10. Elektron magazin amal qilishi uchun me’yordagi sharoitlarni
tashkil qilish va ta’minlashning
qiymati yuqoriligi; elektron magazin
tashkil qilish qiymati 5 ming AQSH dollaridan 150 ming AQSH dolla-
rigachani tashkil qiladi.
11. Kerakli ma’lumotga kirish nuqtalari soni cheklanganligi sabab-
li tarmoqda kerak bo‘lgan tovar yoki xizmatni izlashning nisbatan ser-
mashaqqatliligi.
12. O‘zbekiston fuqarolarining aksariyati uchun Internetga kirish
qimmat hisoblanadi.
13. Internet tarmog‘ining o‘ziga ma’lum bo‘lgan ishonchsizlik bor-
ligi. Internet tarmog‘ida sug‘urta tizimi va kibernatoriatni tashkil qilish
bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar hal qilinmaganligi.
Shunday qilib, xulosa qilish mumkinki, ba’zi
bir salbiy tomonlar va
ma’lum qiyinchiliklar mavjudligiga qaramasdan, salohiyatli xaridorlar
tovarlar hamda xizmatlarni sotib olish vaqtida elektron biznes tizimlari-
dan foydalanishdan voz kechishni istamaydilar.
O‘zbekistonda aholi tomonidan tovarlar va xizmatlarni sotib olish
uchun elektron biznes tizimlaridan foydalanish miqyosini sezilarli chek-
laydigan sabablar AQShga va G‘arbga nisbatan ko‘proq uchraydi. Aso-
siy sabablar quyidagilardir:
1. Milliy iqtisodiyotning barcha sohalarida
davom etayotgan mun-
tazam tanglik natijasida aholining to‘lovga elektron layoqati cheklanadi.
2. Yuqori malakali elektron magazin loyihalashtiruvchilarining kamli-
gi, shuningdek, ishonchli, samarali va arzon dasturiy vositalar yetishmasligi.
3. Internet tarmog‘i foydalanuvchilarining soni nisbatan kamligi sa-
babli elektron bozorda xaridorlar soni cheklanganligi.
4. Salohiyatli xaridorlar tomonidan to‘lovning yangi shakllariga
ko‘rsatilgan ishonchsizlik.
Elektron savdoning muhim iqtisodiy afzalligi shundan
iboratki, u
muomala sarf-xarajatlarini 20-30 foizga kamaytirishga ruxsat beradi.
Jahon savdo tashkiloti a’zolari bo‘lgan mamlakatlar tarkibining ya-
nada kengayishi hamda uning doirasida aloqaning asosiy vositalariga oid
Kelishuv qabul qilinishi global (jahon) elektron biznes bozorini tashkil
qilish uchun qulay imkoniyat yaratadi.
Barcha mahalliy elektron magazinlar bir qator muammolarga uchra-
moqdalar. Ulardan eng muhimlari:
– davlat yoki mahalliy hokimiyat tomonidan elektron biznes tizim-
laridan keng foydalanishning qonuniyligi hamda
iqtisodiy maqsadga
14
muvofiqligi g‘oyalarini targ‘ibot qilish me’yor darajasida amalga oshi-
rilmasligi;
– elektron kredit kartochkalari egalari sonining nihoyatda cheklan-
ganligi;
– elektron to‘lov tizimi yaxshi rivojlanmaganligi; shu sababdan res-
publikada xarid uchun haq to‘lashda hozircha “inson-inson” aloqasi za-
rur va ustuvor bo‘lib qolmoqda.
Internet tarmog‘idan samarali foydalanishni yanada
rivojlantirish
maqsadida quyidagi asosiy muammolarni hal qilish talab etiladi:
– uzatilayotgan ma’lumot hajmining sezilarli o‘sish imkoniyatini
ta’minlash;
– axborot tizimlarini samarali amal qilish samaradorligini oshirish
maqsadida tovushli va raqamli ma’lumot uzatilishini integratsiyalash;
– Internet tarmog‘ida ishlash uchun foydalanuvchilarning aksariyat
qismiga maqbul tariflarni ishlab chiqish;
– Internet tarmog‘i foydalanuvchilariga xizmat ko‘rsatishning bar-
cha bosqichlarida xavfsizlikning kerakli darajasini ta’minlash;
– narxlari ommaviy xaridor uchun qulay bo‘lgan yuqori quvvatli,
ishonchli va xavfsiz serverlarni ishlab chiqish.