Kapital qo’yilmalar samaradorligini baholash. Kapital qurilishda nazorat ishlarini olib borish




Download 0,79 Mb.
bet33/79
Sana22.01.2024
Hajmi0,79 Mb.
#142832
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   79
Bog'liq
Инвестиция фанидан якуний назорат ишининг ҷавоблари.

Kapital qo’yilmalar samaradorligini baholash. Kapital qurilishda nazorat ishlarini olib borish
Zamonaviy sharoitda shunday vaziyat yuzaga keldiki, korxonalar, loyihalash va ilmiy-tadqiqot institutlari, banklar va boshqa tijorat tashkilotlari investitsiyalarni iqtisodiy asoslashning zamonaviy uslubiyoti bilan qurollanmaganligi ulardan foydalanish samaradorligiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
So’nggi yillarda iqtisodiy adabiyotlarda investitsiyalarni iqtisodiy asoslash uslubiyotiga bag’ishlangan ko’pgina masalalar yoritib kelinmoqda. Shu boisdan tijorat tashkilotlari uchun ma’qul va tushunarli bo’lgan hamda xalqaro amaliyotni hisobga oluvchi investitsiyalarni iqtisodiy asoslashning umumtanolingan uslubiyotini ishlab chiqish nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi.
Sobiq Ittifoq davrida kapital qo’yilmalarning absolyut va taqqoslama samaradorligini aniqlash uslubiyoti amal qilar edi. Mazkur uslubiyot yagona bo’lib, amaliyotda keng qo’llanildi va hozirgi davrgacha ham ushbu uslubiyot o’z kuchini yo’qotgani yo’q.
Kapital qo’yilmalarning absolyut va taqqoslama samaradorligini aniqlash uslubiyoti ikki usuldan iborat bo’lib, birinchisi, kapital qo’yilmalarning absolyut samaradorligini aniqlash uslubiyoti, ikkinchisi, kapital qo’yilmalarning taqqoslama samaradorligini aniqlash uslubiyotidir.
Mazkur uslubiyotning ayrim jihatlariga to’xtalib o’tamiz.

  1. Kapital qo’yilmalarning iqtisodiy samaradorlik koeffitsienti (Ekp). Ushbu ko’rsatkich foydaning kapital qo’yilmalar hajmiga nisbati orqali aniqlanadi:

Ekp (umumiy)

=

P

(9.2),

K




Ekp (ishlab chiqarishda)

=

Ts – S

(9.3),

K


Ekp (savdoda)

=

N – I

(9.4),

K

bu erda: P – rejalashtirilgan davrdagi yillik foyda; K – ob’ekt qurilishga kapital qo’yilmalar (qurilayotgan ob’ektning smeta qiymati); Ts – loyiha bo’yicha bir yilda ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati (ulgurji narxlarda, soliqsiz); S – mahsulot ishlab chiqarishning yillik tannarxi; N – savdo ustamalari summasi (chegirma va ustamalar); I – muomala xarajatlari summasi.



  1. Kapital qo’yilmalarning qoplash muddati (Tkp). Mazkur ko’rsatkich kapital qo’yilmalar hajmining foydaga nisbati bilan aniqlanadi va quyidagi formula ko’rinishiga ega:




Tkp (barcha korxonalar uchun umumiy)

=

K

(9.5),

P




Tkp (ishlab chiqarishda)

=

K

(9.6),

Ts – S




Ekp (savdoda)

=

K

(9.7)

N – I

O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o’tishi munosabati bilan yuqorida ta’kidlangan uslubiyot ma’naviy jihatdan eskirdi va amaliyotda undan keng foydalanish mumkin emas. Avvalo, buning sababini ko’rsatishdan oldin, nima uchun ushbu uslubiyot ma’naviy jihatdan eskirganligining mohiyatini oydinlashtirish zarur bo’ladi. Xususan, kapital qo’yilmalarning yuqorida ta’kidlangan uslubiyotida vaqt omili hisobga olinmas edi, ya’ni mahsulot ishlab chiqarish hajmi, uning tannarxi, foyda va rentabellik darajalari vaqt omilini hisobga olgan holda hisob-kitob qilinmas edi.


Bugungi kunda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar kapital qo’yilmalarning samaradorligini baholashda vaqt omilini hisobga olishi va mahsulot ishlab chiqarish hajmi, uning tannarxi, foyda va rentabellik darajalarining vaqt mobaynida o’zgarishini baholashi lozimdir. Bunday operatsiya diskontlashtirish deb nomlandi.
Kapital qurilish ishlarining yuqori sifat darajasiga erishishda qurilish sifati yuzasidan olib boriladigan nazorat muhim o’rin egallaydi. Qurilish sifati yuzasidan nazorat qurilish-montaj ishlarining, shuningdek, qurilish materiallari va buyumlarining muvofiqligini tekshirishni anglatadi. Qurilish-montaj ishlarining sifati bo’yicha nazoratni davlat muassasalari, buyurtmachilar va loyihaviy tashkilotlar (loyiha mualliflari) amalga oshiradilar. Bunda ichki va tashqi nazorat farqlanadi. Qurilish sifati bo’yicha davlat nazoratini davlat hokimiyati organlari, tegishli qo’mitalar (Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, Davarxitekqurilish qo’mitasi) amalga oshiradilar. Ushbu muassasalar loiyhaviy hujjatlar bo’yicha bajarilgan ishlarning muvofiqligini tekshiradi. Qurilish nazoratini amalga oshirish tartibi me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.
79. Investitsiya dasturining mohiyati, ahamiyati
80. Investitsiya dasturi va uni shakllantirishning asosiy tamoyillari va ustuvor yo’nalishlari.

Download 0,79 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   79




Download 0,79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kapital qo’yilmalar samaradorligini baholash. Kapital qurilishda nazorat ishlarini olib borish

Download 0,79 Mb.