Turli elektron magazinlarda qo‘llaniladigan
to‘lov usullari
Salmog‘i, %
Naqd pul
Oldindan pul o‘tkazish
On-line to‘lov
Ustama to‘lov
95
55
21
8
1.8-jadval
Elektron magazinlarda xarid pulini to‘lashning
haqiqatda qo‘llaniladigan usullari
Yuqoridagi jadvaldan ko‘ringanidek,
elektron magazinlarda tovar
xarid qilganlarning ma’lum soni tovarni tanlash qulayligi, narxi, yetka-
zib berishning qulayligi va tezkorligi kabi omillarga e’tibor beradi.
1.3. Elektron biznes tizimlaridan foydalanish muammolari
Oldi-sotdi harakatlari va pul muomalasi bilan bog‘langan hamma
narsa kabi, elektron biznes
xaridorlar uchun ham ijobiy, ham salbiy oqi-
batlarga ega. Amerikaning SIO Communications korporatsiyasi tomo-
nidan o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, oddiy xaridorlar va ekspert-
xaridorlar elektron biznes tizimlari yordamida tovarlar
va xizmatlarni
sotib olish borasida bir xil shubha bildiradilar. (Ekspertlar guruhiga In-
ternet bilan yaqindan tanish bo‘lganlar kiritilgan – biznes hamda axbo-
rot texnologiyalari sohasidan mansabdor shaxslar).
SIO jurnali so‘rovda qatnashish uchun 300 ta oddiy xaridorni va biz-
nes hamda axborot texnologiyalari sohasidan 200
ta mansabdor shaxsni
jalb qildi. Ular elektron biznes tizimini qo‘llash bilan bog‘liq ehtimolli mu-
ammolar bo‘yicha prognoz baholarini berdilar, shuningdek, o‘z salbiy taj-
ribalari bilan tanishtirdilar.
Shunisi aniqlandiki, xaridorlarning ikkala guruhi
kredit kartalari bi-
lan qalloblikdan, Internet-xaridorning ismi va manzilini bilib olgan shil-
qim tovar tarqatuvchilardan,
shaxsiy hayotga aralashuvdan, tovarni yet-
kazish vaqtida aldovdan hamda xaridorni shaxsiy identifikatsion xarak-
teristikalarini o‘g‘irlashlaridan xavfsiraydilar
2
.
Bu ikkala guruh bergan elektron biznes
tizimidan foydalanishdan
ehtimolli salbiy oqibatlarning prognoz baholari 1.9-jadvalda keltirilgan.
2
Электронная коммерция глазами покупателей // Мир электронной коммерции, 2000, № 2.
10