• 2.2. Internet-iqtisodiyotni amal qilish tamoyillari
  • Tarmoq iqtisodiyoti deb ataladi. Tarmoq iqtisodiyoti
  • Iqtisod-moliya




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/191
    Sana24.05.2024
    Hajmi3,23 Mb.
    #252938
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   191
    Bog'liq
    A T KENJABOYEV, M YU JUMANIYAZOVA ELEKTRON BIZNES ASOSLARI O`quv

     faoliyatning 
    asosiy sohalariga
    quyidagilar kiradi: 
    · elektron marketing (Internet-marketing); 
    · elektron magazinlarni tashkil qilishni moliyalashtirish, shuning- 
    dek, ularni sug‘urta qilish; 
    · buyurtma olish, tovarni sotish va to‘lovdan iborat biznes operatsi- 
    yalari; 
    · bir nechta kompaniya tomonidan yangi mahsulot yoki xizmatni 
    birgalikda ishlab chiqish; 
    · mahsulotni birgalikda ishlab chiqarishni tashkil qilish
    · biznes ma’muriyati (soliqlar, bojxona, ruxsatlar, konsessiyalar va h.k.); 
    · transport xizmatlari, yuk tashish texnikasi va ta’minot usullari. 
    21


    2.2. Internet-iqtisodiyotni amal qilish tamoyillari 
    Ishbilarmonlik operatsiyalari bevosita firmalar o‘rtasida, firmalar 
    va buyurtmachilar o‘rtasida, shuningdek, firmalar hamda davlat muas- 
    sasalari o‘rtasida amalga oshirilishi mumkin. 
    Elektron biznes Internet-iqtisodiyot doirasida amalga oshirilib, u 
    yana
     Tarmoq iqtisodiyoti
    deb ataladi. 
    Tarmoq iqtisodiyoti
     –
    “bu shunday muhitni, unda iqtisodiy tizim- 
    ning istalgan nuqtasida joylashgan istalgan kompaniya yoki shaxs bir- 
    galikda ishlash, savdo uchun, g‘oyalar va nou-xaularni almashish yoki 
    shunchaki zavqlanish uchun oson va minimal xarajatlar bilan ulanishi 
    mumkin”. (12). 
    Elektron biznes tizimida qo‘llanadigan zamonaviy
     axborot texnolo- 
    giyalari
    o‘z ichiga dasturiy va apparat ta’minoti maxsus infratuzilmasi- 
    ni, umumiy xizmatlarni, maxsus ilovalarni, shuningdek, huquqiy tuzil- 
    mani hamda tegishli andozalar va qoidalarni oladi. 
    Kommunikatsiya texnologiyalarining
    asosiy turlariga quyidagilar 
    kiritiladi: elektron pochta, faks, ma’lumotlarni elektron almashish texno- 
    logiyasi (EDI) hamda elektron to‘lovlar (EFT). Texnologiyalarning har 
    bir turi elektron biznes tizimi me’yorida faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash 
    uchun kerak. 
    Elektron biznes tizimi amal qilishining asosini elektron (virtual) 
    magazinlar tashkil qiladi. 
    Elektron magazinlar
    Internet tarmog‘ida web-serverni tashkil qilish 
    asosida bizneschi tomonidan amalga oshirilgan vakolat degani. Bunday kor- 
    xonani tashkil qilishning bosh maqsadi Internet tarmog‘ining boshqa foy- 
    dalanuvchilariga tovar sotishni ta’minlash, xizmatlar ko‘rsatishdan iborat. 

    Download 3,23 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   191




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish