ta’rif berish; bir xil tushunish; alohida taqdim etish (bir tamoyilda bir
nechta har xil tamoyilni birlashtirishdan farqli).
“Fakultativ” tushunchasini (lotinchada majburiy bo‘lmagan, ehti-
molli, tanlab olinadigan, har zamonda amal qiladigan) asosiy tamoyil-
lardan biriga nisbatan qo‘llash asossiz ko‘rinadi.
– Ikkinchidan, deyarli hamma tamoyillar juda keng ta’rifga ega. Ular-
ning aksariyati umuman elektron biznesning integratsiyalashgan tizimi
uchun xos bo‘lgan emas, balki lokal tamoyillar kategoriyasiga taalluqlidir.
“Mantiqiy javobgarlik” tamoyili bir ma’noli ta’rif hisoblanmaydi.
“Mantiqiylik” darajasini elektron biznesning har bir qatnashchisi
tavsiyalar mualliflari tomonidan har xil tushunilishi mumkin. Har bir
ta-
moyil qonuniyligini
hisobga olib, ularning ta’rifiga bunday yondashuv
asoslanmagan. “Axborot almashish mantiqiy erkinligi” tamoyili uchun
ham ushbu e’tiroz haqlidir. “Biznes operatsiyalari ochiqligi va ularni
amalga oshirish ishonchliligi” tamoyili o‘ziga ikki xil tamoyilni kiritadi.
Bir vaqtning o‘zida ulardan har biri mustaqil ma’noga ega. Ularning ta’-
rifi ham bir xil emas. “Ochiqlik” ma’nosini turlicha tushunish mumkin.
“O‘zR qonunlarining mintaqaviy qonunlardan ustunligini saqlash” ta-
moyili tabiiydir.
Biroq ushbu tamoyilni nisbatan to‘g‘ri ta’rifi – bu