1.5. Elektron biznes tizimlarini takomillashtirishning asosiy
yo‘nalishlari
Elektron biznes tizimlarini tashkil qilinishi nazariy va uslubiy jihat-
dan yaxshi ishlab chiqilmaganligi sababli quyidagi eng muhim muam-
molarni hal qilish talab etiladi:
– elektron biznesni boshqarish tizimida qo‘llanadigan asosiy kate-
goriyalar va tushunchalarni aniqlashtirish;
– elektron biznes tizimini qurishning asosiy ilmiy tamoyillarini ish-
lab chiqish;
– Internet-iqtisodiyotni tuzilmaviy modelini ishlab chiqish hamda
undagi elektron biznes tizimining o‘rnini asoslash;
– Internet yordamida amalga oshiriladigan elektron
biznes tizimi
modellarini qurilish xususiyatlarini ochib berish;
– Internet tarmog‘ida amalga oshiriladigan elektron biznesning
tashkiliy-iqtisodiy modellarini har xil turlarining klassifikatsiyasi;
– elektron biznesni qo‘llashning eng maqsadga muvofiq sohalarini
asoslab berish;
– elektron biznesni an’anaviy savdodan farqlaydigan,
uni prinsipial
xususiyatlarining klassifikatsiyasi;
– elektron biznes tizimi asosiy elementlari tarkibini asoslash;
– elektron magazinni tashkil qilishga qo‘yiladigan asosiy talablarni
ifodalash;
– elektron biznes tizimida qo‘llanadigan zamonaviy texnologiyalar
bahosi hamda ulardan maqsadli foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab
chiqish;
– elektron biznes tizimida hal qilinishni lozim bo‘lgan asosiy tash-
kiliy-iqtisodiy vazifalar majmuyini asoslash;
– elektron magazinni tashkil qilish
uchun maqsadga muvofiq das-
turiy vositani tanlovini asoslash bilan bog‘liq metodikani ishlab chiqish.
Ushbu metodika an’anaviy bir maqsadli yondashuv asosida emas, maz-
kur vazifani yechishga ko‘p maqsadli (ko‘p mezonli) yondashuv asosida
amalga oshiriladi hamda nisbatan yuqori iqtisodiy samaradorlikni ta’-
minlaydi;
– elektron biznesni barcha qatnashchilari tomonidan olinadigan
umumiy iqtisodiy manfaatlarni tartiblashtirish;
– ishlab chiqaruvchi – firmalar oladigan asosiy iqtisodiy-tashkiliy
afzalliklarning majmuyini aniqlash.
Elektron biznesni rivojlantirishda bugungi kunda O‘zbekistonda bir
qator muammolar mavjud. Bular:
16
– respublika to‘lov tizimlarini xorijiy to‘lov tizimlarini bilan uy-
g‘unlikda qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar yo‘qligi;
– elektron biznes tizimlarining zamonaviy infratuzilmasini yara-
tishda davlat tomonidan kerakli va keng miqyosdagi qo‘llab-quvvat-
lashning cheklanganligi;
– elektron biznes qatnashchilari o‘rtasida ma’lumot
almashish xavf-
sizligini yuqori darajasini ta’minlashning imkoni yo‘qligi.
– intellektual mulkka huquqlarni samarali himoya qilishni ta’min-
lash muammosi hal etilmaganligi; bu, ayniqsa, elektron usul bilan tar-
qatilishi mumkin bo‘lgan tovarlarga tegishlidir;
– ochiq tarmoqlarda elektron biznesni amalga oshirishni kerakli
maxfiyligi hamda xavfsizligini kafolatlaydigan ishonchli mexanizmlar
ishlab
chiqilmaganligi;
– elektron biznes tizimida samarali ishlay oladigan malakali muta-
xassislarni etishmasligi (O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida biznes
sohasi mutaxassislarini tayyorlash asosan savdoni olib borishning an’-
anaviy shakllariga mo‘ljallangan);
– elektron biznes qatnashchilari salohiyatli xaridorlarning ko‘pchi-
lik qismi talablariga javob beradigan tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan
narxlar tizimiga tayanmasligi;
– elektron biznes qatnashchilarining o‘zaro munosabatlarini tartibga
soladigan huquqiy bazaning nomukammalligi;
– Internet-kompaniyalari (jumladan elektron magazinlar) ni tashkil
qilish va amal qilishining iqtisodiy samaradorligini to‘g‘ri
baholashga
xizmat qiladigan maxsus metodikalar yo‘qligi;
– elektron biznes tizimlarini rivojlantirish sur’atlari yuqori bo‘lma-
gani sababli qo‘shimcha ish o‘rinlarini tashkil qilish imkoniyati chek-
langanligi.
Yuqorida qayd etilgan muammolardan ba’zilarini global va davlat
miqyosida hal qilish mumkin.