o‘zgaradi. Elektron biznesdan foydalanish an’anaviy muhitda avval qo‘l-
lanmagan komponentlarni ishlab chiqish zaruriyatini belgilaydi. Elek-
tron biznes tizimlarini tashkil qilish va amal qilishiga bag‘ishlangan ma-
qolalar soni ko‘p. Zamonaviy adabiyotda elektron biznes tizimlarini lo-
yihalashtirishning turli muammolari yoritilgan bo‘lishiga qaramay, uning
infratuzilmasi elementlari to‘liq ochib berilmagan. Bu esa mahalliy biznes-
chilarga Internet tarmog‘idan foydalangan holda o‘z biznesini tashkil qi-
lishni ancha murakkablashtiradi. Infratuzilma elementlarini to‘liq klas-
sifikatsiyasini keltiramiz.
Elektron biznes tizimi infratuzilmasining asosiy elementlari quyida-
gilardir:
1) maxsus dasturiy ta’minot;
2) ma’lumotlar bazalari va ilovalarni boshqarish tizimi;
3) telekommunikatsiya va aloqa;
4) tovarlar va xizmatlar oldi-sotdisining xavfsizligini ta’minlaydi-
gan tizim;
5) yuridik, huquqiy ta’minot;
6) virtual bank tizimi;
7) maxsus to‘lov tizimlari;
8) avtomatlashtirilgan ombor xo‘jaligi;
9) tovarlarni yetkazish va xizmat ko‘rsatish tizimi;
10) moliyaviy institutlar (brokerlik va boshqa idoralar);
11) soliq solish va bojxona ta’riflari tizimi;
12) marketing tizimi: bannerli reklama, sotuvlar bo‘limi, web-sahi-
falar dizayni bo‘limi, narxlarni shakllantirish bo‘limi.
Elektron biznes tizimi infratuzilmasining eng muhim komponentla-
riga sharh beramiz.