uning modifikatsiyalari foydalanuvchilarining soni
bir yarim yildan
so‘ng ikki barobar o‘sadi. Xuddi shunday mazkur platformalarga, ilova-
larga potensial ehtiyoj o‘sadi.
Shunday qilib, Internet-iqtisodiyotda tovarlar va
xizmatlar bozorlari
u yoki bu tovar, u yoki bu xizmatga albatta ega bo‘lishning subyektiv
zarurligini ishonarli isbot qilish asosida shakllantiriladi.
Mansublik tamoyili.
Ushbu tamoyilning mohiyati
shundan iboratki,
xaridorlarning biron-bir Internet-kompaniyaga mansubligi bir vaqtning
o‘zida Tarmoqqa va tarmoq platformalariga ham sodiqlikda namoyon bo‘-
ladi. Ya’ni muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatayotgan Internet-kompaniyalar-
ning ishlab chiqariladigan mahsulotni
muntazam
takomillashtirishga an’a-
naviy e’tibori umuman Tarmoqni rivojlantirishga e’tiborga aylanadi. Agar-
da an’anaviy iqtisodiyotda har bir fuqaro hayotining
sifat darajasi milliy
iqtisodiyot amal qilishi samaradorligiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘lsa, Tar-
moqda esa buning aksi. Tarmoqda ishlaydigan fuqaroning farovonligi Tar-
moqni rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Demak, har bir fuqaro uchun
eng yuqori turmush darajasini ta’minlash maqsadida
Tarmoqni kengayti-
rish hamda takomillashtirishga harakat qilish kerak.