Kompaniya
nomi
Yil
Izoh
1998
2007
Bozordagi o‘rni
Microsoft
2
1
2007-yilda kompaniyaning bozor narxi
507,22 mlrd. dollarni tashkil etdi
AT&T
16
7
-
Cisco System
30
9
1998-yilda kompaniyaning bozor narxi
166 mlrd. dollarni, 2007-yilda esa 425
mlrd. dollarni tashkil etdi
IBM
13
10
-
General electric
1
2
An’anaviy kompaniya
axborot resurslar hajmi, yangi ilmiy g‘oyalar va loyihalar (masalan, yan-
gi axborot texnologiyalari, biznes-modellari) bilan, kadrlar salohiyati va
boshqalar. Bunda Internet-kompaniyalar qiymati an’anaviy iqtisodiyot tar-
kibida amal qilayotgan shunga o‘xshash kompaniyalarga nisbatan, ularda
ishlayotgan xodimlar soni yoki sotib olingan moddiy boyliklar hajmi
o‘zgarishdan ko‘ra tez sur’atda o‘sadi.
Masalan,
Yahoo!
Internet-kompaniyasining bozor qiymati ikki yil mo-
baynida moddiy aktivlar sezilarli o‘smagani holda 12 barobar o‘sdi ( 400
mln. AQSh dollaridan 5 mlrd. AQSh dollarigacha). Bunda mazkur kompa-
niya qiymatining nomoddiy bahosi uning umumiy bozor qiymatida ustuvor
salmoqqa ega.
Internet-kompaniyalarning 1998-2007-yillarda qiymati o‘zgarishi
dinamikasi 2.3-jadvalda keltirilgan.