Rossiya Federatsiyasi Portali
4
2.6.1-rasm
Internetda Rossiya davlatining rasmiy axborot resursi, ya’ni Portal
faqat rus tilida tashkil etilgan (
http://www.rsnet.ru/
) (2.6.1 -rasm).
Rossiya Federatsiyasini Portali ham O‘zbekiston
Respublikasi Por-
talidagidek Rossiya Federatsiyasi rahbariyatining, vazirlik va boshqa ido-
ralarning web-sahifalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tish mumkin. Shuningdek,
Portalda Rossiya Federatsiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan, yan-
giliklar muntazam ravishda yoritib boriladi.
2.6. Elektron biznes modellarini amalga oshirish xususiyatlari
Hozirda butun jahon kompyuter tarmog‘i Gipermedia Kompyuter
Muhiti (GKM) ning birinchi va yagona vakili hisoblanadi. WWW foy-
dalanuvchilarga gipermedia ma’lumotlaridan erkin ravishda foydalanish
uchun yo‘l ochib berishi bilan birga, o‘zaro ma’lumot
almashinuviga
imkon beradi. O‘zaro ta’sirining aynan shu ikki ko‘rinishi (mos ravishda
“kompyuter” va “personallararo”) WWW ning global savdo tashkiloti si-
fatida yetarlicha o‘sishini ta’minladi. Qo‘llanilayotgan an’anaviy omma-
viy axborot vositalari (OAV) uchun xarakterli bo‘lgan kommunikatsiya-
ning marketing modeli mohiyati shundan iboratki, unda ma’lumotlar al-
mashish jarayoni umumiy “bir kishi hamma uchun” modeliga ko‘ra ro‘y
beradi. Bu esa reklama beruvchi kompaniyaning bitta murojaati ( bitta
reklama roligini efirga uzatish) orqali juda ko‘p iste’molchilarni o‘ziga
jalb qila olishini anglatadi. Bu holatda foydalanuvchi
nofaol kuzatuvchi
4
Internet tarmog‘ining
http://www.rsnet.ru
manzilidan olingan.
52
bo‘lib qoladi. Bu an’anaviy marketing modelining asosiy kamchiligi –
reklama beruvchi kompaniya bilan iste’molchi o‘rtasida interaktiv mu-
nosabatlarning yo‘qligidadir.
GKT da, shuningdek,
www
(
world wide web
) da ham “ko‘pchilik
ko‘pchilik uchun” – yangi kommunikatsion model amalga oshirilmoqda.
U foydalanuvchilar bilan reklama beruvchi kompaniyalar o‘rtasida inte-
raktiv muloqotni amalga oshirishni ko‘zda tutadi.
Foydalanuvchi GKT
da ishtirok etishga tayyor bo‘ladi. Unga olinayotgan ma’lumotlar tarkibi
va hajmini nazorat qilishda faol rol o‘ynash imkoniyati taqdim qilinadi.
GKT ning OAV dan asosiy farqi shundaki, GKT da reklama beruvchi
kompaniyalar boshqa foydalanuvchilar uchun savdo yo‘nalishidagi ma’lu-
motlarni joylashtirishda qanday imkoniyatga ega bo‘lsalar,
alohida shaxslar
ham shunday imkoniyatga ega.
Ushbu aloqa modelida ma’lumotlar almashinuvidagi aksariyat alo-
qalar jo‘natuvchi va qabul qiluchi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmay,
bilvosita GKT orqali amalga oshiriladi. Marketingning yangi aloqa mo-
deli doirasida foydalanuvchi olinayotgan ma’lumotlar hajmi va ko‘rini-
shiga ta’sir qila olish imkoniyatiga ega. www foydalanuvchiga tanishuv
funksiyasi (masalan, serfing – tarmoqda sayohat qilish)
bilan birga tar-
moqda onlayn xaridlar qilish bilan bog‘liq maqsadga yo‘naltirilgan fao-
liyatlarni amalga oshirishni taklif qiladi. Shunday qilib, an’anaviy OAV
va WWW o‘rtasidagi asosiy farq shundan iboratki, an’anaviy marke-
tingda reklama modellaridan foydalanib bo‘lmaydi yoki ularni www
doirasida samarali qo‘llashni ta’minlash maqsadida sezilarli o‘zgarti-
rishlarni talab etadi.