|
Iqtisod-moliyaBog'liq A T KENJABOYEV, M YU JUMANIYAZOVA ELEKTRON BIZNES ASOSLARI O`quv“Onlaynlik” tamoyili.
Tashkil qilinayotgan elektron biznes tizim-
lari amal qilishning to‘xtovsiz tartibiga rioya etilishiga asoslangan bo‘-
lishi kerak, (ya’ni real vaqt rejimiga). Bu esa tarmoqning salohiyatli mi-
jozlari uchun kerakli qulaylik tug‘dirishga yordam beradi hamda Inter-
net-kompaniyalar amal qilishining ma’qul iqtisodiy samaradorligi ta’-
minlanishiga xizmat qiladi.
Qarama-qarshi bo‘lmaslik tamoyili.
Elektron biznes tizimida ay-
lanadigan har qanday ma’lumot aniq va ishonchli bo‘lishi kerak. Axbo-
rot (hujjatlar) ni uzatish ishonchliligini ta’minlovchi mexanizm bilan
Electronic Data Interchange (EDI) nomli butun bir soha shug‘ullanadi.
U o‘z ilmiy bazasi, andozalar tizimiga ega.
Standartlilik tamoyili.
Elektron magazinlarni loyihalashtirish vaq-
tida ISO 10303 (STEP), ISO 13584 (PLIB) va boshqa yagona xalqaro
standartlar tizimini qo‘llash kerak.
ISO 10303 – bu kompyuter taqdimoti va mahsulot haqida ma’lumot
almashish uchun xalqaro standartdir. ISO 13584 mahsulotlar kutubxo-
nasi haqidagi ma’lumotlarini almashish, qo‘llash va to‘g‘rilashni ta’min-
lovchi zarur mexanizmlardan iborat.
Interfaollik tamoyili.
U elektron biznes tizimini tarmoq mijozlari-
ning har qanday murojaatlari (so‘rovlari) ga tezkor javob berishga qo-
dirligini ta’riflashi ko‘zda tutilgan.
Anonimlik tamoyili.
Uning mohiyati shundaki, egasining virtual
hisobi haqidagi ma’lumot (masalan, elektron to‘lov kartasining raqami
haqida) faqatgina uning o‘ziga ma’lum bo‘lishi lozim.
Kamsitish yo‘qligi (yoki teng huquqlilik) tamoyili.
Elektron biz-
nes resurslariga va tegishlicha tarmoqqa har qanday kattalikdagi (kichik,
o‘rta, katta) korxonalar, shuningdek turli tashkiliy-huquqiy shakldagi
yuridik hamda jismoniy shaxslar bir xilda oson kira olishlari kerak.
35
|
| |