|
Millatdan tashqarilik tamoyiliBog'liq A T KENJABOYEV, M YU JUMANIYAZOVA ELEKTRON BIZNES ASOSLARI O`quvMillatdan tashqarilik tamoyili.
U salohiyatli mijozlarni elektron
biznesni integratsiyalashgan tizimiga milliy mansublikdan qat’iy nazar
kirishlarini ta’minlash zarurligini bildiradi.
Geografiyadan tashqarilik.
U elektron biznes tizimiga mijozlar-
ning geografik manzilidan qat’iy nazar real kirish imkoniyati mavjudli-
gini aks ettiradi.
Xavfsizlik tamoyili.
Biznes bitim qatnashchilari haqidagi ma’lumot
begona shaxslarga bildirmasligi lozim. Bu biznes bitimi qatnashchilari-
dan biriga iqtisodiy yoki moliyaviy zarar yetkazish ehtimoli yo‘qligi
hamda muvaffaqiyatning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Transak-
siya xavfsizligi maxsus to‘lov tizimini qo‘llash yo‘li bilan ta’minlanadi.
Funksional ekvivalent tamoyili.
U bitimlarni imzolash va bajarish
bilan bog‘langan harakatlar yozma ravishda yoki yozma hujjatlardan
foydalangan holda amalga oshirilishi milliy qonun bilan ko‘zda tutil-
ganligini bildiradi. Mazkur talab agar ko‘rsatilgan harakatlar bir yoki bir
nechta elektron xabar yordamida qonunchilik qoidalariga rioya etgan
holda bajarilgan bo‘lsa, bajarilishi mumkin.
Interfeysning do‘stonalik tamoyili.
Elektron biznes tizimi taqdim
etadigan tarmoqli texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlari, zarur bo‘lgan
dasturiy ta’minot nihoyatda sodda, qulay hamda salohiyatli foydalanuv-
chilarning keng doirasi uchun oson bo‘lishi kerak.
Bir qator umumiy tamoyillar (masalan, ishonchlilik, standartlilik,
interfaollik, interfeysning do‘stonaligi) elektron biznesni integratsiya-
lashgan tizimiga tegishli bo‘lgan muayyan ta’minot kichik tizimlari (lo-
kal tizimlari) uchun qo‘yiladigan tamoyillar ro‘yxatiga kiritilishi lozim.
Shu bilan birga, elektron biznes tizimi infratuzilmasi tarkibiga kira-
digan ta’minot kichik tizimlari uchun umumiy tamoyillarga qo‘shimcha,
xususiy tamoyillar ishlab chiqilishi kerak. Bu to‘lov tizimlari, moliyaviy
ta’minot tizimlariga tovarlar va xizmatlarni yetkazish tizimlariga ham,
marketing tizimlariga ham taalluqlidir.
|
| |