• Yuridik ta’minot.
  • ochiq kalitli kriptografiya




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet32/191
    Sana24.05.2024
    Hajmi3,23 Mb.
    #252938
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   191
    Bog'liq
    A T KENJABOYEV, M YU JUMANIYAZOVA ELEKTRON BIZNES ASOSLARI O`quv

     ochiq kalitli kriptografiya 
    ommaviylashgan. Bu degani elektron raqamli izmodan foydalanish. Ma’- 
    lumotning muhofazasini samarali vositalarini joriy etish uchun qaysi da- 
    raja mosligi hali aniq emas. Qayd etish joizki, ruxsat etilmagan kirishdan 
    ma’lumotni himoya qilishning taklif etilayotgan variantlari ichida ular- 
    dan bittasini shubhasiz afzal ko‘rish mumkin emas. To‘lovlarni himoya 
    qilishning eng yaxshi vositasini muayyan vaziyatda mutaxassislar tan- 
    lashlari kerak. 
    Yuridik ta’minot.
    Elektron biznes va savdoni tashkil qilish birin- 
    chidan, an’anaviy yuridik me’yorlar va qoidalarni qo‘llashga asoslanishi, 
    ikkinchidan, yangi ixtisoslashgan huquqiy institutlar va taomillarni ishlab 
    chiqishni ko‘zda tutmog‘i lozim. Bundan tashqari, qonunchilikni muvofiq- 
    lashtirish, shuningdek, turli mamlakatlarda qo‘llanadigan qoidalar va tao- 
    millarni soddalashtirish dolzarb hisoblanadi. Bular biznes va davlat hoki- 
    39


    miyatining tegishli tuzilmalarini nafaqat bitta mamlakat doirasida, balki 
    jahon miqyosida yaqin hamkorlik olib borishini ko‘zda tutadi. 
    Eng muhim tamoyillardan biriga ko‘ra, shartnomani imzolagan to- 
    monlar (masalan, oldi-sotdi bitimini) bu shartnoma elektron usulda tu- 
    zilgani uchungina uning qonuniyligi va ishonchliligini shubha ostiga 
    qo‘yishga haqli emaslar. Ushbu tamoyilni hamma vaqt ham qo‘llash im- 
    koni bo‘lmaydi. Xususan, bunday bitimning qoidalari sud muhokamasi- 
    da har doim ham yuridik kuchga ega bo‘lmaydilar. 
    Buning sababi shundaki, mazkur vaziyatda barcha mavjud shartlarni 
    o‘z ichiga olgan, qog‘ozda tuzilgan va tomonlarning imzolari bilan tas- 
    diqlangan, an’anaviy yozma shartnoma talab etiladi. Natijada elektron 
    biznes ko‘pincha milliy qonunning umummajburiy qoidalari oqibatida 
    paydo bo‘ladigan huquqiy to‘siqlarni bosib o‘tolmaydi. Mazkur to‘siqni 
    yengish maqsadida va elektron biznesni normal faoliyat ko‘rsatishi uchun 
    Birlashgan Millatlar Tashkilotining huquq va xalqaro savdo bo‘yicha ko- 
    missiyasi (YuNISTRAL) tomonidan 1996-yilda qoidalarni majmuyi – 
    “Elektron biznes haqida”gi Namunaviy qonun ishlab chiqilgan. 
    Unga ko‘ra, turli mamlakatlar milliy qonunchilikda EHM yorda- 
    mida imzolangan shartnomalarning yuridik ahamiyati bilan bog‘liq bo‘l- 
    gan asosiy muammolarni hal qila olishlari mumkin, shuningdek, elek- 
    tron ko‘rinishdagi shartnoma hujjatlari sud isboti sifatida qabul qilinishi 
    mumkin. Namunaviy qonun bilan tavsiya etilgan taomillarni milliy qo- 
    nunchilikka kiritilishi tomonlar ma’lumotni uzatishning elektron vosita- 
    larini tanlagan vaziyatlarni tartibga soladi. Natijada davlat tomonidan 
    axborotning har xil tashuvchilariga nisbatan xolis huquqiy muhit tashkil 
    qilinadi. Hal qilinishi talab etilgan asosiy qoidalardan biri – bu elek- 
    tron imzoga munosabatni tartibga soladigan qoidalarni ishlab chiqish- 
    dir. Bunda raqamli imzolar ustidan ishlash savdo huquqi sohasi bilan 
    cheklanib qolmasdan, o‘z ichiga fuqarolik va ma’muriy huquqning umu- 
    miy masalalarini kiritishi kerak. 
    Ba’zi bir respublika qonun hujjatlarida shaxsiy imzo qo‘yilgan an’- 
    anaviy qog‘oz hujjatlarini qo‘llash haqida ko‘rsatmalar hali ham saqla- 
    nib qolmoqda. Xalqaro darajadagi kabi, bunday me’yorlar elektron biz- 
    nes tizimini O‘zbekistonda joriy qilinishi hamda uni global elektron bo- 
    zorga integratsiyalashuviga yuridik to‘sqinlik qiladi. Shu munosabat bi- 
    lan mahalliy qonunchilik takomillashtirilishi, bir qator yangi qonunlar 
    paydo bo‘lishi kerak. 
    Ulardan elektron raqamli imzo haqidagi respublika qonuni ustuvor 
    hisoblanadi. Elektron imzoga ishonch shartnomalarni imzolash hamda 
    40


    mulkiy huquqlarni elektron imzo yordamida o‘tkazishning muhim sharti 
    hisoblanadi. 

    Download 3,23 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   191




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish