Iqtisod-moliya




Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/191
Sana24.05.2024
Hajmi3,23 Mb.
#252938
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191
Bog'liq
A T KENJABOYEV, M YU JUMANIYAZOVA ELEKTRON BIZNES ASOSLARI O`quv

BBK65.9 (5Ў)09 я7 
ISBN 978-9943-13-088-3 
© “IQTISOD-MOLIYA”, 2008 
©
 Kenjaboyev А.T
., 
Jumaniyozova M.Yu, 2008 
2


KIRISH 
O‘zbekiston iqtisodiyotining shakllantirilishi va kelgusida uni iz- 
chil rivojlantirilishiga yuqori iqtisodiy samaradorlikni ta’minlovchi elek- 
tron biznesning zamonaviy konsepsiyasini keng miqyosda qo‘llamas- 
dan erishib bo‘lmaydi. 
Bugungi kunda elektron biznes tizimi infratuzilmasi, zamonaviy 
modellari, tashkiliy-iqtisodiy qarorlarni qabul qilish tamoyillari va usul- 
larini ishlab chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator nazariy va uslubiy 
masalalar hali o‘z yechimini topmagan. Qabul qilingan qonunchilik ba- 
zasi hamda O‘zbekiston iqtisodiyotining zamonaviy xususiyatlarini hi- 
sobga olgan, samarali amal qiladigan elektron biznesni qurishning na- 
zariy va uslubiy asoslari yetarli darajada ishlab chiqilmagan. Bozor iqti- 
sodiyoti talablariga javob beradigan Internet-kompaniyani hamda uning 
tarkibida elektron magazinlarni tashkil qilishning, shuningdek, ularning 
qiymatini baholashning eng samarali varianti mavjud emas. 
O‘quv adabiyotlarida yetarli darajada bayon qilinmagan elektron 
biznesni tashkil qilish, joriy etish, amal qilishi, faoliyat natijalarini baho- 
lashning iqtisodiy samaradorligini asoslash bilan bog‘langan nazariy va 
uslubiy muammolarni, shuningdek, ko‘p maqsadli modellar hamda ma- 
tematik usullarni qo‘llash asosida biznes qiymatini baholash masalalari 
mazkur nashrda yoritilgan. 
Darslikda boy raqamli va ko‘rgazmali materiallar taqdim etilgan. 
Ko‘p maqsadli yondashuv g‘oyasini amalga oshiradigan, elektron biznes 
tizimi masalalarini yechishning tavsiya etilgan barcha maqbullashtiruvchi 
matematik usullariga batafsil hisob-kitoblar ilova qilingan, matndagi isho- 
ralar mustaqil bo‘lib, yagona iqtisodiy axborot maydonini tashkil qiladi. 
Ommaviy axborotni an’anaviy vositalaridan farqli o‘laroq, Internet 
quyidagi muhim afzalliklarga ega: interfaollik, muallif va kitobxon o‘r- 
tasida teskari aloqaning mavjudligi, foydalanuvchiga shaxsiy yondashuv 
qo‘llash imkoniyati, axborot taqdim etishning yuqori tezligi. Narxi esa 
muxbirning olisligiga ham, uzatilayotgan xabarning hajmiga ham bog‘- 
liq emas (odatda, faqatgina Internetga kirish uchun haq to‘lanadi). 
3



Download 3,23 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191




Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish