• 2.1-jadval «Elektron biznes», «elektron savdo» tushunchalari ta’rifining tasnifi
  • II bob. ELEKTRON BIZNES TIZIMLARINI QURISHNING




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/191
    Sana24.05.2024
    Hajmi3,23 Mb.
    #252938
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   191
    Bog'liq
    A T KENJABOYEV, M YU JUMANIYAZOVA ELEKTRON BIZNES ASOSLARI O`quv

    II bob. ELEKTRON BIZNES TIZIMLARINI QURISHNING 
    NAZARIY ASOSLARI 
    2.1. Asosiy atamalar, kategoriyalar va tushunchalar 
    “Elektron biznes” fanining paydo bo‘lishi muomalaga yangi ata- 
    malar, kategoriyalar va tushunchalar kiritilishi bilan bog‘liq. Hozirda yangi 
    tushunchalar paydo bo‘ldi: elektron magazin, elektron vitrina, elektron pul- 
    lar, elektron to‘lov tizimlari, elektron raqamli imzo va h. k. 
    Bugungi kunda “Elektron biznes”, “Internet-biznes”, shuningdek, 
    “elektron savdo” kabi asosiy tushunchalarning turlicha ta’riflari ma’lum. 
    Har bir muallif o‘zining kasbiy tayyorgarligi va olgan tajribasiga ko‘ra 
    mazkur tushunchaga aniq ma’no kiritadi. “Elektron biznes” va “elektron 
    savdo” tushunchalarining klassifikatsiyasi 2.1-jadvalda keltirilgan. 
    2.1-jadval 
    «Elektron biznes», «elektron savdo» tushunchalari ta’rifining tasnifi 
    19 


    Yuqorida keltirilgan “elektron biznes” hamda “Internet-biznes” tu- 
    shunchalarining ta’rifi elektron biznesni zamonaviy tizimining barcha 
    elementlarini to‘liq aks ettirmaydi. Ularda mazkur tizimni amal qilish- 
    ning maqsadli yo‘nalishi mavjud emas, shuningdek, biznesni amalga 
    oshirishdagi prinsipial o‘zgarishlar aks ettirilmagan. “Internet-biznes” 
    tushunchasi faoliyat turlarini faqatgina savdo va reklama bilan cheklab 
    qoladi. Bir vaqtning o‘zida tadbirkorlik faoliyatidagi operatsiyalarining 
    katta hajmi mazkur tushunchaga kiritilmagan (mahsulotni taqsimlash 
    haqidagi bitim, savdo vakolati, faktoring, lizing, loyihalashtirish, kon- 
    salting, investitsiya bitimlari, foydalanish va konsessiya haqidagi keli- 
    shuv, birgalikdagi faoliyat va boshqalar). “Elektron biznes” tushuncha- 
    siga eng ma’qul ta’rif N.Solovyanenko tomonidan keltirilgan. 
    Elektron biznes
    – bu biznesni an’anaviy turlariga nisbatan yuqori 
    iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash maqsadida eng ilg‘or axborot tex- 
    nologiyalari va kommunikatsiya muhitidan foydalanishdir. 
    Ushbu ta’rifga ko‘ra, elektron biznes – bu faqatgina elektron savdo emas. 
    Elektron biznes – bu Internet tarmog‘ida yangi axborot va kom- 
    munikatsiya texnologiyalarini qo‘llashga asoslangan savdogina emas. 
    Uning tarkibiga turli biznes – operatsiyalarining katta miqdori kiradi. 
    Elektron biznes yordamida firma asosiy maqsadida ifodalangan iqtisodiy 
    va moliyaviy maqsadlarga erishish ta’minlanadi. 
    “Elektron biznes” atamasi har xil texnologiyalarni o‘z ichiga oladi, 
    ular: EDI (Electronic Data Interchange – ma’lumotlarni elektron alma- 
    shinuvi), elektron pochtasi, Internet, intranet (kompaniya ichida ma’lu- 
    mot almashish), ekstranet (tashqi dunyo bilan ma’lumot almashish). 
    Elektron savdo
    elektron biznesni alohida turi hisoblanadi. Bu sav- 
    doga ko‘ra, tovar yoki xizmatlarni yetkazib beruvchi ularni ma’lum to‘- 
    lov evaziga taqdim etadi. 
    “Elektron savdo chegaralari” kitobi mualliflari quyidagi umumiy 
    ta’rifni tavsiya etadilar: “Elektron biznes – biznesning zamonaviy uslu- 
    biyati bo‘lib, u tashkilotlar, ulgurji savdogarlar hamda iste’molchilarga 
    tovarlar va xizmatlar sifatini oshirgan holda sarf-xarajatlarni qisqartirish 
    hamda yetkazib berish tezligini oshirishga yordam beradi”. “Ko‘rinib 
    turganidek, mualliflar elektron biznes va umuman biznes o‘rtasida hech 
    qanday farqni e’tirof etmayaptilar. Bundan tashqari, “elektron savdo” tu- 
    shunchasining ushbu ta’rifi an’anaviy savdo uchun xos bo‘lgan tushun- 
    chadan hech qanday farq qilmaydi. 
    Ikkalasida ham sarf-xarajatlarni qisqartirish, tovarlar va xizmatlar si- 
    fatini oshirish, shuningdek, buyurtmalarni bajarish tezligini oshirish kerak. 
    20


    Elektron biznes
    – bu elektron usulda amalga oshiriladigan ishbilar- 
    monlik operatsiyalarining har qanday shakllarini o‘z ichiga oladigan 
    umumiy konsepsiyadir. 
    Elektron biznes tizimi tarkibiga quyidagilar kiradi: 
    · xarid uchun elektron to‘lov (pullarni elektron o‘tkazmasi, kredit 
    kartochkalari, elektron pullar, elektron cheklardan foydalangan holda); 
    · xaridorga mahsulotni yetkazib berish, jumladan jismoniy shaxs- 
    larga tovarlar yetkazib berishni boshqaruvi hamda uning nazorati, shu- 
    ningdek, elektron usulda tarqatilishi mumkin bo‘lgan tovarlarni bevosita 
    yetkazib berish; 
    · mustaqil amal qiladigan firmalar uchun qulay bo‘lmagan mah- 
    sulot va xizmatlarni taqdim etish imkoniyatini olish uchun mustaqil 
    kompaniyalar guruhidan iborat virtual korxonani tashkil qilish; 
    · ishlab chiqaruvchi – firma va uning savdo hamkorlari bilan bir- 
    galikda amalga oshiriladigan mustaqil biznes-jarayonlar realizatsiyasi. 
    Biznes-jarayon –
    bu ma’lum bir tashkiliy tuzilma doirasida kom- 
    paniyaning aniq biznes (tadbirkorlik) maqsadi amalga oshirishga yor- 
    dam beradigan o‘zaro bog‘langan operatsiyalar yig‘indisidir. Bunda tu- 
    zilmaviy bo‘linmalar funksiyalari hamda ularning o‘zaro aloqalari ol- 
    dindan aniq belgilangan va qat’iy tasdiqlangan. 
    Elektron biznes amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan faoliyat soha- 
    lari ham turlicha. 
    Elektron biznes amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan

    Download 3,23 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   191




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    II bob. ELEKTRON BIZNES TIZIMLARINI QURISHNING

    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish