|
Qurilishda narxni shakllantirish asoslari. Qurilish ob’ektining shartnoma narxlari
|
bet | 32/79 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 0,79 Mb. | | #142832 |
Bog'liq Инвестиция фанидан якуний назорат ишининг ҷавоблари.Qurilishda narxni shakllantirish asoslari. Qurilish ob’ektining shartnoma narxlari
Kapital qurilishda xo’jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish, shartnoma majburiyatlariga rioya etilishi va qurilishning pirovard natijalari uchun investitsiya jarayoni qatnashchilarining javobgarligini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12 sentyabr 2003 yildagi «Kapital qurilishda xo’jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlar to’g’risida»gi 395-sonli Qarorida O’zbekistonda kapital qurilishdagi shartnomaviy narxlar yagona uslubiyoti barcha mulk shakllari uchun qabul qilindi. Ta’kidlash joizki, shartnomaviy narxlar bozordagi mavjud sharoitlarni hisobga olgan material qiymatning kon’yunkturasi, ishlatiladigan mashina va mexanizmlar qiymati hamda pudrat tashkilotlarining foydasini anglatadi. Shartnoma O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni hamda kapital qurilish sohasidagi boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq tuziladi. Ushu qarorda past rentabelli va zarar ko’rib ishlayotgan pudrat-qurilish tashkilotlarini xususiylashtirishda tegishli investitsiya majburiyatlari mavjud bo’lgan taqdirda ob’ektlarni qonun hujjatlariga muvofiq bepul berishga ruxsat etildi. Shuningdek, markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilishni tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash tartibi to’g’risidagi Nizom, ob’ektlarni foydalanishga tayyor holda qurishga doir Namunaviy pudrat shartnomasi hamda «O’zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish tartibi to’g’risida»gi Nizomlar tasdiqlandi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 24 oktyabrdagi «Kapital qurilishda narxlarni shakllantirishning smeta-normativ bazasini takomillashtirish va yangilash chora-tadbirlari to’g’risida»gi 463-sonli Qarori qabul qilindi. Qarorda «Davarxitektqurilish» qo’mitasi amaldagi yakka tartibdagi va idoraviy smeta me’yorlarini, ularning maqsadga muvofiqligini, asoslanganligini hamda qo’mitaning me’yoriy hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligini aniqlash maqsadida to’liq xatlovdan o’tkazilishi hamda xatlovdan o’tkazish uchun «Davarxitektqurilish» qo’mitasi ekspert komissiyalari tashkil etilishi hamda idoraviy smeta me’yorlarini keskin qisqartirish chora-tadbirlari belgilab berildi. Shuningdek, joriy shartnomaviy narxlarni belgilash uchun idoraviy smeta me’yorlari faqat ular «Davarxitektqurilish» qo’mitasi bilan belgilangan tartibda majburiy ravishda kelishib olingan taqdirda kuchga ega bo’lishi qayd etilgan. Kapital qurilish sohasida tovarlar, ishlar va xizmatlar xaridining yagona tizimini yaratish, tanlov savdolarini tashkil etish va o’tkazish mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 3 iyuldagi «Kapital qurilishda tanlov savdolari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 302-sonli Qarori qabul qilinib, unda:
– markazlashtirilgan manbalar, davlat boshqaruv organlari va davlat korxonalari mablag’lari hisobiga moliyalashtiriladigan kapital qurilish bilan bog’liq tovarlar, ishlar va xizmatlar xaridi faqat tanlov savdolari natijalari bo’yicha amalga oshirishi;
– kapital qurilish bilan bog’liq tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilishda tanlov savdolari majburiy o’tkazilishi uchun buyurtmachilar, tanlov savdolarini o’tkazishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tanlov savdolari tashkilotchilari javob berishlari;
– sifatli bajarilgan ishlar va xizmatlarni o’z vaqtida va to’liq moliyalashtirish yuzasidan shartnoma shartlari bajarilmaganligi uchun shartnoma shartlariga muvofiq buyurtmachi moddiy javob berishi, shuningdek, ko’rsatib o’tilgan sabablar natijasida soliq organlari tomonidan hisoblangan, ularga to’langan jarimalar va penyani pudratchiga to’liq qoplashi;
– tanlov savdolari natijalari bo’yicha tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan shartlarning o’zgarishi, buyurtmachi bilan pudratchi o’rtasida kelishuv mavjudligidan qat’iy nazar, faqat ular belgilangan tartibda tanlov komissiyasi tomonidan ko’rib chiqilgandan va tasdiqlangandan keyin qabul qilingan, deb hisoblanishi;
– qurilishning amaldagi qiymatini tanlov savdolari natijalari bo’yicha shartnomada belgilangan shartnomaviy narxga nisbatan kamaytirish natijasida tejalgan mablag’lar pudrat tashkilotining tasarrufida qolishi belgilab qo’yildi.
77. Kapital qo’yilmalar samaradorligini baholash.
78. Kapital qurilishda nazorat ishlarini olib borish.
|
| |