avtomatik indekslash va axborot izlash vositasi;
-Microsoft Front Page –Web – sayt (sahifalar majmui) yaratish vositasi);
-Microsoft Internet Explorer – keng hududga tarqalgan tarmoqdagi va Internetdagi axborot dasturlarini ko‘rib olish vositasi va boshqa dasturlar, shu jumladan, DNS, WINS ham kiradi.
Windows NT Serveridan fayl-server, bosma-server, amaliy ishlanmalar serveri, domen nazoratchisi, olisdan ulanish serveri (Remote Access Service – RAS), Internet serveri, axborot xavfsizligi serveri, ma’lumotlarni rezervlash serveri, aloqa serveri, yordamchi xizmatlar serveri sifatida foydalanish mumkin.U elektron pochta, fayl serveri, ma’lumotlar bazasi serveri va aloqa serveri uchun yagona platformadir. U IBM meynfreymlari, Net Ware va UNIX asosidagi tizimlar bilan ham ishlay oladi. U shu kungacha ko‘p tarqalgan barcha tarmoq protokollari - TCP/IP, IPX, SPX, NetBEUI, AppleTalk, DLC, HTTP, SNA, PPP va PPTP lar bilan, hamda mijoz amal tizimlarining bugungi keng tarqalgan barcha turlari bilan ishlaydi.
Windows NTning kataloglar xizmati bir domenda 25 ming foydalanuvchi va butun tashkilot bo‘yicha yuzlab ming foydalanuvchini qo‘llab quvvatlaydi. Undan kichik va o‘rtacha tugunlar uchun marshrutlovchi sifatida foydalanish mumkin. Bunda qo‘shimcha jihozga hojat yo‘q. TCP/IP, IPX/SPX va AppleTalk protokollari uchun marshrutlovchi vazifasini o‘taydi.
Windows NT Server 4.0 o‘rnatish uchun Intranet serverining konfiguratsiyasi quyidagi talablarga javob berishi lozim:
-486/33 yoki undan yuqori, yoki Pentium protsessori yoki Pentium Pro(II) kompyuteri;
-160 Mb bo‘sh disk makoni;
-Intel protsessori, RISC yoki Windows NT Server 4.0 bilan moslashuvchan boshqa protsessor;
-tarmoq adapteri yoki boshqa tarmoq jihozi, tarmoq platasi mahalliy tarmoqqa ulangan;
-16 Mb operativ xotira;
-CD-ROOM yoki ulab qo‘yilgan tarmoq diski;
-VGA, Super VGA yoki Windows NT Server 4.0 bilan moslashuvchan grafik adapter.
Kompyuterga Windows NT Server 4.0 ni o‘rnatib bo‘lgach, Microsoft TSP/IP protokolini o‘rnatib (installyatsiya qilib) uning yaxshi ishlab ketishi uchun kompyuterdagi har bir tarmoq platasi uchun IP-manzil, tarmoq qismi maskasi, shlyuz va uning DNS(Domain Name Systems) nomi berilib, avtomatik yo qo‘lda sozlab qo‘yiladi. So‘ngra kompyuterga WINS (Windows Internet Naming Service) va DNS serveri (agar lozim bo‘lsa) qo‘lda o‘rnatilib, u konfiguratsiyalab qo‘yiladi, so‘ngra uning nomi va manzili o‘z ona (shajara bo‘yicha yuqori pog‘onadagi) serveridagi ro‘yxatga kiritib qo‘yiladi. DNS (tarmoqda bo‘lishi shart bo‘lsa), WINS bilan birlashtiriladi. WINS Microsoft kompaniyasi amal tizimlari boshqaruvi ostida ishlaydigan mijozlar nomlarini IP – manzil (kompyuter nomi)ga aylantirish xizmatini bajarsa, DNS bunday vazifani boshqa platformalarda ishlaydigan mijozlar va tugunlar nomlari uchun bajaradi..
Kompyuter – serverning tarmoq platasi mahalliy tarmoqqa ulanadi unga IIS o‘rnatiladi. IIS 2.0 dan keyin ishlab chiqilgan IIS 3.0 avvalgi server kabi uch asosiy server – Web-, FTP-, GOPHER serverlardan tashkil topgan bo‘lib, protokollarni tahlillashda multimediani (Microsoft Netshow), foydalanuvchilarni autentifikatsiyalash uchun SSL 3.0 (Security Socket Layer 3.0) protokolini va Microsoft Front Page qo‘shimchalarini qo‘llab-quvvatlovchi, ishlash uchun katta qulayliklar yaratuvchi qo‘shimcha vositalarga ega. SHundan so‘ng Intranet xizmat turlarini sozlab chiqiladi va konfiguratsiyalanadi.
^ Web-serverni o‘rnatish.
Web-server Intranetning asosiy dastur ta'minoti bo‘lgani tufayli uni to‘g‘ri tanlash lozim. Windows NT li tarmoqqa eng to‘g‘ri keladigani MIIS, Novell tarmoqlari uchun NetWare Web Serverdir. Ularning bepul, shartli-bepul turlarini ham hisobga olish lozim. Eng yaxshi Web-serverlarda qo‘shimcha tarzda xavfsizlikni ta'minlash shu jumladan, shifrlash vositalari, ma'lumot bazalariga ulanish vositalari va boshqa imkoniyatlar mavjud.
^ Axborot mazmuni.
Avvaldan Intranetda qanday turdagi axborot oqimlari bo‘lishi lozimligi va axborotdan hamkorlikda foydalanish qanday tashkil etilishi lozimligi belgilab olinishi lozim. Buning uchun ishchi guruhdagi foydalanuvchilar vakillari yuridik shaxs bo‘limlari bilan maslahatlashib turishlari lozim. Axborot manbalarini joylashtirish sxemasi va ularni biridan boshqasiga o‘tish masalalariga aniqlik kiritish lozim bo‘ladi.
^ Web-server tuzilmasi.
Web-server tuzilmasini unga qo‘yiladigan axborot tuzilmasi bildiradi va bu Intranetdan foydalanish qulayliklarini belgilaydi. Web-server tuzilmasi sxemasi nashr etiladigan axborotlar xarakteriga bog‘liq bo‘lib, zarur axborotga yaqin yo‘ldan o‘tish imkonini berishi lozim.
Web-server tuzilmasini uch asosiy sxemasi keng tarqalgan. Bular: ketma-ket, to'rsimon va shajara (daraxt) sxemalardir.
^ Ketma-ket sxema kitobdagi axborot bo‘laklarining joylashishiga o‘xshash. Unda axborot qismlarga, qismlar boblarga, boblar paragraflarga bo‘lingan va ular ketma-ket ishoratlar bilan o‘zaro bog‘langan. Menyu va indeks zarur bo‘limga o‘tishga imkon beradi. Har bir Web sahifa uchun bitta avvalgi va bitta keyingi sahifa bilan ishoratlar orqali bog‘lanish beriladi.
^ Ko'p konturli (inglizcha - mesh) sxemada har bir sahifa bir necha boshqa sahifalar bilan ishoratlar orqali bog‘langan bo‘ladi, va har bir yangi sahifa bir necha boshqa sahifalar bilan bog‘langan. Mazmun taqsimoti axborot mavzuiga mos bo‘lib ishoratlar unga yaqin mavzu yo bo‘limga qaratilgan.
^ Daraxt (inglizcha - Hierarhy) sxemasi. Web-serverning ildiz tuguniga tegishli bosh sahifadan boshlanib, undan sinf-tur yoki butun - bo'lak munosabati asosida berilgan axborot bo‘limlariga ishoratlar beradi.
Bu sxema ayniqsa izlash serverlari uchun asosiy sxemadir. Bu sxemaning xususiy xoli ketma-ketlik sxemasi bo'lib daraxtdagi biror yo‘ldangina iborat. Web -sahifalar yaratish bundan avvalgi alohida mavzuda keng yoritilgan.
^ Web-serverning ishchanligi.
Web-serverga bir vaqtning o‘zida ulanishlar soni ko‘payib ketib u turfa muhitli axborotlar bilan ishlashga oid o‘z vazifasini eplay olmay qolishi mumkin. SHuning uchun Web-serverning texnikaviy(apparat) ta'minoti uning yukiga mos kelishi kerak. Web-serverning ishchanligi uni tarmoqqa birlashtirish vositalariga va tarmoq aloqa kanallarining o‘tkaza olish qobiliyatiga ham bog‘liq. Web-serverning yuki haqida undagi o‘rtacha axborot oqimi tezligi asosida fikr yuritish mumkin.
Web-serverdan chiqishi talab etiladigan axborot oqimining tezligi v [bit/s] unga kundalik o‘rtacha ulanishlar soni U va har bir ulanishda uzatiladigan fayllarning o‘rtacha hajmi X [kilo bayt] orqali quyidagi ifodadan topiladi.
|